•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ko’zlarni kattaroq va ifodaliroq qilishning sinalgan usullari.

1. Rangli kattalashtiruvchi linzalardan foydalaning

Bu hiyla koreyalik ayollar tomonidan o’ylab topilgan. Tabiatan qisiq ko’zlar kattaroq ko’rinishi uchun ular rangpardasi kattalashtirilgan linza taqadilar.

Rangpardasi 14-15 mm bo’lgan linzalar (dioptriya bilan yoki usiz) ko’zlarni anime qahramonlarinikidek kattalashtiradi. Taqqoslash uchun: odatda rangparda diametri 11-13 mm atrofida bo’ladi.

Kattalashtiruvchi linzalar bir zumda va juda yorqin natija beradi. Biroq, ulardan foydalanishdan avval oftalmolog bilan maslahatlashgan ma’qul. Ayrim odamlarda hattoki qisqa vaqtga linza taqish allergiya berishi mumkin.

2. Ko’zlarning burchaklari va qoshlar ostini och rangga bo’yang

Koloristika qoidalariga ko’ra, qoramtir ranglar hamma narsaga kichikroq hajm beradi, och ranglar esa kattalashtiradi. Ko’zlarni kattaroq qilish uchun qovoqlarning ichki burchaklari va qoshlar ostidagi sohalarni och rangga bo’yang.

Buning uchun och rangdagi ten yoki xaylayterdan foydalaning. Ko’zlarning burchagiga vositani yengil shimmer bilan surtish mumkin. Shuningdek, harakatlanuvchi qovoq markazida biroz perlamutr halaqit qilmaydi. U pardozga hajm berib, ko’zlarni yanada ifodali qiladi.

3. Ko’zlardagi yoylarni to’g’ri chizing

Ko’zlarni qora ramka ichiga solish pardozdagi kechirilmas xatolardan biridir. Harakatlanuvchi qovoqdagi surma (podvodka) harakatlanmaydigan qovoqqa o’tib, suvli chiziqni qamrab olsa, ko’zlar kichkina qora teshikchalarga aylanadi. Dahshatli manzara!

Ko’zlarni kattalashtirish uchun qalam texnikasidan foydalaning. Qalam bilan yuqori qovoqning kiprik chizig’ini bo’yang: ichki burchakka qancha yaqin bo’lsa, chiziq shuncha ingichka bo’lishi kerak. So’ngra pastki qovoqqa surma surting, ammo faqat kipriklar orasini va ko’zning yarmigacha. Surmani yaxshilab yoyib, ten surting.

Agar yoylar chizmoqchi bo’lsangiz, ularni ko’zlarning tashqi burchaklaridan qoshlarning uchlari tomon yurgazing.

ARVE Error: Mode: lazyload not available (ARVE Pro not active?), switching to normal mode

4. Suvli chiziqqa och rangli kayal surting

Pastki qovoqning shilliq chizig’iga surtilgan och pushti yoki qaymoq rangidagi yumshoq surmali qalam ko’zlarni kattalashtirishdan tashqari, charchoq izlarini ham yo’qotadi.

5. Ko’k, siyohrang yoki firuzarang laynerni sinab ko’ring

Ushbu sovuq to’yingan ranglar pardozni yorqinroq, nigohni esa ifodaliroq qiladi.

Ko’zlar atrofiga qora rang o’rniga ko’k yoki siyohrang qalam bilan chizib ko’ring va ko’zlar qanchalik ochilishini ko’rasiz.

6. Qovoqdagi tabiiy burmadan sal teparoqdan chizing

Harakatlanuvchi qovoqdagi burma pardozdagi ranglardan bir nechta tusga to’qroq ten bilan ajratilsa, nigoh yanada ifodali bo’ladi. Rang beriladigan chiziq tabiiy burmadan 1-2 mm teparoqqa ko’chirilsa, ko’zlar kattalashadi.

7. Kipriklarga hajm bering

Kipriklar qancha qalin va uzun bo’lsa, ko’zlar shuncha kattaroq ko’rinadi. Agar tabiat sizga muhtasham kipriklar in’om etmagan bo’lsa, hajmni oshiradigan tushdan foydalaning.

Yuqoridagi kipriklarni maxsus qisqichlar bilan burang, so’ngra bir qavat tush surting. Kipriklarni chakkaga emas, yuqoriga qarab bo’yang. Kipriklar ustiga biroz tarqaluvchi pudra surtib, ikkinchi marta bo’yang yoki yopishtiriladigan kiprikdan foydalaning.

Pastki kipriklarga bir qavat tush surting yoki bo’yalmagan holda qoldiring.

Shu va boshqa hiylalarni amalda quyidagi videoda ko’rishingiz mumkin:

ARVE Error: Mode: lazyload not available (ARVE Pro not active?), switching to normal mode

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!