•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Yangi Yil ancha sarf-harajatga boy bayram: O’zbekistonda har yili bayramona stol va qishki ta’til davridagi sovg’a-salomlarga salmoqli mablag’ sarflanadi. LifeHaq.uz Yangi yil sovg’alariga hamma pulni sarflamaslik yo’llarini o’rtoqlashadi.

1. Ro’yxat

Yangi Yil ro'yxati

Ro’yxat tuzish – har qanday xaridlarni amalga oshirish, jumladan Yangi yil sovg’alarini olishning asosiy qoidasidir. Yaqinlaringizga qanday sovg’alar olmoqchi ekanligingizni o’ylab ko’ring va ularning taxminiy narxini hisoblang. Ehtimol, sarflashingiz kerak bo’lgan summani ko’rgach, avvaliga ro’yxatni qisqartirishni, shuningdek nisbatan kamxarj sovg’alarni olishni ma’qul ko’rarsiz. Bundan tashqari, Sizga kerakli narsa do’konda topilmagan taqdirda, sovg’a o’rnini bosadigan buyum haqida o’ylab qo’yish ham halal bermaydi. Masalan, hamkasbingizga termokrujka o’rniga lanchboks sovg’a qilish mumkin. Ro’yxatga zarur tuzatishlarni kiriting va bayram xaridlarini amalga oshirishga borganda uni o’zingiz bilan olishni unutmang.

2. Yangi yil sarosimasigacha ulgurish

Yangi Yil sarosimasi

Sovg’alarni olishga qancha erta kiritishsangiz, nisbatan arzonroq narsani xarid qilish va navbatlarda qolib ketmaslik imkoniyati shuncha ko’proq bo’ladi. An’anaga aylangan Yangi yil sarosimasi 31 dekabrga bir hafta qolganida boshlanadi. Kerakli narsani izlash uchun vaqt ketkazgandan ko’ra haftaning ish kunlarida sovg’ani qidirishga vaqt ajratgan ma’qul.

Yangi Yil sarosimasi

3. Vaqt, bu – pul

yangi yil pul sarflash tejash

Pulni tejab qolish – ishning yarmi, Yangi yil arafasidagi ovogarchilikda qimmatbaho vaqtni tejash ham juda muhimdir. Bir kun davomida barcha rejalashtirilgan xaridlarni amalga oshirishga harakat qiling. Odatda bozorlarda deyarli barcha zarur narsalarni topish mumkin. Savdo markazlarida esa doim hamma narsa topilavermaydi.

4. Yil davomida xarid qiling!

Yil davomida harid qilish

Sovg’alar xaridi uchun alohida vaqt ajratish hamma odamlarda ham bo’lmaydi. Shu bois, Yangi yildan keyin sovg’alarni har qanday qulay do’kondan olib qo’ygan ma’qul. Masalan, biron-bir qiziqarli termokrujka yoki o’ziga xos oshxona jihozi yoqib qoldimi, uni sotib oling va chetga qo’ying. Asosiysi – sovg’a tez aynimaydigan bo’lsin.

5. Divandan turmasdan

Onlayn shopping divanda

Vaqt va pulni tejashning yana bir usuli – “internet-shoping” bo’lib, bugungi kunda internet-do’konlardagi mahsulotlar xilma-xilligi bozorlardagi taklifdan qolishmaydi. Shuningdek, ko’pincha tarmoqda sovg’a xarid qilish oddiy do’kondagiga nisbatan arzonroqqa tushadi.

Agar sovg’alarni internet orqali sotib olishni rejalashtirgan bo’lsangiz, bayramoldi kunlari onlayn-do’konlarga juda ko’p sonli buyurtmalar kelib tushishini hisobga oling. Natijada, yetkazib berish qiyinlashadi. Shu bois, o’zingizga kerak tovarni o’z vaqtida olish uchun iloji boricha oldinroq buyurtma berishga va uni do’kon omboridan shaxsan olib ketishga harakat qiling.

6. Yarmarkalar

Yangi yil yarmarkasi

Pishiriqlardan tortib qo’lda yasalgan sovg’alargacha bo’lgan har qanday did va hamyonga mos keladigan maxsus bayram yarmarkalarini ham e’tibordan chetda qoldirmang. Odatda, bunday bozorlardagi narxlar oddiy do’kondagi narxlardan pastroq bo’ladi.

7. Hamma gap o’ramda

o'ram yangi yil

Umumiy qiymati iPhone narxiga teng keladigan qimmatli sovg’alarni olish shart emas. Do’stlar yoki hamkasblarga mayda, yaxshi o’ylangan va foydali sovg’alarni xarid qilib, bir xiylani qo’llash, ya’ni sovg’ani rang-barang qog’ozga o’rash yoki shunchaki antiqa sovg’a xaltasiga solish mumkin. Ijtimoiy tadqiqotlarga ko’ra, odamlar ko’pincha aynan chiroyli qadoqqa aldanadilar.

8. Asosiysi – e’tibor!

e'tibor - Yangi Yil sovg'a berish

Agar barcha do’stlar va hamkasblarga sovg’a berish istagi bo’lsayu, hamyoningiz imkon bermasa, shunchaki tort pishirib, ishda hammaga ulashish mumkin. Shu tariqa, Siz yaqinlaringizga yoqimli sovg’a qilasiz va pullaringizni saqlab qolasiz.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!