•  
  • 1
  •  
  •  
  •  
    1
    Share

Inson tanasi, bu – o’z qonuniyati va sirlariga ega yaxlit borliq bo’lib, ularning aksariyati bizga ma’lum emas.

Shu bois, biz insonning ko’pincha hech qanday ahamiyat berilmaydigan 8ta muhim qismi haqida aytib berishga qaror qildik.

Anatomik tamakidon

Qo’lning bosh barmog’ini tekis va biroz cho’zilgan holda tutsangiz, uning asosida uchburchak shakldagi chuqurcha paydo bo’ladi. Shifokorlar tananing bu qismini anatomik tamakidon deb nomlaydilar, chunki o’tmishda odamlar undan hidlanuvchi tamakini joylashtirish va iste’mol qilish uchun foydalanganlar.

Aynan shu joy orqali arteriya o’tadi va puls zaif bo’lganida ham uni sezish oson. Zero, bu joyda arteriya faqat teri va birlashtiruvchi qobiq bilan yopilgan.

Oyoqdagi bosh barmoq

Bu barmoq qayerda joylashgani hammamizga ma’lum, ammo aynan shu tana a’zosiga evolyutsiya eng muhim vazifani yuklagani haqida o’ylamaymiz.

Biz oyoqdagi bosh barmoqning o’ziga xos tuzilishi tufayli uzoq vaqt mobaynida tik turgan holatda muvozanatni saqlay olamiz. Bu esa insonni boshqa sut emizuvchilardan ajratib turuvchi muhim qobiliyatlardan biri.

Glabella

Ehtimol, qoshlar orasidagi kichik tana qismi ham qandaydir nomlanishi haqida o’ylab ko’rmagandirsiz.

Aslida glabella tananing o’ta muhim qismidir. Aynan uning yordamida biz hozirning o’zidayoq reflekslarimiz holatini bemalol tekshirib ko’rishimiz mumkin. Shunchaki qoshlar orasidagi joyga barmog’ingiz bilan bir necha marta urib ko’ring. Agar reflekslaringiz joyida bo’lsa, ko’zlarda biroz bosim va kiprik qoqish istagini sezasiz.

Tilcha

Tilimiz ostidagimazkur kichkina pardali burma muhim vazifani bajaradi: u tilni og’iz bo’shlig’ida bir maromda ushlab turadi va bu organni kamroq harakatlantiradi.

Bu, o’z navbatida, glossoptozning (tilni bexosdan yutib yuborish va bo’g’ilish) oldini olishga yordam beradi. Bu holat tananing barcha organlarini nazorat qilishni hali o’rganmagan chaqaloqlar uchun juda muhim.

Tragus va antitragus

Quloq chig’anog’ida joylashgan ushbu kichkina bo’rtmalarning nomi lotincha tragos – “echki” so’zidan kelib chiqqan.

Tragus bizga orqadan kelayotgan tovushlarni eshitish, ularni kuchaytirish va ovoz manbaini aniqlashga yordam beradi. Antitragus esa huddi shu vazifani oldindan keladigan tovushlarga nisbatan bajaradi.

Bodomsimon bezlar

Bolalikda aksariyatimiz bodomsimon bezlarni olib tashlash bo’yicha odatiy jarrohlik amaliyotidan o’tganmiz. Shuning uchun ko’pchilikda bodomsimon bezlar tananing muhim bo’lmagan a’zosi, huddi appendiksga o’xshagan rudiment degan fikr uyg’onishi mumkin. Biroq bunday emas.

Bodomsimon bezlardan ajralib chiqadigan limfotsitlar organizmimizga tushadigan bakteriyalar va viruslardan himoyalovchi dastlabki to’siq hisoblanadi. Bodomsimon bezlar yallig’langani tufayli olib tashlansa, odam tanasida boshqa himoya mexanizmlar qoladi. Lekin bezlar bilan baribir xavfsizroq.

Tirnoq kutikulasi

Hayotida bir marta bo’lsa ham manikyur qilgan har qanday odam “kutikula” so’zini eshitgan. Bu tirnoq va barmoq orasidagi chegarada joylashgan qalin teri qavati. Ko’pincha odamlar qo’llarini chiroyli qilish istagida kutikulani kesib tashlaydilar va katta xavfga yo’l qo’yadilar.

Gap shundaki, kutikula haqiqatdan ham muhim vazifaga ega. U qo’llarimizni zamonaviy shaharlarda juda ko’p bo’lgan zararli bakteriyalar va mikroblar tushishidan asraydi. Agar kesilgan kutikuladan qolgan mikrojarohat orqali bakteriya organizmga tushsa, oddiy qo’l yuvish bilan qutula olmaysiz.

Burun ostidagi o’yiq

Aksariyat mutaxassislarning fikricha, burun ostidagi o’yiq milloddan avvalgi davrlarda rivojlangan bo’lib, hid bilish qobiliyatini kuchaytirish vazifasini bajargan. Hozirda kuchli hid bilish biz uchun zarur emas, ammo o’yiq ajdodlarimizdan xotira bo’lib qolgan.

Bundan tashqari, ushbu tana qismining shakliga qarab bolaning embrion rivojlanish davrida kasallikni aniqlash mumkin. Ba’zan o’yiqning noto’g’ri shakli, masalan, autizmdan darak berishi mumkin.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!