• 5
  •  
  •  
  •  
  •  
    5
    Shares

Bizga bolalikdan yeyishdan avval hamma narsani yuvish kerakligini o’rgatishgan. Biroq, bu odat ba’zida foyda keltirmasligidan tashqari, zarar yetkazishi mumkinligini ko’pchilik bilmaydi. Ayrim mahsulotlarning yuvilishi bakteriyalar tarqalishi hamda boshqa qator salbiy oqibatlarga olish keladi.

Quyida yegulikni to’g’ri tayyorlash qoidalari hamda har kuni yo’l qo’yadigan xatolarimiz bilan tanishishni taklif qilamiz.

Yuvish mumkin emas

1. Tuxum

Ko’pincha mikroorganizmlar tuxum po’sti ichiga kirmasligi uchun ularga maxsus modda bilan ishlov beriladi. Suv haqiqatdan ham ushbu himoya qobig’ini yemiradi. Shu bois ularni yuvmagan ma’qul.

2. Tovuq go’shti

Xom tovuq go’shtidagi bakteriyalar salomatligimiz uchun xavfli. Ularning orasida eng mashhuri, bu – salmonella. Ko’pchilik bu mahsulotning tayyorlashdan avval yuvilishi muammoni hal qiladi deb o’ylaydi, ammo bari boshqacha. Bakteriyalar suv tomchilari orqali rakovina, kran va qo’llaringizga ko’chadi.

Agar darhol termik ishlov berishga o’tsangiz, barcha mikroorganizmlar halok bo’ladi. Jahondagi mashhur oshpazlarning fikricha, tovuqni ikki marta qaynatib olgan ma’qul: go’sht solingan suv qaynab chiqqanidan so’ng, uni to’kib, yangi suvda tayyorlashni davom ettirish kerak.

3. Go’sht

Huddi tovuq go’shti holatida bo’lganidek, xom go’shtni (mol go’shti, cho’chqa go’shti, qo’y go’shti) yuvish mumkin emas, chunki bakteriyalar rakovina va oshxona yuzasiga tarqaladi. Issiqlik bilan ishlov berish oqibatida ularni bartaraf etasiz.

Maslahat: go’shtni tayyorlashdan avval qog’oz sochiqlar yoki salfetkalar yordamida ustidagi shirasi hamda namlikni yo’qoting. So’ngra qo’llaringizni sovun bilan issiq suvda yuving.

4. Makaron mahsulotlari

Makaron mahsulotlarini yuvishga kim qaror qilganini aytish qiyin. Bosh oshpazlar bu holatni jinoyatga tenglashtiradilar, chunki suv tufayli mahsulot qaylani yaxshi singdirib oladigan kraxmalni yo’qotadi.

5. Qo’ziqorinlar

Qo’ziqorinlarni uzoq vaqt oqar suvda ushlash yoki ivitish mumkin emas: ular suvni juda yaxshi singdiradi. Yaxshisi, ularni biroz chayqab, qog’ozli sochiq bilan quriting. Buni faqat tayyorlashdan oldin bajaring. Aks holda mahsulot buziladi va tarangligini yo’qotadi.

Yuvish kerak

1. Po’stini yeyish mumkin bo’lgan mevalar va sabzavotlar

Agar po’sti bilan yeyiladigan mevalar va sabzavotlarning toza, yaltiroq bo’lib ko’rinishi ularni uyda yuvish kerak emasligidan dalolat bermaydi. Ular albatta yuvilishi kerak.

Bunda sovundan foydalanmang: yaxshisi mahsulotni “sovuq dushdan” so’ng qog’oz sochiq/salfetka bilan arting.

2. Konservalangan bankalar

Bakteriyalar qopqoq tufayli ichkariga kira olmaydi, ammo temir bankani ochishdan avval yaxshilab yuvmasangiz, ular kirib olishadi.

3. Po’sti yeyilmaydigan mevalar va sabzavotlar

Bu mahsulotlarni qanchalik tozalashimizga qaramay, po’st ustidagi bakteriyalar yeyiladigan qismiga tushadi. Shu bois bana, qovun, tarvuz va po’sti yeyilmaydigan boshqa meva-sabzavotlarni iste’moldan avval yuvish shart.

4. Yong’oqlar

Yong’oqlarni, hattoki tozalanganlarini ham, doim yuvish zarur. Axir ular qayerda saqlangani va nimada tashilganini aniq bilmaymiz. Bundan tashqari, yuvish xom yong’oq tarkibida bo’ladigan fitin kislotasini yo’qotishga yordam beradi. Bu kislota yordamida o’simlik zarakunandalardan himoya qilinadi, ammo inson salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

5. Quritilgan mevalar

Bu mahsulot turi eng ifloslardan biri sanaladi. Ayniqsa, sochilgan holda sotiladiganlari. Biroq, ularni chiroyli qadoqda sotib olgan bo’lsangiz ham, quruq mevalarni yuvgan yoki bir necha soatga ivitib qo’ygan ma’qul.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!