•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Samolyotda uyquga keta oladigan odamlarni haqiqiy baxtlilar qatoriga qo’shish mumkin. Aksariyatimiz uchun notanishlar orasida noqulay holatda o’tirib, hattoki pinakka ketish ham juda qiyin masala.

Biz tajribali sayohatchilarning maslahatlarini o’rganib chiqib, parvoz vaqtida dam olish va yerga tetik holatda tushish haqida so’zlab berishga qaror qildik.

Tun – parvoz uchun eng yaxshi vaqt

Sizning odatiy uyqu vaqtingizga mos keladigan parvoz vaqtini tanlashingiz kerak. Bortda tezroq uyquga ketish uchun reys arafasidagi tunda odatdagidan 2-3 soatga ertaroq turing.

Seshanba va chorshanba – eng yaxshi kunlar

Samolyotda odamlar kamroq va bo’sh o’rinlar ko’proq bo’lishi istasangiz, ommabop bo’lmagan kunlarni tanlang. Odatda bular – seshanba va chorshanba. Juma va har qanday bayramoldi kunlari parvozlarda odam ko’p bo’ladi.

Deraza oldi – eng yaxshi joy

Ro’yxatdan o’tish chog’ida imkon qadar deraza yonidan joy olishga harakat qiling. Shunda boshingizni devorga suyashingiz mumkin bo’ladi, qo’shningiz esa hojatga chiqishda sizni bezovta qilmaydi.

To’siq yonidagi joylarni olmang. Bu yerda oyoqlar uchun katta joy bo’ladi, ammo ko’pincha bunday o’rinlar go’dagi bor oilalar uchun ajratiladi. Hojatxonalar yonidagi joylar ham to’g’ri kelmaydi.

O’rindiq qiyaligi – maksimal darajada

Yaxshi dam olishni istaysizmi? O’rindiq suyanchig’ini maksimal darajada qiyalating, faqat orqangizdagi odamdan ruxsat so’rang. O’rindiqda 90° burchak ostida ko’p soat davomida o’tirish belda og’riqlarni paydo qilishi mumkin. Stolga yoki oldindagi o’rindiq suyanchig’iga boshni qo’yib yotish bo’yin va umurtqa uchun zararli.

Kiyim – issiq va qulay

Bortda miriqib uxlashning garovi – harakatlarni cheklamaydigan, erkin kiyimdir. Agar aviakompaniya adyol bermasa, o’zingiz bilan kurtka va issiq paypoq oling. Parvoz vaqtida samolyotda salqin havo bo’ladi. Aynan shu narsa ko’pincha uxlashga halaqit qiladi.

Xavfsizlik kamari – kiyim ustidan

Kiyim yoki adyol ustidan taqilgan xavfsizlik kamari uyquni qulay qilishi dargumon. Lekin uxlashning uddasidan chiqa olsangizu, bu vaqtda samolyot turbulentlik zonasiga tushib qolsa, styuardessaning sizni uyg’otishiga sabab bo’lmaydi.

Uyqu uchun akssesuarlar

Samolyotdagi yorug’lik va shovqin uxlashga ko’proq halaqit qiladi. Bunda uyqu uchun akssesuarlar – ko’zlar uchun niqob va quloq tiqinlari yoki shovqinni bostiradigan quloqchinlardan foydalaning.

Bosh va bo’yinni qulay joylashtirish uchun yo’lga maxsus yostiq oling. Agar u bo’lmasa, buklangan sharf yoki sviterdan foydalanish mumkin.

Gadjetlarni chetga olib qo’ying

Telefon, planshet yoki noutbukda filmlar tomosha qilmang. Gadjetlarning ekranidan tushadigan yorug’lik miyani uxlatmaydi. Buning o’rniga oddiy kitob o’qing. Asosiysi, u zerikarli va uyquni keltiradigan bo’lsin. Shuningdek, pleyerga yozib olingan tinchlantiruvchi tovushlarni (qushlar sayrashi yoki yomg’ir ovozi) tinglash mumkin.

Ichimliklar va yegulik

Samolyotda uxlashni istasangiz ortiqcha ovqat yemang. Yegulik yenglik va foydali bo’lishi kerak. Ichimliklardan choy (o’tlardan bo’lgani ma’qul) yoki oddiy suvni tanlang. Bortda qahva yoki alkogolni yaxshisi unuting. Alkogol tinchlantiruvchi xususiyatiga qaramay, uyqu sifatini ancha pasaytiradi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!