
LifeHaq.uz taomni tayyorlashda yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish va uni saqlab qolish sirlarini oshkor qiladi.
Tuz ko‘p solib yuborilgan sho‘rva

© depositphotos© depositohotos© depositphotos
Agar sho‘rvani sho‘r qilib yuborgan bo‘lsangiz, yodda tuting: har qanday holatda ham suv qo‘shmang, bu vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.
Buni to‘g‘rilash yo‘li juda oson:
- tuz qo‘shilmagan qaynatma sho‘rva qo‘shib, qaytadan qaynatish,
- agar retseptga to‘g‘ri kelsa, sabzavot, guruch yoki makaron qo‘shish.
Murch ko‘p qo‘shib yuborilgan taom

© depositphotos© depositphotos© depositphotos© depositphotos
O‘ta achchiq taomni bir necha usul yordamida saqlab qolish mumkin:
- achchiqlikni neytrallashtirish uchun shakardan foydalanish;
- masalliq sifatida sut mahsulotini qo‘shish (agar bu muayyan taom tarkibidagi masalliqqa to‘g‘ri kelsa)
- sirka yoki limon sharbatidan foydalanish.
O‘ta qovurib yuborilgan jigar

© depositphotos© depositphotos
Agar tayyor bo‘lgan jigar quruq bo‘lsa, unga smetana qaylasini quyib, 15-20 daqiqa davomida qaynash holatigacha yetkazish.
Suyuq pyure

© depositphotos© depositphotos© depositphotos
Suyuq kartoshka pyuresini saqlab qolish mumkin:
- sut yoki tovuq sho‘rvasiga aralashtirilgan kartoshka kraxmalini qo‘shish orqali;
- tag olishdan himoyalangan kastryulkada ortiqcha suyuqlikni past olovda bug‘lash orqali.
Quyuqali manniy bo‘tqasi

© depositphotos© depositphotos
Bo‘tqani quyuqalardan xalos etish uchun uni durshlagdan o‘tkazish kifoya.
Yopishib qolgan pirog

© depositphotos© depositphotos© depositphotos
Ko‘p hollarda pirog shakl beruvchining tagiga yopishib qoladi. Kulinar san’at asaringizga zarar yetkazmasdan ajratib olish uchun:
- shakl beruvchining tubi tegib turadigan qilib iliq suvga solish;
- yoki uni muzdek sochiqqa o‘rash.
Suyuq krem-sho‘rva

© depositphotos© depositphotos© depositphotos
To‘g‘ri tayyorlangan krem-sho‘rva yetarli darajada quyuq bo‘lishi lozim, agar u biroz suyuq bo‘lsa, vaziyatni quyidagicha o‘zgartirish mumkin:
- qaynatilgan guruch yoki blenderda maydalangan dukkakliklarni qo‘shish.
Isitilgan bo‘tqa

© depositphotos© depositphotos© depositphotos
Ba’zi hollarda bo‘tqa tayyorlanish vaqtida u tagiga oladi va kuygan ta’m zarar yetmagan qismidan ham kelib turadi. Kuygan bo‘tqa mazali bo‘lishi uchun mana bu usul qo‘l keladi:
- zarar yetmagan qismni boshqa kastryulkaga solib, unga iliq sut, biroz tuz qo‘shib, tayyor bo‘lguniga qadar qaynating.
O‘ta suyuq qayla

© depositphotos© depositphotos© depositphotos
Agar qaylangiz juda ko‘p yoki juda suyuq bo‘lsa, ortiqchasini to‘kib tashlashga shoshilmang. Vaziyatni to‘g‘rilash u qadar murakkab emas:
- karxmalni suvda eritib, qaylaga qo‘shish mumkin,
- yoki ortiqcha suvni parlantirish uchun, suv solingan tunuka tovaga qaylani idishi bilan qo‘yish.
Qo‘shimcha ma’lumot: eng mazali tuxum tayyorlash

Har bir odam tuxumni turli xil pishirilganini yaxshi ko‘rishiga qaramay, uni yanada mazaliroq tayyorlash uchun bir necha oddiy qoidalar mavjud:
- tuxum xona haroratida bo‘lishi kerak,
- bitta tuxumdan tayyorlansa, u mazaliroq chiqadi,
- past olovda qovurish kerak,
- chetlari tillarang va qasir-qusir bo‘lish uchun tuxumni oldindan tuz sepilgan tovaga chaqish lozim.