•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Bizning dunyoda milliarderlarning soni sayyoramiz aholisining kichik ulushini tashkil qiladi. Ularning ayrimlari bunday muvaffaqiyatga o’z kuchi bilan erishgan, kimgadir ota-onasi ko’maklashgan, yana birlari esa kerakli vaqtda kerakli joyda bo’lgan. Lekin ularning hammasini birlashtirib turuvchi xususiyatlar mavjud.

Boy odamlarga mislsiz cho’qqiga chiqishga hamda u yerda qolishga yordam bergan ayrim jihatlarni ko’rib chiqsak.

1. Ota-onaning ko’magi

Mark Zukerberg (Facebook asoschisi)
  • Barchaga ma’lum milliarder Mark Sukerbergning (Facebook) ota-onasi farzandlarini o’ziga yoqmagan zerikarli dasrlarda o’tirishga majburlamagan. Tish shifokori bo’lib ishlagan ota bolaning kompyuterlarga bo’lgan qobiliyatini sezib, o’z klinikasi uchun xabarlar almashuvi dasturini yaratishni taklif qilgan. Dastur odamlarga tibbiyot muassasasi va uyda kompyuter orqali muloqot qilish imkonini bergan. Bu dastur ZuckNet deb nomlangan.
  • Larri Peyjning (Google) ota-onasi ham huddi shu yo’lni tutib, farzandiga doim kompyuterlarni bo’laklarga bo’lish va yig’ishga, shu bilan birga musiqadan ilhom olishga ruxsat bergan.
  • Jeff Bezosning (Amazon) ota-onasi esa uning dastlabki investorlari bo’lib, unga ishonch bildirgan va nafaqa jamg’armasidagi $ 300 mingni uning ishiga tikkan.

2. Ta’lim – yutuq garovi emas

Chapda: Amansio Ortega (Zara) – O‘ngda: Bill Geyts (Microsoft)
  • Mashhur Zara kiyim brendining asoschisi Amansio Ortega nochor oilada dunyoga kelgani bois hattoki o’rta maktabni ham tamomlay olmagan. U 13 yoshida ko’ylaklar do’konida yugurdak bo’lib ishlashga majbur bo’lgan. 14 yoshida esa bolakaydan yaxshi dizayner chiqmasligi ta’kidlagan ispaniyalik modelerning shogirdi bo’lgan.
  • Uorren Baffet (Berkshire – investitsiya kompaniyasi) bakalavr va magistr darajasini olgan bo’lishiga qaramay, buni faqat ota-onasi uchun qilganini ta’kidlaydi.
  • Oliy ta’lim hayotimizda muhim o’rin tutadi va Bill Geyts (Microsoft –Windows operatsion tizimi) misoli buni tasdiqlaydi. U IT olamini zabt etgan mashhur milliarderga aylanib bo’lgan davrda, ya’ni oliygohga kirganidan 34 yil o’tgach diplomga ega bo’lgan.

3. Tashqi qiyofa

Chapdan o‘ngga: Richard Brenson (Virgin), Sergey Brin (Google), Mark Sukerberg (Facebook).

Shaxsiy jamg’armasi $15 mlrd.dan ortiq bo’lgan shaxslar soddalik va qulaylikni tanlaydilar. Bu holat tongda kiyim tanlash uchun ketadigan vaqtni tejashdan tashqari, yana bir asosga ega: ular shu yo’l bilan o’z ishida muntazam to’qnash keladigan qaror qabul qilish muammosiga yechim topadilar. Psixologlarning ta’kidlashicha, pastel ranglardagi kiyimlar o’zini erkin his etish va murakkab vaziyatda to’g’ri tanlov qilishga yordam beradi.

4. Oila

Chapdan o’ngga: Melinda va Bill Geyts (Google), Ingrid va Uorren Baffett (Berkshire), Bernar Arno va Elen Merse (Louis Vuitton).

Odatda, eng boy erkaklarning yonida albatta ayoli bo’ladi. Ular turmush o’rtoqlarining dastlabki yutug’igacha ularning yonida bo’lib, erlari faqat birgina g’alati g’oya hamda oyiga hamyonida atigi ikki yuz dollar bo’lgan vaqtda ularni qo’llaganlar.

  • Bill Geyts faqatgina poshnasiz poyabzal kiyishi bilan uni rom etgan go’zalning qalbini 20 yildan ko’proq vaqt avval egallagan.
  • Ingrid Baffet o’z “shahzodasi”ni uchratishdan avval oddiy ofitsiant bo’lib ishlagan. Biroq, o’z jozibasi tufayli milliarderning yuragini zabt etgan. Ularning baxtli turmushiga 30 yildan oshgan.
  • Alibaba Group asoschisi Jek Maning turmush o’rtog’i universitet davridanoq bo’lajak milliarderning ko’magi va ilhomi bo’lgan. U oyiga $ 1 mln. kamligini ochiqchasiga aytgan. 25 yildan oshibdiki u turmush o’rtog’iga bo’lgan ishonchini yo’qotmagan.
  • Bernar Arno sevimli rafiqasiga 28 yil avval taslim bo’lgan va shundan buyon ular biron marta ham ajralmaganlar. Aytishlaricha, u Arnoni musiqiy iste’dodi bilan zabt etgan: tadbirkorning bo’lajak rafiqasi pianinochi bo’lgan. Rafiqasi unga 3 nafar o’g’il hadya qilgan.

5. Xobbi

Djek Ma (Alibaba Group – Aliexpress)

Ular qachonlardir qiziqqan xobbilar hayotlarining ishiga aylanib, yaxshigina daromad keltiradi. Psixologlarning fikricha, sevimli mashg’ulot tushkunlik va stressga qarshi ajoyib vositadir. Bundan tashqari, boy odamlar futbolga qiziqadilar va klublarni sotib oladilar, qo’ng’izlarni yig’adilar, ammo ko’p vaqtini hayriya ishlari sarflaydilar.

  • Jek Ma Xitoyning qishloq hududlarida ta’limni rivojlantirish jamg’armasini tuzgan.
  • Kompyuterlar ishlab chiqariluvchi Dell kompaniyasining rahbari Maykl Dell rafiqasi bilan birga nochorlikda yashovchi bolalar muammolari bilan shug’ullanadi.
  • Google asoschilaridan biri Larri Peyj Ebola bezgagiga qarshi kurashuvchi jamg’armada ishlaydi.

6. Omadsizlikalr

Uolt Disney (Walt Disney asoschisi)

Ularning har biri orzuidagi milliardga erishishdan avval muvaffaqiyatlar va omadsizliklarga uchragan.

  • 5127ta qopsiz changyutgichlar prototipi va 15 yillik tinimsiz mehnat: ixtirochi Jeyms Dayson (Dyson – changyutgichlarni ishlab chiqarish bo’yicha jahon yetakchisi) erishgan yutuqlari uchun shunday to’lov qilgan. Bu vaqtda rafiqasi uni har tomonlama qo’llab-quvvatlab, bolalarga tarbiya bergan hamda xususiy rasm chizish darslaridan pul topgan.
  • Stiv Jobs (Apple) hech kimga ma’lum bo’lmagan Apple 3, Macintosh Portable versiyalari, Lisa kompyuteri, QuickTak kamerasi va boshqa ko’p moslamalarni qayta-qayta sinovdan o’tkazgan. U 10dan ortiq yirik omadsizlikka uchragan, ammo baribir, hattoki, o’limidan so’ng ham rivojlanib borayotgan mukammalikni yaratishga erishgan.
  • Uolt Disney (Walt Disney) o’zining eng mashhur qahramoni Osvaldga bo’lgan huquqini qo’ldan boy bergan, 2 yildan so’ng bankrotga aylangan kompaniyaga asos solgan. U batamom chorasiz qolib, Gollivudga ketayotgan chog’ida baribir animatsiya asri boshlanishining yangi qahramonini o’ylab topgan va hammamiz uni Mikki-Maus nomi bilan taniymiz.

7. Farzandlar

Bill Geyts (Microsoft) oilasi bilan

Har bir boy ota-ona o’z farzandi uchun eng yaxshisini izlaydi. Xususan, bolalikdan begonaning mehnatiga va puliga nisbatan hurmat hissi bilan tarbiyalaydi.

  • Bill Geyts farzandlariga mobil telefondan foydalanishni taqiqlagan va internetdagi vaqtlarini cheklagan.
  • Uorren Baffet doim farzandlarining yangi tashabbuslarini rag’batlantirgan va oilasi bilan odatiy turmush tarzini kechirgan. Bolalar otalari milliarder ekanligini gazetalar tufayli bilib qolganlar.

8. Jamiyat manfaati uchun ishlaydilar

Ilon Mask (Tesla asoschisi)
  • Ilon Mask (Tesla, SpaceX) doim fazo haqida orzu qilgan va uning jamoasi tufayli fanda rivojlanish uchun ko’proq imkoniyat yaratilgan. Masalan, Falcon-9, Dragon SpaceX va Falcon Heavy orbitaga yirik hajmdagi yo’ldoshlar va tadqiqotlar uchun zarur boshqa qurilmalarni yetkazib bera oladigan fazoviy yuk tashuvchilar sifatida ishlab chiqilgan.
  • Mark Sukerberg shunchaki do’stlari bilan muloqot qiladigan tarmoqni yaratishni istagan, ammo buni keng ko’lamda amalga oshirgan. Hozirda har oy 2 mlrd. odam shu tarmoqda muloqot qilib, hayotlaridagi lahzalarni o’rtoqlashadilar va do’stlarining tug’ilgan kunlarini unutmaydilar.

Milliarderlar orzulariga erishgach, jamiyat muammolaridan chetda turmaydilar va qo’llaridan kelganicha taraqqiyotni qo’llab-quvvatlashga urinadilar.

9. Jamoada ishlashga ishonadilar

Google asoschilari

Dunyoning eng boy odamlari yordamchilar jamoasisiz bunday darajaga erisha olmagan bo’lardilar. Biroq har bir milliarder xodimlarni o’z bilganicha boshqarishni afzal ko’radi.

  • Google global qidiruv tizimining ixtirochilari va asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin o’z ishchilariga har tomonlama g’amxo’rlik qiladilar. Xususan, ular barcha xodimlarini ish vaqtining 20 foizini shaxsiy manfaatga oid loyihalarga bag’ishlashga undaydilar. Shu bois ortiqcha nazoratsiz jamoadagi ish mehnat madaniyatining asosiga aylangan.
  • Virgin Group konglomeratining asoschisi Richard Brensonning fikricha, baribir birinchi o’rinda xodimga, ikkinchi o’rinda – mijozga, uchinchi o’rinda esa – aksiyadorga nisbatan g’amxo’rlik bo’lishi kerak. Zamonaviy texnologiyalar davrida esa ishchilar ofisda haftasiga 40 soatdan ortiq vaqt o’tkazishi shart emas: biznesmenning ta’kidlashicha, shu yo’l bilan ular baxtliroq va unumliroq bo’ladilar.

Siz uchun qaysi maslahat foydali ko’rindi? Qaysi tavsiyani bugunoq hayotingizga tatbiq etishga tayyorsiz?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!