•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Sog’lom ovqatlanish mavzusi atrofida yuzaga kelgan ko’plab uydirmalar orasida haqiqatdan ham foydali yoki zararli yeguliklarni aniqlash qiyin bo’lib qoldi. Aksariyat mahsulotlar umuman aybsiz aybdorga aylandi: sog’lom turmush tarzi tarafdorlari ulardan bosh tortadi. Lekin bu noto’g’ri. Aslida ketchup, makaron va shokolad ko’pchilikning fikriga aks ravishda foydali ekan.

Kartoshka

Kartoshka to’g’ri ovqatlanish va ozish yo’lidagi taomnomadan chiqarish zarur bo’lgan mahsulotlar ryo’xatida ko’pincha tilga olinadi. Albatta, har kuni katta likopchada qovurilgan kartoshka yesangiz, vaznni yo’qotishga umid qilmasangiz ham bo’ladi. Shunga qaramay, kartoshka odamlar aytganichalik yomon emas.

Bu sabzavot suv muvozanatini saqlash hamda miyaning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydigan kaliy manbaidir. O’rtacha hajmdagi kartoshka tarkibida kaliyga bo’lgan kundalik ehtiyojning 20 foizi mavjud. Bu elementni maksimal miqdorda olish uchun kartoshkani po’sti bilan pishirilgan holatda iste’mol qiling. Tabiiyki, avval sabzavotni yaxshilab yuvish darkor.

Kartoshka tarkibida mavjud kletchatka, С va В6 vitaminlari xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Shu bois, kartoshkani po’sti bilan yeyishni yoqtiradiganlar tomirlari va yuragidan havotir olmasalar bo’ladi.

Shokolad

Bu borada to’g’ri ovqatlanish tarafdorlari qisman haq. Odatdagi tushlik o’rniga muntazam ravishda shokoladli batoncha yeyilsa yoki har kuni sutli shokolad plitkasi iste’mol qilinsa, organizm sizga rahmat demaydi. Sutli shokoladni achchig’iga alishtiring. Bu shokolad uncha shirin bo’lmasa-da (kimga qanaqa), ammo juda foydali.

Birinchidan, shokolad iste’moli yurak-tomir tizimi kasalliklari yuzaga kelishi xavfining oldini oladi: teobromin va katexin tomirlarning holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shokolad tarkibida qirilgan kakao qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. Bu borada achchiq shokolad sutlisidan afzalroq, oq shokoladni esa umuman jiddiy qabul qilmang.

Ikkinchidan, tarkibida yuqori miqdorda flavonoidlar bo’lgan shokolad terimizni ultrabinafsha nurlarining ta’siridan himoyalaydi. Albatta, bu quyoshdan himoyalovchi vositalarni unutib, kun davomida plyajda yotish mumkin degani emas. Biroq, shokoladni vijdon azobisiz taomnomaga kiritish uchun yaxshi bahona bor.

Qahva

“Kofeindan voz keching”, – deydilar bizga sog’lom turmush tarzi ixlosmandlari. “Qahva emas, choy iching”, – deya yoziladi to’g’ri ovqatlanish haqidagi internet-nashrlarda. Ushbu ichimlikka qarshilarning fikriga qo’shilishga shoshilmang.

Tadqiqotlar qahva iste’molini teri saratonining bir turi hisoblangan bazalhujayrali karsinoma xavfini kamaytirish bilan bog’lamoqda. Shuningdek, qahva jigar uchun foydali: kuniga ikki finjon qahva sirrozdan himoya qiladi.

Qahva dofamin ishlab chiqarilishi hisobiga tushkunlikka qarshi kurashishga yordam berib, ikkinchi turdagi diabet paydo bo’lishining oldini oladi. Xo’sh, asoslar yetarlimi? Faqat unutmang, hamma narsaning me’yori yaxshi.

Sariyog’

Bir qarashda sariyog’ mutlaqo nosog’lom yegulikning timsolidir. Turgan-bitgani yog’, foydali hech narsa yo’q. Lekin sariyog’dan voz kechishga shoshilmang, u uylaganingizdan yaxshiroq.

Sariyog’ tarkibidagi A vitamini ko’rish, moddalar almashuvi va jinsiy organlar sintezi uchun muhimdir. Bu vitamin yog’da eruvchan hisoblanadi, shu bois sariyog’ uning manbai sifatida ajoyib tanlov.

Sariyog’ E (immunitetni mustahkamlaydi), K (kalsiy so’rilishida ishtirok etib, buyraklar ishlashiga yordam beradi) va D (saraton va yurak-tomir kasalliklari profilaktikasi uchun muhim) vitaminlariga boy. Bu vitaminlarning hammasi yog’da eruvchan. Demak, sariyog’ yeyish kerak.

Makaron

Ovqatlanishiga katta e’tibor beradiganlar uchun yana bir dahshat manbai. Issiqqina makaron solingan likopcha – axir bu haqiqiy kaloriyalar koniku. Ehtimol hammasi bunchalik qo’rqinchli emasdir?

Bunda makaronlar tanloviga ahamiyat berish kerak. Bug’doyning qattiq navlaridan tayyorlangan makaron yaxshi hazm qilish uchun zarar bo’lgan kletchatkaga boy. Kletchatka hattoki ozishga ham yordam beradi: u to’yish hissini uzoq vaqt ta’minlagani bois, tushlikda yeyilgan makaron kechki taomgacha och qolmaslik imkonini beradi. Bundan tashqari, sifatli bug’doydan tayyorlangan makaron qonda qand miqdori o’ynashiga yo’l qo’ymaydi.

Boshoqlilardan tayyorlangan makaron tarkibidagi foliy kislotasi (В9 vitamini) homila yaxshi rivojlanishi uchun zarur. Erkaklar uchun ham bu vitamin foydadan holi emas: u spermatozoidlar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Va nihoyat, selen. Bu unsur moddalar almashuvida ishtirok etib, qalqonsimon bez va immunitet tizimi faoliyatini himoya qiladi. Boshoqlilar asosida tayyorlangan makaron – selenning yaxshi manbai bo’lib, uni muntazam taomnomaga qo’shish mumkin.

Agar semirib ketishdan qo’rqsangiz, yog’li va to’yimli qaylalardan voz keching. Ularning o’rniga makaronga biroz sifatli ketchup qo’shing.

Yong’oqlar

To’g’ri ovqatlanish muxlislarida yong’oqni muntazam iste’mol qilishga qarshi ikkita asosiy bahona mavjud: go’yoki, ular juda kaloriyaga boy va yog’li ekan. Shunday bo’lsa ham, yong’oqlarni taomnomadan umuman chiqarib tashlash kerak emas.

Yong’oqlar, bu – kletchatka va oqsil. Kletchatka yaxshi hazm qilish uchun kerak bo’lsa, oqsil organizmning normal ishlashi uchun zarur bo’lgan qurilish ashyosidir. Bodom va funduk tarkibida immunitetni mustahkamlab, miyani kislorodga to’yintiradigan YE vitamini serob. Bundan tashqari, bodom ichak mikroflorasi uchun foydali.

Oddiy yong’oq miya uchun yaxshi bo’lsa, yeryong’oq esa yurak-tomir tizimi muammolarining oldini olishga yordam beradi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!