•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ko’pincha aytgan noo’rin gaplarimiz o’zimizni burchakka taqab qo’yadi. Boshqa tomondan, har qanday vaziyatda to’g’ri javob qaytarishni biladigan odam doim yutadi.

E’tiboringizga butkul voz kechish zarur bo’lgan jumlalarni taqdim etamiz.

1. Yoshingiz uchun ko’rinishngiz yaxshi

Sabab: Bu jumla ayol yoki erkak kishiga nisbatan aytilishi muhim emas, ikkala holatda ham hafa qiladi. Bu gapni aytayotgan odam bunday yoshda barcha odamlar keksa uvada kabi ko’rinishi kerakligini ochiqdan-ochiq ta’kidlaydi.

To’g’ri yo’l: “yoshingiz uchun” qo’shimchasidan voz keching va shunchaki xushomad ayting: “Ko’rinishingiz ajoyib”.

2. Hafa bo’lmaginu

Sabab: Ko’pincha bu so’zlar go’yoki odamni hafa qilmaslik uchun ishlatiladi, chunki ularning ortidan yoqimsiz jumla aytilishi mumkin.

To’g’ri yo’l: Agar chindan kimnidir xatosini ko’rsatishni va uni hafa qilmaslikni istasangiz, jumlani saqlab qolish mumkin. Lekin undan keyin keskin fikr bildirmasdan, yumshoqroq gapirish kerak. Agar bu jumla keyinroq sof vijdon bilan noo’rin kesatiqni aytish yoki suhbatga aralashishi uchun gapirilsa, uni umuman aytmaganingiz ma’qul.

3. Men senga aytgandim

Sabab: Bu jumla sizning xato qilgan odamni mensimasligingiz va undan ustunligingizni ochiq ko’rsatadi. Bundan tashqari, jumla ko’pincha yetuk emasligingiz va birovni kamsitish istagi mavjudligini namoyon etadi.

To’g’ri yo’l: Agar bir odamni ogohlantirgan bo’lsangizu, u baribir o’z bilganicha yo’l tutib, adashgan bo’lsa, unga buni eslatishning nima keragi bor? Keyingi safar yaxshiroq ishontirishga va fikringizni unga aniqroq yetkazishga urinib ko’ring.

4. Horg’in ko’rinyapsan

Sabab: Siz bu jumlani aytish orqali odamga muammolari hammaga oshkor ekanligini ko’rsatasiz. Shu bilan birga, siz uning qanday vaziyatda ekanligini bilmaysiz. Shuning uchun bunday so’zlar ko’pincha noo’rindir.

To’g’ri yo’l: Undan havotirda ekanligingizni ko’rsating. Bunday vaziyatda “Ahvoling joyidami?” jumlasi to’g’ri keladi.

5. Ozib nima qilasan? Ko’rinishing shundoq ham yaxshi

Sabab: Bu jumla juda sun’iy eshitiladi. Parhez tuta boshlagan odam vazni bilan bog’liq muammolari borligini yaxshi biladi. Ular yaqqol ko’zga tashlanmasa ham, bu jumlani aytmagan ma’qul. Zero, odam ortiqcha vazn emas, balki sog’lig’idagi muammolar tufayli ozishga qaror qilgan bo’lishi mumkin.

To’g’ri yo’l: Shunchaki ortiqcha savollardan o’zingizni tiying va uni “Barakalla!” deya qo’llab-quvvatlang.

6. Seni yoshingda men

Sabab: Bu jumla suhbatdoshingizni o’ta yosh va ahmoq deb o’ylashingizga sha’ma qiladi. Shuningdek, vaqt tez oqadi va siz uchun odatiy bo’lgan narsa allaqachon o’zgargan bo’lishi mumkin.

To’g’ri yo’l: Ko’niking. Avlodlar muammosi hamma vaqt dolzarbdir. Yaxshisi qiziqish bildirib, odam nima uchun aynan shunday qilganini so’rang. Ehtimol, yoshdagi farqqa qaramay, unga qo’shilishni istab qolarsiz.

7. Shundan ham qo’rqasanmi? Bu qanaqa ahmoqlik!

Sabab: Har kim nimadandir qo’rqadi. Bu fobiya sizga g’alati bo’lib ko’rinsa ham, buni o’z ustunligingizni namoyon qilmoqchi bo’lgandek shaklda ko’rsatish shart emas. Axir inson nimadan qo’rqishni o’zi tanlamaydi.

To’g’ri yo’l: Subatdoshingizning qo’rquv haqidagi so’zlariga hurmat bilan munosabat bildiring: “Tushunaman. Mayli buni qilmaymiz/ gapirmaymiz”.

8. Shu paytgacha turmush qurmadingmi?

Sabab: Bu so’zlar bilan kimnidir hafa qilish yoki jahlini chiqarish mumkin. Ehtimol, siz qiz bolaga allaqachon turmush qurishi kerakligini sha’ma qilayotgan birinchi odam emasdirsiz. Lekin bu holat yuz bermaganligiga ko’plab sabablar bo’lishi mumkin. Ularning eng asosiysi – xohishning yo’qligi.

To’g’ri yo’l: Hotirjam munosabat bildiring. Zero turmush, bu – har bir insonning shaxsiy ishi. Bunday vaziyatda “Tanlovingni hurmat qilaman” jumlasi mos keladi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!