•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ayrim baxtli insonlar tabiatan mukammal tirnoqlar shakli bilan maqtanishi mumkin. Biroq zamonaviy manikyur texnikalari tufayli muammoli tirnoqlarni tuzatish endi muammo emas.

Tirnoqlaringiz Gollivud yulduzlarinikidan qolishmasligi uchun universal manikyurning 7ta g’oyasini siz bilan o’rtoqlashamiz.

1. Trafaretli dizayn (o’rtadan chiziq)

Tirnoqlarni ko’rinishidan ingichkaroq, uzunroq va nozikroq qilish juda oson. Shunchaki tirnoq yuzasining markazidan rangli chiziq tortib, chetlarini bo’yalmagan holda qoldiring.

Kim uchun: kvadratsimon, aylanasimon, yumaloq, trapetsiyasimon va keng shakllarning sohibalari uchun.

2. Trafaretli dizayn (chetdan chiziqlar)

Yoki aksincha ish tuting: tirnoqning chetlarini bo’yang

Kim uchun: bunday usul keng, aylanasimon yoki yumaloq, shuningdek kvadrat va teskari uchburchak shaklidagi tirnoq sohibalariga mos keladi.

3. “Nyud” usulida bo’yash

Nozik nyud usulidagi yoki nimshaffof ranglar tirnoqlarni tartibli qilib ko’rsatadi. Ayollar  barmoqlaridagi bunday ranglar erkaklar uchun eng yoqimlisi hisoblanadi.

Kim uchun: uzun to’g’riburchakli, aylanasimon, bodomsimon, shuningdek qilichsimon tirnoqlar uchun.

4. Gradiyent manikyur

Shimmerli yoki “mushuk ko’zi” dizaynidagi manikyur yordamida tirnoqlaringiz chiroyli, nozik va o’ziga xos bo’lib ko’rinadi.

Kim uchun: uzun to’g’riburchakli va bodomsimon tirnoqlar uchun.

5. Geometriya

Oddiy geometriya yoki simli manikyur – odatiylik chegarasidan biroz tashqariga chiqishdan qo’rqmaydiganlar uchun urfga aylangan.

Kim uchun: universal.

6. Mevali manikyur

Mevalar rangidagi lak faqat mukammal tirnoq sohibalariga mos keladimi? Bu noto’g’ri fikr, shunchaki sinab ko’ring!

Kim uchun: qizil rang deyarli universal hisoblanib, kalta, keng, ingichka va uzun tirnoqlarda ajoyib ko’rinadi.

7. Qoramtir bir tekis rang

Qoramtir ranglar tirnoqlarni ingichkaroq qilib ko’rsatadi. Shuningdek, bu ranglarni kuchli va qat’yatli ayollar tanlar ekan (lekin aksincha bo’lishi ham mumkin).

Kim uchun: kvadratsimon, aylanasimon, vertikaliga uzaytirilgan, trapetsiyasimon, yumaloq tirnoq shakllari.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!