• 8
  •  
  •  
  •  
  •  
    8
    Shares

Tun odami bo’lish – uyquga to’ymaslik, quyosh va odamlarni deyarli ko’rmaslikni anglatadi. Agar bu bandlarning hammasi tanish va yaqin ko’rinayotgan bo’lsa, quyidagi maslahatlar aynan sizga mos keladi.

1. Sutkada kamida yetti soat uxlash

Immunitetning pasayishi yoki parishonxotirlik kabi muammolarga kech uyquga yotishingiz emas, balki uyquga to’ymasligingiz sababdir.

Kech uyquga yotib, kech uyg’onadigan odamlar, ya’ni “boyqushlar” huddi boshqalar singari har kuni 7-8 soat uxlashi kerak.

Salomatligingizni saqlab qolmoqchisizu, ammo erta turishga majbursiz. Bunda atigi ikki yo’l bor: yo ish jadvalini o’zgartirish, yoki qanchalik qiyin bo’lmasin erta uxlashni o’rganish.

2. Imkon qadar ko’proq yorug’lik olish

Kech yotib, kech turadigan odamlar quyosh yorug’ligini deyarli ko’rmaydilar. Bunday holat kayfiyatning yomonlashishi, hattoki tushkunlikka ham olib kelishi mumkin.

Ko’tarinki kayfiyatni saqlab qolishning eng oddiy usuli – kunni ko’chada yarim soatlik sayrdan boshlashdir. Yana bir yo’li – kunduzgi yorug’lik lampasini xarid qilish: u tungi vaqtda yorug’lik tanqisligining o’rnini qoplashga yordam beradi.

Bundan tashqari, quyosh yorug’ligining ertalabki (iloji boricha) dozalarini olish bilan birga, tunda sun’iy yorug’likdan kam foydalanish ritmni sozlash mumkin. Albatta, agar sizda biroz bo’lsa-da “to’rg’ay”ga aylanish istagi bo’lsa.

3. Tungi ishtahani nazorat qilish

“Boyqushlar” kechki va to’yimli ovqatlanishga moyil. Bu esa foydali emas. Tungi hayot tarzini kechiradigan odamlar ortiqcha vazn va qandli diabetdan ko’proq aziyat chekishi isbotlangan.

Demak, deyarli och holatda yashash kerak ekanda? Tabiiyki, yo’q. Tunda haqiqatdan ochlik hissi bo’lsa, yengil tamaddi qilish bilan cheklaning.

4. Jismoniy mashqlarga vaqt topish

Uyquni o’rganish bo’yicha mutaxassis Maykl Grendner (Michael Grandner)ning ta’kidlashicha, tungi odamlar yurak-tomir kasalliklariga ko’proq moyil bo’lar ekan. Ehtimol, bunga ularning ritmi tabiiy ritm bilan mutanosib emasligi sababdir. Natijada, organizmda qo’shimcha zo’riqish yuz beradi.

Muntazam mashg’ulotlar – yurak salomatligini saqlash uchun yaxshi usul.

“Boyqushlar” mashqlar uchun to’g’ri vaqt tanlashlari muhim: kunduzi va kechqurun sport zaliga borish uchun qulay payt, ammo tunda mashqlar bajarilishi yanada kechroq uyquga ketishga olib keladi.

Aslida, yugurish yoki yoga seansi tezroq uxlashga yordam beradi. Shu bois, jadval borasida turli vaqtlarni sinab ko’ring va bunday mashg’ulotlar uchun yetarlicha tetik bo’ladigan vaqtingizni toping.

5. Muloqotni ustuvorlikka aylantirish

“Boyqushlar”, ayniqsa masofadan turib ishlaydiganlarining umumiy muammosi – ijtimoiy muloqot tanqisligidir. Yolg’izlik o’limni yaqinlashtirishi mumkinligidan kelib chiqsak, bu juda jiddiy muammo.

Bu vaziyatning bir nechta yechimi bor. Birinchidan, do’stlaringiz bilan imkon qadar ko’proq uchrashing. Ikkinchidan, kechqurunlari uchrashadigan davrani toping. Uchinchidan, frilanser yoki masofadan ishlaydigan xodim bo’lsangiz, jamoat joylarida (kafe yoki kovorking) ishlang.

6. Charchoqni his qilganda uxlashga yotish

Bu qoida hammaga taalluqli, ammo “boyqushlar” uchun o’ta muhim. Zero ular tonggi reys yoki uchrashuvga ulgurishni istasalar, ertaroq yotishga urinadilar. Bu vaziyatda “ertaroq” so’zi “imkonsiz” ma’nosi bilan barobar.

Charchoqni his qilmay uxlashga urinish bedorlikni faqat kuchaytiradi: yotoqda qancha ko’p o’girilsangiz, miya buni shuncha ko’p bedorlik bilan bog’laydi.

Erta turish uchun sun’iy yorug’likni kamaytirish va televizor, kompyuter, telefonni chetga qo’yish zarur. Natijada, tana uyquga qachon tayyor bo’lishini tushunish osonroq kechadi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!