• 18
  •  
  •  
  •  
  •  
    18
    Shares

Janjal chog’ida keskin so’z yoki o’ylanmagan harakat bilan yaqin odamingizni ranjitish oson. Biroq, yashirin alam yana uzoq vaqt juftingizning qalbida qolib, o’zaro munosabatlarni qiyinlashtirishi mumkin.

Yaqinlaringiz bilan janjallashish chog’ida keyinchalik afsus chekmaslik uchun hech qachon yo’l qo’yib bo’lmaydigan 7 hatti-harakat bilan tanishing.

1. Boshqa oila a’zolarini aralashtirmang

Sizning janjalingiz faqatgina ikkingizga taalluqli masala. Nizoga ota-onalarni aralashtirish orqali oddiy bahsni haqiqiy oilalar jangiga aylantirishingiz mumkin. Hattoki juftlik o’rtasidagi munosabat yaxshilangan taqdirda ham, boshqa oila a’zolari sizning ikkinchi yarmingizga nisbatan aytgan shikoyatlaringizni eslab qoladilar va har safar bahs chog’ida shu narsalarni qarshi qo’llaydilar.

2. Hech qanday zo’ravonlikka yo’l qo’ymang

Odatda, odamlar janjal chog’ida xarakterlaridagi eng yomon sifatlarni namoyon etadilar. Ayrimlar o’zining haqligini isbotlashga urinib, zo’ravonlikka qo’l uradilar. Ma’lum, ammo ba’zan zarur maslahat: na o’zingiz, na juftingiz qo’liga erk berishiga yo’l qo’ymang. Bir-biringizdan qanchalik jahlingiz chiqqani muhim emas. Sevimli inson yetkazgan og’riq oxir-oqibat sizlarni bog’lab turgan hislarni o’ldiradi.

3. Hammasini birdan aytmang

Agar janjalning asosiy sababi – bir uyum yuvilmagan idishlar bo’lsa, shundayligicha qolsin. So’zlaringiz ahamiyatini yanada kuchaytirish uchun juftingizga qolgan barcha xatolarini eslatish shart emas. Bunday harakat mayda maishiy janjalni davomiy nizo maqomiga olib chiqadi.

Shuningdek, sevgilingizda mantiqiy savol yuzaga kelishi mumkin: unga nisbatan shikoyat ko’p bo’lgan munosabatlarni davom ettirish shartmi?

4. Hech qachon ajralish haqida gapirmang

“Ajralish” – janjal chog’ida er-xotin tomonidan aytilishi mumkin bo’lgan eng alamli so’z. Bu so’z ikkinchi yarmingizning hislariga qattiq zarba beradi. Uni qancha ko’p takrorlasangiz, ajralish haqiqatda shuncha tez yuz beradi. Agar bir-biringizni yaxshi ko’rsangiz, keyinchalik shoshilinch va hayajonli qarordan afsuslanmaslik uchun hech qachon ajralishdan gap ochmang.

5. Janjal vaqtida hech qachon uydan ketmang

Janjal vaqtida uydan chiqib ketish, ayni paytda juftingiz bilan bir tom ostida qolish yoqimsiz ekanligini ko’rsatishdir. Siz eshikni qattiq yopish va qorong’iga qochish orqali nizoni hal qilmasdan qoldirasiz, sevgilingizda esa sizning ongingizga nisbatan shubha uyg’onishi mumkin. Bunday vaziyatda eng to’g’ri yo’l – juftingiz va o’zingiz tinchlanishingizni kutib, barini katta odamlardek muhokama qilishdir.

6. Alohida uxlashga yotmang

Munozaradan so’ng juftingizdan alohida uxlashga yotish orqali yarashishga tayyor emasligingizni namoyon etasiz. Vaholanki, kundalik odatlarga amal qilish keskin vaziyatni yumshatib, nizoni tezda yo’qotadi. Avvaliga bir-biringizga orqangizni o’girib yotishingiz mumkin, ammo tongda juftingizning quchog’ida uyg’onib, janjalning asl sababini ham unutasiz.

7. Odamlar orasida janjallashmang

Agar o’zingiz va juftingiz jamoat joyida janjallashishdan uyalmasangiz, demak, nafaqat bir-biringiz, balki atrofdagi odamlarni ham hurmat qilmaysiz. Vaholanki, ular sizning “tomoshangizni” kuzatish uchun emas, kechani yoqimli o’tkazish maqsadida kelishgan. Shaxsiy kelishmovchilikni jamoatchilik oldidagi tomoshaga aylantirish shart emas. Yaxshisi sabr qilib, hamma gaplarni uyda ayting.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!