• 23
  •  
  •  
  •  
  •  
    23
    Shares

Fitnes-markaz – nafaqat odamlar qomatlarini mukammal shaklga keltiradigan joy, balki o’ziga xos marketing xiylalariga ega haqiqiy biznesdir.

“El Mundo” nashrining muhbiri Marta Garsiya Ayer mashg’ulot zallarining hiylalari va ularni aylanib o’tish usullari haqida so’zlab berdi.

Jalb qilish “ostonadan” boshlanadi

Siz bunga e’tibor bermagandirsiz, ammo fitnes-markazning kirish xonasi mijozlar terlashi kerak bo’lgan joyni eslatadi. Ko’pincha bu yerda juda yumshoq kursilar, tinchlantiruvchi suratlar, hattoki biron yerda kamin yoki katta akvarium ham bo’lishi mumkin. Hammasi xaridorni maksimal darajada xotirjam qilish, orzu qilishga undash va shinam, tashvishlanishga asos bo’lmagan holatda unga eng qimmat abonementni topshirishga qaratilgan.

Maxsus taklif — yillik klub kartasi

Mashg’ulot zallaridagi yana bir ajoyib qoida  – bir oylik abonement uchun narxning ko’tarilishidir. Bir oylik mashg’ulotlarning shu darajada qimmat narxi oldida yillik abonement juda manfaatli taklif, ya’ni osmondan tushgan sovg’adek bo’lib ko’rinadi.

Aslida esa, aksariyat sport zallariga qatnovchilar “osmondan tushgan sovg’alarini” qimmat, ammo qisqa muddatl abonementni sotib olganlardan farqli o’laroq, keragicha ishlatmaydilar. Qimmatli abonementni olgan mijoz pulni havoga sovurish ehtimoli qanchalik kattaligini tushunadi, shuning uchun intilish darajasi yuqori bo’ladi. Ya’ni, u harajatlarini oqlaydi.

Mijoz qancha kam bo’lsa, shuncha yaxshi

Siz shinam foyda o’tirib, yillik abonementni sotib oldingiz, sog’lom turmush tarziga amal qilishga qat’iy qaror berdingiz, ishdan keyin bir necha marta zalda yaxshilab terladingiz… va vijdoningiz sal keyinroq (yillik abonementku, hali vaqt bor!) uyg’onishiga umid bog’lab, hammasini ashlab qo’ydingiz. Tabriklaymiz, siz fitnes-markazning namunali mijoziga aylandingiz. Sizga o’xshagan mijozlar yordamida vijdonsiz mashg’ulot zallari xizmat ko’rsatish darajasidan 10 barobarga ortiq odamlarni qabul qiladi.

 “Hammasi kiritilgan”

Guruhda shug’ullanish zali, 2ta basseyn, hammom, jakuzi, spa-hudud, tennis korti, bir necha turdagi mashg’ulot zallari – klub kartangiz jannatning o’zginasi! “Hammasi kiritilganu”, ammo murabbiy yo’q. Aniqrog’i bor, ammo u sizga huddi shifokorda bo’lgani kabi faqat bitta rasmiy tanishtiruv uchrashuvini o’tkazadi.

Eng qizig’i keyin boshlanadi: qolgan hammasi uchun qo’shimcha to’lash zarur. Tan oling, murabbiy maslahatlarisiz o’zingiz mukammal mushaklarga erisha olmaysiz. Ya’ni, yillik abonementga haq to’laganda faqat joy uchun to’laysiz.

Tashrif vaqti cheklangan abonement

Masalan, faqat dam olish kunlari, faqat tongda yoki kunduzi. Bunday abonement 20-30 foizga arzonroq bo’lib, o’ziga ertaroq turishni va ishdan oldin zalga borishga va’da qiladigan ishtiyoqmandlarni qiziqtiradi. Hayot esa ularga mana bu suratdagidek qaraydi:

Hammaga maslahat beradigan “mushaklar to’plami”

Ayrim klublarda quyidagicha ayyor sxema qo’llaniladi: kutilmaganda zalda o’ta mushakli, buning ustiga hayotiy tajribasi – unga Apollon tanasiga ega bo’lishi uchun yordam bergan tabletkalar sinovi bilan o’rtoqlashishni sevadigan yangi yigit paydo bo’ladi. Bundan tashqari, ajoyib tasodifga ko’ra, hozir ular uning sumkasida paydo bo’lib, pul evaziga berib yuborilishi mumkin. Bu odam doim ham tadbirkor bo’lavermaydi, u shunchaki klub rahbariyatiga ishlashi mumkin.

Bardagi hamma narsa ozdiradi

Klubning baridagi qandaydir mahsulotning ozdirishi borasida savol bermasangiz ham bo’ladi – albatta, deya va’da beradilar sizga. Afsuski, aslida bu mahsulotlarning birontasi ham sizga ortiqcha kilogrammlardan halos bo’lishga yordam bermaydi. Bu shunchaki jozibador nomlar va o’zini ishontirish holatidir.

Buning ustiga sahnaning oqilonaligi to’g’risida ham unutmaslik zarur: sizga protein 20ta butun tovuqning narxida sotilayotgan bo’lsa, buning qanchalik maqsadga muvofiqligi haqida o’ylab ko’rish darkor.

Murabbiy doim haqiqatni oshkor eta olmaydi

Afsuski, zamonaviy klublarning aksariyatida murabbiylarning maqsadi mijozlarni haqiqiy Apollon va Afroditalarga aylantirishdan tashqari, ularni sport zalida saqlab qolishdan ham iborat. Ko’pchilik murabbiylar yakka mashg’ulotlar zaruratini ta’kidlaydi, ayrimlari shunchaki yaxshi ko’rgan shogirdi bilan shug’ullanish uchun birgalikda mashq qilishni taklif qiladi, boshqalariga esa ma’muriyat mijozning keyingi bosqichga tayyorligini aytishni taqiqlaydi. Mukammal mushaklarga erishishni orzu qilgan sodda mijoz uchun qanday chora bor? Faqatgina murabbiyga ishonish. Shuning uchun asosiy maslahatimiz – yaxshi murabbiyni toping.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!