•  
  •  
  •  
  •  
  •  

1. Jeff Bezos: “Kunning qolgan qismi”, Kadzuo Isiguro

Amazon internet-kompaniyasi asosichisining aytishicha, u ilmiy-ommabop adabiyotga nisbatan romanlardan ko’proq bilimga ega bo’lar ekan. Tadbirkorning sevimli asarlari ro’yxatini urushdan keyingi Angliya to’g’risida bayon qiluvchi “Kunning qolgan qismi” kitobi boshlab beradi.

“Mening sevimli kitoblarimdan biri bo’lgan “Kunning qolgan qismi”ni o’qigandan so’ng uzoq vaqt taassurot ostida bo’lasiz. Men yana 10 soat davomida go’yoki dunyodan uzilgan holatda qolganman. Kitob menga hayot va afsuslanish haqida ko’p narsa so’zlab berdi”, – deya o’rtoqlashadi o’z hislari bilan Bezos.

2. Sheril Sendberg: “Vaqt sinig’i”, Madlen L’Engl

Sheril Sendberg “COO Facebook”dagi intervyularidan birida bolaligida o’zini ushbu fantastik asarning juda g’alati qahramoni o’rnida tasavvur qilganini aytgan.

“Men Meg Murriga aylanishni istardim, – deydi dunyodagi eng nufuzli ayollardan biri. – Menga uning tizim adolatsizligiga qarshi kurashda boshqalar bilan hamkorli qilishi hamda oilasini ko’p sonli qiyinchiliklardan asrashga uringani yoqardi”.

3. Satya Nadella: “Moslashuvchan ong”, Kerol Duek

Microsoft kompaniyasi boshqaruvchi direktorining ta’kidlashicha, bu kitob uning dunyoqarashini butkul o’zgartirgan.

“Unda gap belgilangan fikrlash va o’sish fikrlashi haqida boradi. O’sish fikrlashiga ega odamlar doim yangi narsani o’rganishga tayyor. Bu kitobni o’qigach, miyamida qanday jarayonlar yuz berayotgani, kompaniyamizga ta’lim madaniyati xosligi va xodimlarimiz qanchalik qiziquvchan ekanligi borasida fikrlay boshladim”, – deya taassurotlarini izohlaydi Satya Nadella.

4. Jon Chembers: “Geklberri Finnning sarguzashtlari”, Mark Tven

Cisco Systems korporatsiyasi sobiq direktorining aytishicha, Mark Tvenning mashhur asari yoshligida unga disleksiyani yengishga yordam bergan.

“Aynan shu kitob mendagi jiddiy muammolardan birini yutug’imga aylantirishga yordam bergan”, – deydi Chembers.

5. Jeff Veyner: “Baxtli bo’lish san’ati. Hayot uchun qo’llanma”, Dalay-lama XIV

LinkedIn rahbarining ta’kidlashicha, Dalay-lamaning diniy ruhdagi asari unga haqiqiy hamdardlik hissini o’rgatgan.

“Bu men erishishga urinayotgan narsa, – deydi intervyularning birida Veyner. – Men “urinyapman” deyapman, chunki bu oson emas”.

6. Uorren Baffet: “Oqil investor”, Benjamin Grem

Mashhur investor mutolaani yaxshi ko’radi, biroq 1949 yilda chop etilgan mazkur kitob uning ro’yxatida alohida o’rin tutadi.

“Oqil investor” mablag’ tikishning foyda keltiradigan tizimini yaratishni o’rgatadi. Baffetning aytishicha, bu asarni tasodifan kitob do’konlaridan birida ko’rib qolgan va u eng yaxshi kitobga aylangan.

7. Mark Benioff: “Jang san’ati”, Sun-szi

Salesforce korporatsiyasining boshqaruvchi direktori Mark Benioff Sun-szining harbiy asarini ish faoliyati uchun eng foydali kitob deya qayd etadi.

U hattoki 2008 yildagi nashr uchun sharh ham yozgan:

“Ko’p yillar avval birinchi marta “Jang san’ati”ni o’qiganimdan buyon hayotimning ko’plab sohalarida mazkur kitobda yozilgan tamoyillarni qo’lladim. U menga ancha tajribali odamlar bilan birga sanoatda ishlash hamda ularni yengish yo’llarini ko’rsatgan. Uning yordamida Salesforce kompaniyasi dasturiy ta’minot sohasida yutuqqa erishdi”.

8. Kerol Barts: Nensi Dryu to’g’risidagi kitoblar seriyasi, Kerolayn Kin

“Menga Nensi Dryu haqidagi barcha hikoyalar yoqardi, – deydi amerikalik tadbirkor va Yahoo kompaniyasining sobiq boshqaruvchisi. – Bu qahramon aqlli va hamma narsani nazorat ostida ushlab tura oladi. Uning hayoti ajoyib. Bundan tashqari, uning sport mashinasi bor”.

9. Stiv Jobs: “Yogning tarjimai xoli”, Paramaxansa Yogananda

Jobs 1974 yilda ruhiy ozuqa izlab, Hindistonga safar qilgan. Dzen-buddaviylik falsafasi Stiv Jobsning ham hayoti, ham ixtirolariga katta ta’sir ko’rsatgan.

2011 yilda Jobsning o’zi rejalashtirgan dafn marosimida uning do’stlari va qarindoshlariga “Yogning tarjima xoli” kitobining nusxalari tarqatilgan. Kitob G’arbda meditatsiya amaliyotini targ’ib qilgan hind gurusi tomonidan yozilgan. Jobs o’limidan so’ng marosimga kelgan barchaga aynan shu kitob mazmunini yetkazishni xohlagan.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!