•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Siz ham maktabda bunday topishmoqni yechgan bo’lsangiz kerak, shu bois uni bir oz qiyinlashtirdik.

To’rtta talaba yigit 8 Martda institutda o’z guruhlaridagi to’rtta qizni tabriklashga kelishib oldilar. Har bir yigit ma’lum bir qiz uchun sovg’a sotib oldi. Bularning orasida guldasta, yumshoq ayiqcha, atir va hattoki tuvakdagi ajoyib gul ham bor edi. Yigitlar bir xil tabrik qog’ozlarini olib, ularda qizlarga hazilomuz tilaklarni yozdilar.

Hamma yigitlar mamnun edilar, faqat Mardon bir oz hayajonda edi, chunki uning qizlardan biriga sovg’a qilishni istagan katta guldastaga puli yetmadi. Azamat o’ziga xoslikni yaxshi ko’rgani uchun dugonasiga tuvakda chiroyli gul sovg’a qilishni o’ylagandi. Lekin, u do’konga kelganida bu yerda faqat fikuslar va kaktuslar qolgan ekan. Shuningdek, keyinroq u bolalardan biri undan avval bu sovg’ani olganini ko’rdi.

8 mart kuni talablar qizlarning umumiy yotoqxonadagi xonasiga yashirincha kirib, sovg’alarni stol ustiga qo’ydilari. Ular qizlar qaytganida qanchalik hursand bo’lishlarini tasavvur qilardilar.

– Nima bo’lganda ham, atir sovg’a qilish u qadar aqlli emas, dedi Said. – Qizning didini topish juda qiyin! Tuvakda gul ham o’ta g’alati sovg’a, bunaqasini o’ylab topish qiyin!

– Men ham qiz bolaga atir sovg’a qilishdan qochgan bo’lardim, – dedi Jamshid. – Bundan tashqari, dugonamga yumshoq o’yinchoq ham bermasdim. Balki u o’yinchoqlarni yoqtirmas?

– E, yigitlar, qo’ysangizchi, ishonchim komilki, sovg’alarimiz qizlarga yoqadi, – deya bahsni tugatdi Mardon.

Biroq, kutilmagan holat yuz berdi. Ma’lum bo’lishicha, stol yonidagi deraza yaxshi yopilmagan ekan va yigitlar ketganlaridan so’ng, kuchli shamol tufayli deraza ochilib ketgan.

Qizlar mashg’ulotdan keyin xonalariga qaytdilar va polda sochilib yotgan tabrik qog’ozlari hamda stol ustidagi sovg’alarni ko’rdilar.

– Qaysi sovg’a kimga ekanligini qanday tushunamiz? – dedi Nozima hayron bo’lib.

– Ha, murakkab savol, – deya ta’kidladi Zarina.

Nilufar esa poldagi qog’ozlarni olib, dugonalariga ko’rsatdi. Ularning har birida qisqacha ajoyib tabrik yozilgan edi.

Shuningdek, Sizga quyidagi muhim holatlar ma’lum:

  • Azamat bayram arafasida sovg’ani Nilufarga yoki Kamilaga berishni uzoq o’ylagan.
  • Said Nilufar yoki Zarinani tabriklashni xohlashini aytgan.
  • Jamshid sovg’ani Nilufar yoki Zarinaga berishni o’ylagan, ammo bayram arafasida ikkala qiz bilan urishib qolgan.
  • Mardon Nilufar yoki Nozimaga sovg’a berishni istagan, ammo fikridan qaytgan.

Qizlar qaysi sovg’a kimga ekanligini tushundilar. Siz-chi topa oldingizmi?

Yechim algoritmi

Ushbu masalani yechishning eng maqbul va qulay usuli (albatta eng tezi emas) – jadval tuzib, unga yigitlar va sovg’alarning nomlarini yozish, shuningdek qizlar va sovg’alar ko’rsatilgan ikkinchi jadvalni chizish va oxirida topishmoqdagi sha’malarni to’plab, imkonsiz variantlarni chiqarishdan iborat.

Masalan: Kamila uzoq xizmat qiladigan narsalarni yoqtiradi. Bunda guldasta birinchi o’rinda o’chiriladi. Zarinaning sovg’asi iforli, Nilufar esa o’yinchoqlarni yomon ko’radi, demak ikkala qizda aniq ayiqcha emas. Nozima guldastalarni yoqtirmaydi, ularni ham o’qiramiz.

Endi yigitlarga o’tamiz. Mardon guldasta, Azamat esa tuvakda gul sotib olmagan. Said qizlarga na tuvakda gul va na atir sovg’a qilmagan. Jamshid aniq atir va ayiqcha olmagan.

Va nihoyat, uchinchi jadval: yigitlarning qay biri qaysi qizni tabriklagan? Bu yerda Jamshid Nozimani tabriklagani ko’rinib turibdi. U aniq guldasta olmagan, Jamshid esa ayiqcha yoki atir olmagan. Demak, Nozimaning sovg’asi – tuvakdagi gul.

Uchchala jadvalga qarab, Azamat Nilufarga atir, Said Zarinaga guldasta va Mardon Kamilaga ayiqcha sovg’a qilganini bilib olish qiyin emas.

Siz qanchalik tez javobni topdingiz? Aqlda yechdingizmi yoki jadval chizdingizmi?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!