•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Immunitetingizni yaxshi holatda saqlashni xohlasangiz, o’z odatlaringizni ko’rib chiqishingiz darkor.

1. Uyquga to’ymaslik

Uyqu vaqtida immun tizimining bakteriyalar va viruslarga qarshi kurashishni o’rgatishga mas’ul bo’lgan qismi faollashadi. Agar yetarlicha uxlamasangiz, immun tizimi samarali ishlay olmaydi. Yaxshi immunitetni saqlash uchun sutkasiga kamida 7-8 soat uxlash zarur.

2. O’tirib ishlaydigan turmush tarzi

Jismoniy faollik tanqisligi immunitetni zaiflashtiradi. Sport bilan kam shug’ullanadigan odamlar jismoniy faol odamlarga nisbatan o’rtacha 42 foizga ko’proq respirator kasalliklarga uchraydi. Har kuni hech bo’lmaganda bir nechta jismoniy mashq bajarishga harakat qiling.

3. Yolg’izlik

Ko’p vaqtni yolg’izlikda o’tkazganda noradrenalin miqdori oshadi. Bu gormon favqulodda vaziyatlarda jarohatlarning bitishiga yordam beradigan oq qon tanachalari hosil bo’lishi uchun javob beradi. Biroq, noradrenalin darajasi uzoq vaqt davomida me’yordan oshmasa, immun tizimining bir qismini bloklay boshlaydi va sizni yuqumli kasalliklarga ko’proq ta’sirchan qilib qo’yadi.

4. Doimiy stress

Uzoq vaqt davomida tushkunlik holatida qolsangiz, immun tizimingiz yomonroq ishlay boshlaydi. Masalan, stress holatidagi odamda shamollashga uchrash ehtimoli yuqori.

5. To’yingan yog’lar

Muntazam ravishda to’yingan yog’larni iste’mol qilish immun tizimini ortiqcha yuklaydi va yallig’lanishlar xavfini oshiradi. Zararli yog’larni nisbatan foydalilariga alishtiring. Masalan, yog‘sizroq go‘sht iste’mol qilishga harakat qiling.

6. Alkogol

Spirtli ichimliklarning muntazam iste’moli oq qon tanachalarining viruslar va infeksiyalarga qarshi kurashi samaradorligini pasaytiradi. Hattoki bir vaqtda ko’p miqdorda alkogolli ichimik ichish immunitetni sutka davomida zaiflashtiradi.

7. Yaqinlarning zaif imuniteti

Odamlar uzoq vaqt birga yashaganida, vaqt o’tishi bilan ularning immun tizimlari o’xshash bo’lib qoladi. Bu holat qisman umumiy odatlar bilan izohlanadi. Agar yaqinlaringizning immuniteti zaif bo’lsa, o’zingiznikiga ham e’tibor bering. Ehtimol, odatiy turmush tarzingizni o’zgartirish kerakdir.

8. Antibiotiklar

Antibiotiklar qabuli faqatgina so’nggi chora bo’lishi kerak. Ular immun tizimingiz va bakteriyalar o’rtasidagi har qanday o’zaro ta’sirni yo’qotadi. Shuning uchun antibiotiklar kasallikni tezroq yengishga yordam beradi, ammo tuzalgandan so’ng immun tizimingiz yanada zaifroq holatda bo’ladi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!