•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Xonadonni yig’ishtirish jarayonida tashqaridan iflos ko’rinmaydigan narsalarni tozalash borasida hech o’ylanganmisiz? Zero, xonadondagi ma’lum joylarni muntazam e’tiborsiz qoldirish orqali zararli mikroorganizmlarning yashashi, ko’payishi va har kuni salomatligimizga salbiy ta’sir ko’rsatishiga imkon yaratamiz.

Quyida sizni yig’ishtirish chog’ida ko’pincha unutiladigan joylar hamda yig’ishtirish natijasini sezilarli ravishda kamaytiradigan hatti-harakatlar ro’yxati bilan tanishtiramiz.

1. Kir yuvish mashinasini tozalamaymiz

Iflos kir yuvish mashinasidan kelib chiqadigan asosiy xavf kiyimga bakteriyalar va zamburug’ poralarining tarqalishidir. Bu sog’lom odamlar uchun ham xavfli bo’lib, allergiya yoki astmadan aziyat chekadiganlarda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Iflos zarralar barabanda, kir yuvish kukuni solinadigan va chayish bo’lmalarida qoladi. Mutaxassislar 2 haftada bir marta maxsus tozalash vositasi yoki limon kislotasini qo’shgan holda, bo’sh kir yuvish mashinasini maksimal yuqori harorat bilan ishga tushirish orqali profilaktik tozalashni tavsiya qiladilar.

2. Yumaloq simcho’tkani yopiq idishda saqlaymiz

Unitaz uchun mo’ljallangan simcho’tka uydagi eng iflos buyumlardan biri. Uni foydalanishdan avval quritib, vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya qilish orqali bakteriyalar miqdorini ancha kamaytirish mumkin. Germetik yopiqlik mikroblarning tarqalishi uchun ajoyib muhit bo’lib, ular simcho’tkadan foydalanish vaqtida butun hojatxona bo’ylab yoyiladi.

Simcho’tka uchun tozalashlar orasida uni quruq saqlab turadigan maxsus ushlagichni sotib olish yoki foydalanilganidan so’ng uni 10 daqiqaga yuqoridagi suratda ko’rsatilganidek joylashtirish mumkin.

3. Rakovinalarni kamdan-kam dezinfeksiyalaymiz

Ko’pincha rakovinani yuvganda suv tushadigan joyni unutamiz va faqatgina yoqimsiz hid paydo bo’lganida unga e’tibor qaratamiz. Tor teshikni yuvish qiyin, ovqat parchalari va iflosliklar shu yerda turib qoladi – bakteriyalar ko’payib, kuchli suv oqimi bilan yana rakovinaga qaytadi. Eng yaxshi profilaktika – tunga oqish teshigiga bir qoshiq soda sepib, biroz sirka quyish, tongda esa qaynoq suv bilan teshikni yuvdirishdir.

Bunday tozalash ayniqsa go’sht, baliqni maydalash, ko’p miqdorda sabzavotlarni yuvishdan so’ng samaralidir.

4. Tish cho’tkalari stakani – uydagi eng iflos buyumlardan biri

Dahshatli fakt: tish cho’tkasi organizm uchun xavfli 100 milliondan ortiq bakteriyalarning ko’payishi manbaiga aylanishi mumkin. Bunday ko’payishning tabiiy sabablaridan (ovqat qoldiqlaridan tozalash) tashqari, cho’tkaga bakteriyalar rakovina teshigidan yoki unitazdan uchib keladi (agar hojatxona qo’shilgan bo’lsa). Suv oqizilganida katta suv oqimi atrofdagi 2 metrga bakteriyalarni tarqatadi. Ular sistit rivojlanishi, yo’g’on ichak faoliyatining buzilishi, disbakteriozga sabab bo’lishi mumkin.

Cho’tkalarning zararli ta’sirini kamaytirish uchun ularni bevosita rakovina yonida emas, balki yuqoriroqdagi javonda saqlang. Cho’tkalar ustini qalpoqcha bilan yopish yomon variant: bakteriyalar yopiq muhitda tezroq tarqaladilar. Lekin, ularni yopiladigan shkafga qo’yish imkoni bo’lsa, shunday qiling.

Cho’tkalar turadigan stakanni tez-tez yuving. Cho’tkalarning o’zini dezinfeksiyalash usullaridan biri – ularni 30 soniya davomida og’izni chayish vositasida yoki bir necha daqiqa qaynagan issiq suvda tutib turishdir.

5. Yig’ishtirishda sovuq suvdan foydalanamiz

Agar yig’ishtirish vaqtida xona haroratidagi yoki sovuq suvdan foydalansangiz, tozalovchi vositalarning samarasi kamroq bo’ladi. Eng mukammal harorat – xona haroratidan 10 darajaga yoki qo’llar uchun qulay issiq suvdir.

Natijada ishqorli tozalash vositalarining ta’siri ikki barobarga ortadi va ko’proq bakteriyalar hamda zamburug’lar yo’qoladi.

6. Idish yuvish mashinasini noto’g’ri to’ldiramiz va foydalanishdan keyin quritmaymiz

Idish yuvish mashinasini ataylab tez-tez tozalash shart emas, zero uning kundalik ishi ma’lum darajadagi dezinfeksiya hisoblanadi. Biroq mashinani har kuni quritish zarur, aks holda tezda zamburug’ tarqalishi mumkin. Undagi muhim joylar – kamera, eshik, zichlashtiruvchilar va qo’pol tozalash filtri.

Idish yuvish borasida ham o’ziga xos jihat mavjud. Ma’lum bo’lishicha, idish yuvish mashinasida likopchalarni joylashtirish ham ahamiyat kasb etar ekan. Mutaxassislarning qayd etishicha,

uglevodli taom (kartoshka, guruch, makaron) qoldiqlari bor likopchalarni mashinaning markaziga, oqsil (go’sht, pishloq, tuxum) yuqi bor idishlarni esa chetlariga qo’yish kerak ekan. Shu tariqa ular yaxshiroq yuviladi.

7. Vannaxonadagi parda va dush nasadkasini unutamiz

Biz vannaxonadagi pardani kamdan-kam tozalaymiz, chunki ko’pchilikning fikricha, har kuni unga tushadigan sovun ko’piklari tozalashni yaxshi uddalaydi. Biroq, siz adashasiz. Aynan parda hamda vanna va devor o’rtasidagi tutash joylarda tezda ko’zga ko’rinmaydigan zamburug’ hosil bo’ladi. Profilaktika maqsadida polietilen pardani vinil yoki matodan ishlanganiga o’zgartirish hamda bir oyda bir marta ularni kir yuvish mashinasida yuvish yoki biroz tuz solingan aralashmada yoki limon kislotasida ivitish kerak. Xammomdan foydalangandan so’ng pardani quritib arting.

Vanna va devor o’rtasidagi tutash joylar uchun zamburug’ hosil bo’lishiga yo’l bermaydigan (u ko’proq shiftga yaqin joyda paydo bo’ladi) samarali tozalash vositasidan foydalaning: avval soda bilan artib, sirka sepamiz.

Dush nasadkasi ham har kuni suv bilan yuvdirilishiga qaramay, zararli bakteriyalar bir kechadayoq, dushdan hech kim foydalanmaganida to’planib oladi. Natijada burun-tomoq kasalliklari, angina, otitga sabab bo’ladigan qora zamburug’, stafilokokk paydo bo’lishi mumkin. Shu bois, dush qabul qilishdan avval issiq suvni yoqib, bir daqiqa davomida oqizish kerak. Dush nasadkasini haftada bir marotaba soda yoki sirka aralashmasida tozalash zarur.

8. Dudburonlarni tozalamaymiz

Dudburon bakteriyalar borasida ancha xavfli joy sanaladi, chunki u tashqi ventilyatsiya oqimi bilan bog’langan. Unga esa kemiruvchilar va qushlarning axlatlari kirib qolishi mumkin.

Har ikki haftada bir marta ventilyatsiya teshigini tozalang. Buning uchun panjarani yechib, yuvish, sirka yoki tozalash vositasi bilan ishlov berib, quritib artish kerak. Ventilyatsiya teshigining o’zini changyutgich bilan changdan tozalab, so’ngra artish va ishlov berish zarur. Tortuvchi ventilyatorning o’rnatilishi mikroorganizmlardan samarali qutulishga yordam beradi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!