• 5
  •  
  •  
  •  
  •  
    5
    Shares

Soch bilan o’tkazilgan sinovlarning natijasi doim quvonarli bo’lmaydi. Quvontiradigan holat ham uzoqqa cho’zilmaydi. Lekin har doim turli qiyofada va chiroyli bo’lish istagi yo’qolmaydi!

Quyida navbatdagi omadsiz o’zgarishdan so’ng qayta tiklanish va shikastlangan sochlarni niqoblash usullarini taqdim etamiz.

Sochlar qurib ketgan

Bunday sochlarni iloji boricha kamroq turmaklash va quritish zarur. Shuning uchun faol darajali soch turmagini tanlash kerak. Bu sochga maksimal hajm berib, uni tartibga keltirishni osonlashtiradi.

Sochlar hurpayib, elektrlashmoqda

Bunday vaziyatda kamroq hajm va quloqsiz kokillar zarur. Zich kesishlar to’g’ri keladi. Ko’p miqdorda moylar va aminokislotalar mavjud vositalardan foydalaning.

Siyrak sochlar

Siyrak sochlarga hajm berishda “bob” turmagi yordamga keladi. Yelkagacha uzunlikdagi zich grafik bob. Doim sochlarni o’stiruvchi vositalardan foydalaning.

Sochlar tez-tez bo’yaladi

Soch rangini tez-tez o’zgartirishni yaxshi ko’radigan qizlarga zinasimon turmak mos keladi. Uni tartibga keltirish oson, shuningdek bir qarashda hajmli, yengil bo’lib ko’rinadi. Ayni muddao!

Rangi ochartirilgan sochlar

Ochartirish jarayonida soch ingichkalashadi. Bunda o’rtacha uzunlikdagi, yon tomondan zich turmak to’g’ri keladi. Och tusdagi soch sohibalari zichlashtiruvchi, silliq va yaltiroq qiluvchi vositalardan foydalanishlari kerak.

Kimyoviy usulda jingalak qilingan sochlar

Sochlar kimyoviy usulda jingalak qilinganidan so’ng butun uzunasiga shikastlangan. Bunda keskin kesilgan to’g’ri chiziqli shakl mos keladi. Sochlarni oziqlantirishni unutmang – qayta tiklovchi vositalarni qo’llang.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!