• 79
  •  
  •  
  •  
  •  
    79
    Shares

Chekishning zarari haqida hamma biladi. Biroq yangi tadqiqotlarga binoan, xavflilik darajasi sigaret tutunidan qolishmaydigan kundalik odatlar ham bor ekan.

Sizni ana shunday odatlarning 6tasi bilan tanishtiramiz va ularning salomatligimizga salbiy ta’sirini kamaytirish yo’llarini ko’ramiz.

Ko’p miqdorda go’sht va pishloq iste’mol qilish

65 yoshga yetmagan odamlarning hayvon oqsilini ortiqcha iste’mol qilishi saraton rivojlanishi xavfini 4 barobarga, qandli diabetni – 5 barobarga, shuningdek umumiy o’lim darajasini oshiradi.

  • Hayvon oqsillarini o’simlik oqsillariga alishtirishga harakat qiling, masalan taomnomaga yashil sabzavotlar yoki yong’oqlarni qo’shing.

To’yib uxlamaslik

Uyquga yetarlicha to’ymaslik moddalar almashuvining buzilishi hamda kortizol gormoni darajasining o’sishiga sabab bo’ladi. Natijada, arterial qon bosimi oshishi va insult yuz berishi mumkin.

  • Tunda 6-8 soat uxlash erta keksayish va o’lim xavfini 12 foizga kamaytiradi.

Solyariyga tez-tez borish

Sun’iy toblanish ishtiyoqi teri saratoni rivojlanishiga olib keladi. Faqatgina AQShning o’zida bir yil ichida 400 mingdan ortiq melanoma bilan xastalanish holatlari qayd etilgan.

  • Taomnomaga karotinoidlarga boy sabzavotlarni qo’shish orqali teringizni atrof-muhitning zararli ta’siridan himoyalash bilan birga, sog’lom rangdagi toblanishga ega bo’lasiz.

O’tirgan holdagi hayot tarzi

Jismoniy faollik tanqisligi yurak-tomir kasalliklari, sut bezi yoki yo’g’on ichak saratoni rivojlanishi xavfining ortishiga sabab bo’ladi.

  • Mo’tadil faollik, masalan kuniga 30 daqiqa hotirjam yurish muddatidan avval o’lim xavfini kamaytiradi.

Taomni kungaboqar moyida tayyorlash

Kungaboqar moyining qizishi oqibatida kimyoviy moddalar, jumladan saraton, yurak kasalliklari va demensiyaga sabab bo’ladigan aldegidlarning yuqori miqdori ajraladi.

  • Kungaboqar moyi o’rniga zaytun, kokos, avokado moylari, hayvon yog’i yoki sariyog’dan foydalaning.

Xonani shamollatmaslik

Taomni gaz plitasida tayyorlash, iforli havo purkagichlardan, moyli isitgichlardan, o’tinli pechlardan foydalanish oqibatida havoda nafas yo’llarining yallig’lanishiga olib keladigan va o’pka infeksiyalari hatarini oshiradigan moddalar hosil bo’ladi.

  • Gaz plitasidan foydalanishda albatta dudburonni yoqing hamda xonalarni har kuni shamollating.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!