•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Xonadonni oddiy va arzon buyumlar yordamida ertaknamo qasrga yoki eski romandagi zodagonlar saloniga aylantiramiz. Buning uchun bir nechta asosiy buyum zarur. Sizga odatiy mebel jihozlari uyning qiyofasi va kayfiyatini qanchalik o’zgartirishi mumkinligini ko’rsatamiz.

Qandillar, lampalar, shamdonlar

Ba’zan yorug’lik naqadar muhimligini hattoki sezmaymiz. Zero u makonga o’zgacha qiyofa berib, salomatligimizga ta’sir qiladi. Agar yorug’lik yetarli bo’lmasa, uyquga moyillik va tushkun kayfiyat paydo bo’ladi. Aynan shuning uchun kuz fasli yorqinlik bag’ishlash va bir juft yangi chiroq sotib olishning ayni vaqtidir.

Sovuq kechalarda issiqlik va shinamlikni sog’insangiz shamlar yoqing. Jonli olov isitadi va qadimgi xonadonlarda bo’lganidek noyob muhitni yaratadi.

  • Lampalar va shamchiroqlarni turli balandlikda joylashtiring: shiftda, devorlar va stollarda, polda. Yorug’lik intensivligini sozlash uchun qavatlar tasavvuri zarur.
  • Yorug’lik bilan tajriba o’tkazish uchun joyini oson o’zgartirish mumkin bo’lgan shamchiroqlarni sotib oling.
  • Noodatiy shamchiroqlar yordamida kayfiyatni o’zgartiring: shamdonlar sirli muhitni yaratadi, LED-tizmalari esa har qanday bayramda uyni bezaydi.
  • Abajur rangini mustaqil o’zgartirishdan, masalan uni bo’yashdan qo’rqmang.
  • Xonadagi qaysidir buyumga urg’u berish uchun unga yorug’lik tushiring.

Saqlash tizimlari

Saqlash tizimi, bu – burchakda katta joyni egallab turadigan shkaf va hattoki hech kim ko’rmaydigan omborxonadagi javonlar va qutilar uyumi ham emas. Xonadon interyeri oqilona tanlangan saqlash tizimiga asoslanadi.

Oq rangdagi va ko’zguli eshiklar o’rnatilgan minimalistik modullar yordamida oddiy xona kutilmagan qiyofaga kiradi.

  • Saqlash tizimi butun devorni egallashidan qo’rqmang. Shu usulda javonlar va shkaflar xona maydonini bo’lib qo’ymaydi.
  • Bir toifadagi bloklar va modullarni moslashtiring. Shu usul bilan maqsadlaringizga to’g’ri keladigan va aji-buji ko’rinmaydigan tizimni tanlaysiz.
  • Hattoki kichik xonadonda ham maydonni kengaytirib beradigan ko’zguli va shishali tizimlarni xarid qiling.

Ko’zgular

Odatda ko’zgular ularga qarash uchun kiyinish xonasi yonida yoki tryumo ustida bo’ladi. Lekin ayrim holatlar yordamida ko’zgu orqali interyerni o’zgartirish mumkin.

  • Ko’zguli eshik o’rnatilgan saqlash tizimi yoki shkafdan foydalansangiz, ko’zgu uchun devorda maxsus joy izlash shart emas.
  • Ko’zgular yorug’likni boshqarishga yordam beradi. Ko’zguni deraza qarshisidagi devorga iling, lampalar va qandillarning yorug’ligi shishaga qanday tushishi haqida o’ylab ko’ring. Nurlarni qaytaruvchi ko’zgular xonani yorug’roq va yorqinroq qilishga yordam beradi.
  • Shiftdagi ko’zgular – intererga noodatiy tus beradigan o’ziga xos va kutilmagan usul.

Gilamlar

Gilamlar shu qadar xilma-xil va qiziqarli bo’ladi-ki, birgina buyum bilan interyerni o’zgartirish mumkin. Xonadagi barcha to’qimachilik jihozlari gilamga moslab yangilansa, uyni tanib bo’lmay qoladi. Suratda poldagi gilamlar devorlarning o’ziga xos bezagi va gulqog’ozlar bilan bog’lanib, hashamdor qiyofani hosil qilgan.

  • Gilam bir dona bo’lishi shart emas. Ranglar va naqshlar birikmasi xonaga o’ziga xoslik va noodatiylik beradi.
  • Gilamchalar ostiga maxsus to’shamalar soling. Shu yo’l bilan hattoki kichkina gilamlar ham o’z joyida qoladi va hech kim sirpalib ketmaydi.

Pardalar

Pardalarning juda ko’p shakli va turi yordamida har qanday tasavvurni amalda qo’llash mumkin. Yunoncha yoki rulonli pardalar o’ziga xos, ammo eng sodda matolar ham xonaga o’zgacha ko’rk berishi mumkin.

  • Pardalarni faqat derazaga osish shart emas. Xonani bo’lish uchun ularni shiftga mahkamlash mumkin.
  • Karavot boshidagi devorga ilingan parda qirollik yotoqxonasini eslatadi.
  • Yorqin rangli yangi parda sotib olib, ularga mos rang qofiyasini tanlang: divanga shu tusdagi adyolni qo’ying, karavotni huddi shunday to’shama bilan qoplang. Bunday yechim xona bezagiga yangicha urg’u beradi.

Gullar va o’simliklar

Jonli o’simliklar har qanday xonaga chiroy bag’ishlaydi, faqat ularni ham bilib tanlash kerak. Yashil rang xonani jonlantirib, musaffolik olib kiradi. Shuningdek, yashil o’simliklar orasida dam olish juda yoqimli.

Mehmonxonani bezating: yirik yashil o’simliklarni mumtoz uslubda simmetrik shaklda joylashtiring, gullik kompozitsiyalar esa jiddiylikni buzib, xona bezagini go’zallashtiradi. O’simliklar yordamida xonadonni bir necha soat ichida o’zgartirish mumkin.

  • O’simliklarni parvarishlashga vaqt yetishmasligi uyda yashillikdan voz kechish uchun sabab bo’lolmaydi. Buning uchun juda kam parvarishni talab qiladigan o’simliklarni tanlab, avtomatik ravishda suv quyish tizimlaridan foydalaning.
  • Gullar ko’rinib turishi uchun maxsus kashpo va ko’p qavatli tuvak tagliklaridan foydalaning.
  • O’simliklar – xona bezagining mustaqil elementlaridir. Ularni joylashtirishda sinov o’tkazishdan qo’rqmang.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!