•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Do’kondagi mahsulotlar doim yaxshi sifatli bo’lavermaydi. Hattoki supermarketlar ham muddati o’tib ketgan mahsulotlardan yuragi uvushib voz kechadi, zero bu yo’qotilgan foydani anglatadi. Biroq, bu holat xaridorlarga ta’sir qilmasligi kerak.

E’tiboringizga ayrim sotuvchilarning aslida sezish oson bo’lgan ayrim xiylalarini taqdim etamiz. Faqat sifatli mahsulotlarni xarid qilish va salomat bo’ling!

1. Go’sht rastalarida pushtirang yoritish qo’llaniladi

Go’sht rastalari uchun mo’ljallangan diodli lampalar maxsus pushtirang yorug’likka ega. Bu rang go’sht mahsulotlariga yanada ishtahaochar va yangi ko’rinish beradi, go’sht yaxshiroq sotiladi.

Agar qaysidir go’sht bo’lagi sizga yoqib qolgan bo’lsa, uni xarid qilishdan avval tashqariga olib, sizga ko’rsatishlarini so’rang.

2. Go’shtga “tozalovchilar” bilan ishlov beriladi

Bunday qo’shimchalar (“freshlar”) go’sht rangini muvozanatga keltirib, aynish jarayonini to’xtatadi va ta’mni yaxshilaydi. Ular salomatlik uchun xavfli emas, ammo to’liq tabiiy va yangi go’sht olishni istasangiz, bir necha qoidaga amal qiling:

  • Go’shtni sinalgan sotuvchilardan oling va uning sifatini aniqlashni o’rganing. Yangi go’shtning kesilgan joyi ko’rinishidan zich, paypaslaganda tarang va “qurish qavati” hisobiga deyarli quruq bo’lishi kerak. Yangi go’sht shuningdek o’ziga xos tabiiy hidga ega bo’ladi. Hidi yo’q go’shtdan havotirlanish kerak.
  • Go’shtni sex oyna ortida joylashgan do’konlardan olgan ma’qul. Siz ishni va tozalikka rioya qilinishini kuzatishingiz mumkin.

3. Go’sht yoniga kontrast narsalar qo’yiladi

Go’sht sotuvchilari orasida keng tarqalgan yana bir hiyla – rastaga kontrast narsalarni qo’shishdir. Ularning yonida asosiy mahsulotning rangi yanada jozibali bo’lib ko’rinadi.

Odatda bunday qo’shimchalar sifatida sabzavotlar yoki ko’katlar xizmat qiladi. Bunday qo’shnichilik xaridorlarda mahsulotning yangiligi va tabiiyligi tasavvurini uyg’otadi.

4. Yangi mahsulotlar huddi shunday, ammo muddati o’tganlari bilan aralashtiriladi

Do’konda turli saqlash muddatiga ega mahsulotlar aralashtirilib, plastik xaltaga qadoqlanishi mumkin. Plyonka ostida hid sezilmaydi, muddat ko’rsatilgan qadoqni esa yangisiga alishtirish mumkin. Bunday xiylalar konfetlar, pechene, go’sht kesmalari, smetana, salat va boshqa o’lchanadigan mahsulotlarda o’tkaziladi.

Shuning uchun ishlab chiqaruvchi qadog’idagi mahsulotlarni sotib olishga harakat qiling.

5. Qiymaga yot aralashmalar qo’shiladi

Qiymaga maxsus kukun, konservantlar, nisbatan arzonroq go’sht qoldiqlari (yog’, o’pka) va muz aralashtirilishi mumkin. Qiymaning sifatini tekshirish qiyin, shuning uchun saqlash muddati tugayotgan go’sht qiymalanishi mumkin.

Qiymani o’zingiz ko’rsatgan go’shtdan qilib beradigan joylardan xarid qiling. Bunda go’sht qiymalagich toza yuvilganiga ishonch hosil qiling.

6. Pazandalikda saqlash muddati tugayotgan mahsulotlar qo’shiladi

Supermarketlardagi pazandalik bo’limlari, birinchi navbatda, xaridorlar qulayligi uchun emas, balki do’konni kamomaddan qutqarish uchun yaratilgan. Pitssa, salatlar va pishiriqlar tarkibiga saqlash muddati tugayotgan mahsulotlar qo’shiladi: sotilmagan gril tovug’i, qolib ketgan non va pechene uvoqlari va h.k. Mol va parranda go’shtidan, masalan shashlik uchun yarim tayyor mahsulotlar va h.k. hozirlanadi.

Ulardan zaharlanish dargumon, ammo ehtiyot bo’ling: agar olgan bo’lsangiz, bir necha kun muzlatgichda saqlamasdan, darhol iste’mol qiling.

7. Muzlatilgan mahsulotlar sovutilgan ko’rinishda sotiladi

Ko’pincha muzatilgan go’sht va baliq eritilib, sovutilgandek sotiladi. Agar mahsulotlar bir marta muzlatilgan bo’lib, qoidasi bo’yicha eritilgan bo’lsa, qo’rqinchli emas. Lekin ba’zida eritish xona haroratida amalga oshiriladi. Buning natijasida hosil bo’lgan suyuqlikda turli mikroorganizmlar ko’payadi, ustki qatlam esa buzila boshlagan bir paytda, ichida hamon muz bo’ladi.

Bunday mahsulotlarni faqat ortiqcha namlik yoki ustidagi qirov, go’shtda – taranglik yo’qligi (barmoq bilan bosganda u shaklini tiklamaydi), baliqda esa – shilimliqlik bildirib qo’yadi. Mahsulotlar yangiligini qanday aniqlashni bu yerda o’qing.

8. Saqlash muddati va qadoqlash sanasi yozilgan yorliqlar yangilariga o’zgartiriladi

Ba’zan do’konlarda mahsulotning saqlash muddatini o’zgartirish uchun yangi yorliqlar yopishtiriladi.

Agar 2-3 qavat yorliq yopishtirilgan bo’lsa, ehtiyot bo’ling – ehtimol, mahsulotning muddati o’tgandir. Yaxshisi saqlash muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan tovarlarni sotib oling. Shuningdek, stikerda qanday sana ko’rsatilganiga e’tibor berining – mahsulotni qadoqlash sanasi uning yangiligini anglatmaydi, bu saqlash muddati bilan belgilanadi.

Va so’nggi bir nechta umumiy maslahat:

  • Chekni unutmang. Biroq, chek bo’lmagan taqdirda ham sifatsiz mahsulotni qaytarishingiz mumkin. Isbot tariqasida video kuzatuv kamerasidagi yozuvlarni talab qiling.
  • Chekni kassadan uzoqlashmasdan tekshiring. U qancha uzun bo’lsa, xato hisoblashlari ehtimoli shuncha ortadi – ortiqcha pozitsiya uriladi yoki arzon mahsulot qimmat narxda ko’rsatiladi.
  • Qadoqlangan mahsulotlar uchun ortiqcha to’lamasdik uchun qayta o’lchang. Masalan, mevalar qurib qolishi mumkin, ammo yorliqdagi og’irlik avvalgidek qolaveradi.
  • Mahsulotga tegishli hujjatlarni so’rashdan uyalmang.
  • Mahsulotlarni sinalgan joylardan xarid qiling.
  • Sifatsiz xizmat ko’rsatish va mahsulotlar ustidan shikoyat qiling!

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!