•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Mutolaaning hayotingizni yaxshiroq qiladigan afzalliklari.

Hammamiz hayotda bir marotaba yashaymiz, ammo kitoblar minglab insonlarning donoligini o’zlashtirish imkonini beradi. Muallif yozish, qayta yozish va tahrir qilish orqali so’zlarini o’zining eng yaxshi qiyofasiga aylantiradi. Siz o’qish chog’ida meditativ holatda go’yoki aqlli odam bilan vaqt o’tkazgandek bo’lasiz.

Maqsadsiz o’qilgan kitoblar, huddi boshqa texnologiyalar singari, hech qanday natija bermaydi. Biroq, adabiyotni to’g’ri baholash, tanlash va xarid qilishni o’rgansangiz, mutolaa qimmatli odatlarni shakllantirishi mumkin.

1. Hech qanday sehrli dorilarsiz aqlliroq bo’lasiz

Kitob – aqliy faoliyatni kuchaytirish, xotirani yaxshilash va ta’lim olish qobiliyatini oshirish uchun mo’ljallangan nootrop dorilarning o’rnini bosadi. Vaqt o’tishi bilan nootroplarning ta’siri yo’qoladi, ammo mutolaa doim aqlingizni charxlaydi. Bundan tashqari, mutolaaning barcha salbiy asoratlari avvaldan ma’lum, ammo dorilar haqida bunday deya olmaymiz.

2. Bilimlaringiz doim yangilanadi

Aksariyat kitoblar muallif o’z oqimida bo’lgan vaqtda yoziladi. Yozuvchi hudbinligi deyarli aralashmagan donoligini bo’lishadi. O’quvchi bu so’zlarni o’qib, o’zining oqimiga kirganida sehr yuz beradi.

Ma’lum vaqt mutolaa qilgach, aqlingiz moderniziya qilingandek tuyuladi. Bunday yangilanishdan so’ng suhbatda o’zingizni namoyon qilish osonlashadi, shuningdek yozuv ko’nikmalari ham mustahkamlanadi.

3. Yolg’iz qolishni o’rganasiz

Amerikalik faylasuf Erik Xoffer bir safar quyidagi gapni aytgan: “O’zimiz bilan yolg’izlikda yomon davrada qolamiz”. Lekin yaxshilab mehnat qilsangiz, buni tuzatish mumkin.

Biz kitob o’qish, fikrlash uchun tin olish hamda o’zimizni muntazam yaxshilash orqali xonada yolg’iz xotirjam o’tirish odatini rivojlantira olamiz. Shu yo’l bilan fransuz matematigi Blez Paskal ta’kidlagan insoniyatning eng asosiy muammolaridan birini yenga olamiz: “Odamlarning jami baxtsizligiga sabab o’z xonasida tinchgina o’tira olmasligidir”.

4. Bevosita tajriba olishga odatlanasiz

Donolikka tashnalik – ortiqcha qiziqib ketishdan qo’rqmagan holda, bironta muammosiz qoniqtirish mumkin bo’lgan yagona istakdir. Biz yetarlicha mutolaa qilgach, yaxshi g’oyalar va jasurlikka moyillik, olamni kashf qilishga tayyorlikni sezamiz.

Kimningdir donoligini o’qigach, kitob qahramonlari bilan birga sayohatga otlanamiz. Demak, biz haqiqiy hayotda bevosita kafolatlangan tajribaga ega bo’lamiz.

5. Meditatsiya qilishni o’rganasiz

Qancha ko’p o’qib, kitoblar bilan vaqt o’tkazganimiz sayin, shuncha ko’p diqqatni jamlaymiz va anglanganlik hamda meditatsiyani amaliyotga tatbiq etishni istaymiz. Biz mutolaa tufayli xotirjam va sabrli bo’lishni, uzoq vaqt mobaynida yagona narsaga e’tibor qaratishni o’rganamiz.

6. Strategik yakkalanish afzalliklarini tushunasiz

“Bu madaniyatda aqldan ozmaslik uchun yakkalanishga muhtojmiz”, – deydi amerikalik yozuvchi Terens Kemp Makkenna. Mutolaa – jamiyat uchun yolg’izlikda qolishning eng yangi maqbul sabablaridan biridir.

Agar atrofingizdagi odamlar sizni hurmat qilishlarini istasangiz, strategik yakkalanishning kitoblardan yaxshiroq usuli yo’q. Ular ommadan qutqaradi.

7. To’g’riso’z bo’lishga odatlanasiz

Fikrlashni yomon ko’radigan ko’plab odamlar bor. Ular aqlli nimanidir eshitib qolganida huddi hayvondek munosabat bildiradilar. Kimdir haqiqatni izlab topishga va olam qanday tuzilganini tushunishga urinsa, ko’pchilikning jahli chiqadi. Amerikalik faylasuf Leo Shtraus qayd etganidek, eng asosiy sirlar aynan shunday kitoblarda yashiringan.

Ijod ahlining aksariyati buni biladi va haqiqatni yetkazishning yagona usuli, bu – kitob yoki rivoyat ekanligiga ishonchi komil. Butun tariximiz davomida boshqalarni o’ylashga majbur qilgan odamlar odatda jamiyatdan quvg’in qilingan yoki jahannam elchilari sifatida tilga olingan. Kitoblar barcha qiyinchiliklarni yengish hamda hech narsaga qaramay o’z g’oyalarini tarqatish imkonini beradi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!