•  
  •  
  •  
  •  
  •  

8 Mart bayrami haqida nimalarni bilasiz? Nima uchun aynan shu bahor kunida erkaklar sevimli ayollarini sovg’alar va gullar bilan hursand qilishga shoshadilar? Erkaklar kuni qachon ekanligini bilasizmi?
Turli ma’lumotlardan iborat mozaikani yaxlit shaklga keltirib, Xalqaro xotin-qizlar kunining yuzaga kelishi tarixiga oid yangi faktlarni bilib olishni taklif qilamiz.

1.

Dastlab mashhur nemis sotsialisti Klara Setkin 1910 yilda Kopengagenda bo’lib o’tgan anjumanda ushbu bayramni nishonlashni taklif qilgan. Uning fikricha, 29 avgust sanasini erkaklar va ayollar mehnatiga bir xil haq to’lash yo’lidagi kurashga doir mitinglar kuni sifatida belgilash kerak edi. Bunga keyinchalik butun dunyoda o’z aksini topgan Nyu-Yorkdagi tikuv fabrikalarida ishchi ayollarning ommaviy ish tashlashi sabab bo’lgan. Rossiyada 8 mart sanasi mashhur Fevral inqilobida ayollarning ishtiroki xotirasi sifatida 1921 yilda belgilangan.

2.

Kapitalistlar ayollarning zavodlarda teng ish haqi to’lanishi yo’lidagi kurash g’oyasi yoqmagan, shu bois BMT 1977 yilda urg’uni shunchaki huquqlar uchun kurashga qaratgan holda, bildirmasdan bayramni “qayta yo’naltirgan”. Ma’lum vaqt o’tgach 8 Mart ayolga nisbatan muhabbat bayramiga aylangan va aksariyat Yevropa mamlakatlarida Onalar kunining o’rnini bosgan.

3.

Aytgandek, Qadimgi Rimda 8 Martga o’xshash marosim – erkin ayollar bayrami nishonlangan. Shu kuni ayollar o’zlarining eng yaxshi liboslarini kiyib, Vesta ma’budasining ibodatxonasini ziyorat qilganlar va erkaklardan sovg’alar hamda e’tiborga ega bo’lganlar. Ushbu bayramda hattoki qul ayollarga ham qonuniy bayramni dam olishga ruxsat berilgan.

4.

Zamonaviy dunyoda lolalar yoki boychechaklarning keng ommalashganiga qaramay, mimoza guli hamon 8 Mart ramzi hisoblanadi. Mimoza 60-yillar boshidan buyon ayollarga sovg’a qilingan birinchi gul bo’lgan. Nima uchun aynan mimoza? U fevral oyidagi sovuqlardan so’ng birinchi bo’lib gullagan, arzon bo’lgan va oson parvarishlangan, shu bois hamma yerda sotilgan.

5.

1965 yilgacha 8 Mart oddiy ish kuni hisoblangan va boshqa kalendar sanalari orasida ajralib turmagan. Faqatgina Brejnev davrida Sovet Ittifoq Kommunistik partiyasi Markaziy qo’mitasi G’alaba kunining 20 yilligiga Xalqaro xotin-qizlar kunini to’laqonli dam olish kuni sifatida belgilash to’g’risida qaror qabul qilingan.

6.

Sovet Ittifoqi parchalanganidan so’ng Xalqaro xotin-qizlar kuni O’zbekistonda va deyarli barcha sobiq respublikalarda davlat bayrami bo’lib qolgan. Biroq, Litvada konservatorlar 2002 yilda bayramni ortiqcha demokratik va “aksildiniy” ruhi uchun bekor qilganlar. Shuningdek, Belorussiyada 8 Mart sanasi Onalar kuniga o’zgartirilgan.

7.

Angliya, Fransiya va Germaniyada 8 mart umuman alohida sana hisoblanmaydi.

Ilg’or ayollar o’zlarining ayol bo’lib tug’ilganlarini bayram qilishda ma’no ko’rmaydilar.

Bu yerda davlat darajasida boshqa bayram – Onalar kuni nishonlanadi va u deyarli xuddi o’sha vazifalarni bajaradi: ayollar maishiy yumushlardan dam olish imkoniga ega bo’ladilar, bolalarni erkaklarga topshiradilar va bayramni nishonlash uchun kafe hamda restoranlarga boradilar.

8.

Xitoy va Portugaliyada 8 Mart faqatgina faol ravishda qizlar bazmini o’tkazadigan va mamnuniyat bilan sovg’a almashadigan ayollar uchun dam olish kuni hisoblanadi. Biroq, bu mamlakatlarda gullar qadrlanmaydi, shuningdek davlat darajasida ommaviy tadbirlar o’tkazilmaydi.

9.

Yaponiyada teng huquqlilik kuni mavjud emas. Bu yerda butun mart oyi ayollarga bag’ishlangan. Shu o’rinda, Qo’g’irchoqlar bayrami deb nomlanadigan Xinamatsuri bayramiga to’xtalib o’tish zarur. Qizaloqlar 3 mart kuni chiroyli kimonolarini kiyib, maxsus shirinliklarni tayyorlaydilar hamda qo’g’irchoqlar ko’rgazmalarini tashkillashtirib, erkaklardan sovg’alar oladilar. Shuningdek, mart oyida ko’plab to’ylar o’tkazish odatga aylangan, chunki bu oyda qurilgan turmush baxtli bo’lishiga ishonadilar.

10.

Hindistonda xotin-qizlar kuni oktyabr oyida nishonlanadi, chunki marta Xoli bayrami o’tkaziladi. Odamlar nasha sharbati bilan aralashtirilgan ichimlik – bxangni ichib, raqsga tushadilar, bir-birlariga rangli suv sepadilar va tabiat gullaydilar davrni nishonlaydilar.

11.

8 Mart kuni 55 foiz erkaklar sevmli ayollariga gul, 7 foizi – taqinchoqlar, 9 foizi esa – atir taqdim qiladilar. Ayollarning o’zlari nimani kutadilar? Aksariyat so’ralgan ayollar (47 foiz) pardoz vositalari va gul olishni istashlarini aytganlar.

12.

Zambiyada bu sana Yoshlar kuni, Albaniyada – O’qituvchilar kuni, Suriyada – Inqilob kuni, Malayziyada – Sulton kuni, Liberiyada – Qurbonlar xotirasi kuni hisoblanadi. Shunga qaramay, biz hamon 8 Martni ayollarimizga nisbatan muhabbat va sadoqat bayrami sifatida nishonlashda davom etamiz. Zero, ayollarsiz bu dunyo o’z go’zalligini, mehrini va ma’nosini yo’qotgan bo’lardi:

axir sayyoramizni harakatga keltiruvchi kuch ham muhabbat va yangi hayotning dunyoga kelishi emasmi?

13.

Ruminiya, Serbiya, Bolgariya, Chili, Xorvatiya, Chernogoriyada bu bayram keng tarqalgan, ammo rasmiy maqomga ega emas. Bu oddiy ish kuni.

14.

Aslida 19 noyabr sanasida Xalqaro erkaklar kuni nishonlanishi haqida ko’pchilik bilmaydi.

Dastlab bu bayram Lotin Amerikasining Trinidad va Tobago davlatida nishonlangan bo’lib, keyinchalik xalqaro tus olgan. Biroq, hozircha bu bayram sababli hech kim dam olish kuniga chiqmaydi.

Raqamlardagi faktlar:

  • Ayollar dunyodagi barcha ishning 66 foizini bajarishiga qaramay, halqaro daromadning 10 foizini oladilar.
  • Butun dunyodagi yirik kompaniyalar bosh direktorlarining 500 nafarida atigi 13tasi, shuningdek 774 million savodsiz odamlarning 2/3 qismi ham ayollardir.
  • 22 foiz xalqaro siyosatchilar – ayollardir, shuningdek 33ta mamlakatda ayol prezident saylangan.
  • 83 foiz xaridlar ayollar tomonidan amalga oshiriladi.
  • Ayollar yer yuzi aholisining yarmidan ko’pini tashkil qiladi va ularning 2/3 qismi ishlaydi.
  • Yevropadagi Onalar kunidan farqli ravishda, 8 martda maqomi va farzandlari borligidan qat’iy nazar, barcha xotin-qizlar tabriklanadi.

Bayramingiz bilan, qadrli hamkasblar, suyukli onalar, sadoqatli rafiqalar va barcha-barcha qizaloqlar!

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!