
Bu maslahatlar suhbatdoshingizni yaxshiroq tushunishda va hattoki uning qarorlariga ta’sir ko’rsatishda yordam beradi.
- Kulayotgan odamlar orasida har kim beixtiyor yaqinidagi odamga yoki o’ziga yoqadigan odamga qaraydi.

- Agar suhbatdoshingizning oyoq uchlari sizdan boshqa tomonga qaratilgan bo’lsa, u suhbatni tezroq yakunlashni istaydi.

- Birinchi uchrashuvni maroqli o’tkazgan afzal, chunki tanlagan yoringiz sizni aynan shu hissiyot bilan uyg’unlikda tasavvur qiladi

- Suhbatdoshingiz ko’z rangini eslab qolishga harakat qiling. Davomiy ko’z aloqasi uning sizga bo’lgan munosabatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

- Agar o’zingizga ishongan holda harakat qilsangiz, odamlar ortingizdan ergashishadi va sizga yordam berishadi.

- Avvalroq katta iltifotni rad etgan odamlar ayni damda kamroq yordamni ham qabul qilishga moyil bo’ladilar.

- Bir odam bilan uchrashuvdan hursand bo’lsangiz, keyingi safar shu odam sizni yanada ko’proq mamnuniyat bilan kutib oladi. Aytgancha, itlar doim bizga shunday muomala qiladilar.

- Sizni suhbatdan o’tkazayotgan odamni eski do’stingizdek tasavvur qiling. Shunda vaziyatni nazoratga olib, hayajonlanishdan qutulasiz.

- Agar suhbatdosh savolingizga qisman javob berayotgan bo’lsa, ko’z aloqasi va sukutni saqlab turing. U javobi yetarli bo’lmaganini tushunadi va gapirishda davom etadi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!