•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Yer yuzida hayoti davomida biron marta ham yolg’on gapirmagan odamni topish qiyin bo’lsa kerak. Biz har kuni yolg’onga duch kelamiz, ammo farzandimiz yolg’onchi ekanligini bilganda aqlimiz shoshib qoladi.

Bolalar haqiqatni aytmasligining hamda bunga ota-ona qanday ta’sir qilishining bir nechta sababi mavjud.

Bola oqibatlardan xabardor

Ko’pincha bola haqiqat uchun jazolanishi mumkinligini bilgani uchun yolg’on gapira boshlaydi. Rostgo’ylikni rag’batlantiring (masalan, jazoni yengillashtiring yoki suhbatga aylantiring), shunda bola haqiqatdan qo’rqishni bas qiladi.

Bola hafa qilishni istamaydi

Bolalar bizni yaxshi ko’radilar, shu bois hafa qilishni istamaydilar. Agar uning haqiqatiga nisbatan munosabatingiz sal ijobiyroq bo’lsa, bolakay tez orada ota-onasini haqiqat bilan ranjitishdan qo’rquvini unutadi.

U aldamaydi, tasavvur qiladi

Ba’zan bola istaganini haqiqat o’rnida ko’rishi mumkin: o’zining fantastik sarguzashtlari haqida so’zlashi yoki hayoliy ukasi borligiga atrofdagilarni ishontirishi. Bunday yolg’onga jiddiy e’tibor bermang, chunki odatda bu kabi “ertaklar” bola katta bo’lishi bilan yo’qoladi.

Aldaydi, chunki eslolmaydi

Ba’zida bolalar yolg’on gapirib, o’zlari ham unga ishonadilar. Bu holat qayerdadir sho’xlik qilganini unutishi mumkin bo’lgan kichkintoylarga tegishli.

Bu yolg’on sizni havotirga solmasin. Bola bilan birga sabrli bo’lib, voqealar suratini tiklashga hamda uning qilmishiga nisbatan munosabatingizni tushuntirishga harakat qiling.

Xushmuomalalik yuzasidan aldaydi

Ayrim hollatda bolalar to’g’ri bo’ladi degan fikrda aldaydilar: masalan, buvilari to’qigan paypoq uchun hursandligiga ishontirganida (aslida esa boshqa sovg’ani kutgan bo’ladi).

Bunday yolg’onni yo’qotish yoki qoldirish sizga bog’liq. Oxir-oqibat, hammamiz ko’pincha shunday qilamiz.

Javobni o’zimiz dasturlashtiramiz

Ko’pincha bolaga faqat bitta javob variantini nazarda tutadigan savolni beramiz. Masalan, u mayus qiyofa bilan sovib qolgan pyureni kavlab o’tirganida, undan “Mazalimi?” deb so’raymiz.

Bunday vaziyatlarda bolani yolg’on gapirishga undamaslik uchun muammoning yechimiga o’ting: “Pyure mazaliroq bo’lishi uchun nima qo’shib beray?”

Bola rollar almashuvidan qo’rqadi

Bolakay sho’xlik qilganini aytishdan qo’rqadi, chunki yomon ishlar faqat salbiy qahramonlar (huddi ertakdagidek) tomonidan qilinishiga ishonadi. Demak, tan olgan zahoti u ham siz uchun yovuz odamga aylanadi.

Unga yaxshi odamlar ham ba’zan adashishini tushuntiring. Biroq ularni yomon odamlardan o’z qilmishlari uchun javob bera olishlari ajratib turadi.

O’zimiz aldaymiz

Bola hamma narsada ota-onasiga taqlid qiladi. Shuning uchun yolg’on aytish odatga aylangan muhitda yashagan bola, suhbat chog’ida yolg’onni aralashtirishni o’rganadi.

Bu muammoning yechimi bir vaqtning o’zida ham oddiy, ham murakkab: o’zingiz rostgo’y bo’lishingiz kerak.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!