•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Bu maslahatlar velosiped minishni boshlaganlar yoki pedalni aylantiradigan har bir odamga zarur bo’lgan negizdan xabardor bo’lishni istaganlarga asqotadi. Chamasi, o’rindiqqa o’tirib, uchib ketishdan osonroq narsa yo’qdek ko’rinadi. Ma’lum bo’lishicha, velosipedni yanada kuchliroq yaxshi ko’rib qolishni, shuningdek atrofingdagi odamlarga ham bu “virusni” yuqtirishni istasang bir nechta oddiy holatlar mavjud ekan.

1. “Velosiped” va “xavfsizlik” so’zlarini sinonimga aylantiring

Agar shlem faqat ekstremal uchish turlari bilan shug’ullanadiganlarga kerak deb o’ylasangiz, yanglishasiz. Eslatib o’tamiz, velosiped bilan bog’liq avariyalar chog’ida olinadigan barcha jarohatlarning 80 foizi boshga to’g’ri keladi. Yiqilganda sizni himoya qila oladigan oddiy, yengil va qulay shlem sotib oling.

2. Uchish uchun sherik topishga urinmang

Agar yolg’iz uchish siz uchun qiyinchilik tug’dirsa, demak shunchaki buni yoqtirmaysiz. Velosipedda uchish jarayonidan zavq olish uchun zerikmaslik maqsadida ko’proq do’stlarni chaqirishga urinmang. Agar odam nimanidir haqiqatdan yaxshi ko’rsa, begonalarning ma’qullashi yoki ko’magini kutmasdan yolg’iz shug’ullanaveradi.

3. Masofani oshiring

Velosiped – ochiq havodagi universal trenajyordir. Bu nafaqat harakatlanish vositasi, balki sizga doim tonusda bo’lishga yordam beradigan kundalik kardio-mashqlar kopmleksidir. Har kuni bosib o’tadigan masofangizni ko’paytirishga harakat qiling – masofani ikki yoki uch barobarga oshirib, organizmni zo’riqtirmasdan, o’zingiz uchun qulay shaklda amalga oshiring. Odatdagidan sal ko’proq yuring, natijada masofani uzaytirasiz va organizmning chidamliligini oshirasiz!

4. Mazaxlarga quloq solmang

Tajribali velosipedchilar orasiga tushib qolgan yangilar hazillar va mazaxlar obyektiga aylanadilar. Hattoki, tajribali baykerlar buni yomon niyatda qilmasalar, masalan bir kunda 100 km yura olmasligingizni aytsangiz, kulib qo’ysalarham, ularning yangilarga bo’lgan munosabati sizni qattiq ranjitishi mumkin. Aslida, uzoq vaqtdan buyon velosipedda uchadiganlar o’zlarining qanday boshlaganlarini unutib yuborganlar. Shuning uchun, ular kabi masofani nima uchun bosib o’tolmasligingizga hayron qolmang.

5. Hamma narsada qulaylik bo’lishi kerak

Agar harakatlaringizni cheklaydigan tor jinsi kiyib chiqqan bo’lsangiz, yaxshisi qayting va boshqa kiyim kiying. Ya’ni, velosport uchun mo’ljallangan kiyim maksimal ravishda qulay bo’lishi kerak. Urfga mos ko’rinishga harakat qilmang, bu ahmoqona bo’lib chiqishi mumkin. Masalan, ayrim qizlar mini-yubkalarda bemalol velosiped haydashning uddasidan chiqadilar. Biroq, bu hammaning qo’lidan kelmaydi. Sochlaringizda shamolni his qilish hamda o’tib ketayotgan kelishgan yigitni maftun etish uchun mas’uliyatli lahzada kiyimingiz sizga hiyonat qilmasligi uchun soddaroq kiyining. Ryukzakka ustki kiyim solishni unutmang, velosipedchilar, ayniqsa mavsum boshida, ko’pincha yomg’ir ostida qoladilar.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!