•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ba’zan hayotda nafaqat qandaydir yumushlarni bajarish, balki shunchaki o’rindan turishga ham kuch qolmaydigan davrlar bo’ladi. Hamma narsa aksincha tus olib, muammolarni hal qilishning iloji bo’lmaydi. Bunday holat quvvatingiz zahirasi qolmaganidan darak beradi.

Sizni ruhiy zo’riqishga sabab bo’ladigan 9ta asosiy odat bilan tanishtiramiz va buning oldini olishga oid maslahatlarni taqdim qilamiz.

9. O’zingizga e’tibor bermay qo’ygansiz

Bu holat ruhiy charchoqning manbai va alomatidir. O’zingizga e’tibor bermay quvvatingizni yo’qotasiz, quvvat bo’lmaganida esa o’zingizga e’tibor bermaysiz: bu boshi berk ko’cha. Unutmang, tana parvarishi har bir inson hayotining muhim qismidir.

8. Har bir ikir-chikirda mukammalikni izlaysiz

Yarimta narsalarga toqatsizlik hayot falsafasiga zid keladi. Biz odamlarmiz, biz mukammal emasmiz va atrofimizdagi olam ham mukammal bo’la olmaydi. Olam qanday bo’lsa, shunday qolishiga qo’yib bering va bu juda ko’p quvvatni saqlab qoladi.

7. O’zingizga yashash qoidalarini o’ylab topasiz va ularga qat’iy rioya qilasiz

O’zingizni “hech qachon …. qilmayman” yoki “har tongda … qilaman” kabi qat’iy qoidalar bilan cheklash orqali doimiy aybdorlik hissi va tashvishlanish girdobida qolasiz. O’zingizni erkin qo’ying. Ro’yxatlardan voz keching va qog’ozdagi yozuvlar emas, balki sog’lom ongga tayangan holda qarorlar qabul qiling.

6. Hamma narsa uchun javobgarlikni his qilasiz

Bu – kimningdir, masalan boshliq, ota-ona, turmush o’rtog’ining nazarida “yaxshi odam bo’lish” istagi. Bunday holat doimiy stress hamda ba’zan bajarib bo’lmaydigan vazifalar manbaidir. Ustuvorliklarni to’g’ri belgilashni, vazifani topshirishni, “yo’q” deyishni o’rganing.

5. Ovqatga nisbatan nosog’lom munosabat

Bunda har qanday chegaradan chiqish nafaqat organizm (bu – birinchi navbatda), ammo asab tizimi uchun ham xavfli. Nazoratsiz ortiqcha yeyish bilan bir qatorda muntazam vaqtida ovqatlanmaslik ham quvvat zahiralarini yo’qotib, komplekslarga, vijdon azoblanishiga va to’laqonli emaslik hissiga sabab bo’ladi.

4. Barchaga yordam bera olmaslik hissidan azoblanasiz

Dunyoda barchaga yordam berish imkonsiz. Agar o’zingizni bo’laklarga bo’lib, hammaga yordam qo’lini cho’zishga urinsangiz ham dunyo baribir to’ymaydi. Bu olam uchun qo’lingizdan keladigan eng katta yaxshilik – baxtli bo’lishdir. Notanishlarga yordam berish, hayriya bilan shug’ullanish, do’stlarga ruhiy dalda bo’lish sizga hech qanday zarar keltirmasligi kerak.

3. O’zingizga past baho berasiz

O’zini ayblash mislsiz quvvatni yemiradi va hech qanday natija bermaydi. Bunda sovuq hisob-kitob va tashqaridan nazar yordam beradi. Agar qaysidir masala sizga chindan tinchlik bermasa, muammoni tizimlashtirib, hal qilish zarur. Agar muammo siz mutlaqo o’zgartira olmaydigan holat bilan bog’liq bo’lsa, uni muammolar sirasidan chiqarib, shunchaki borligicha qabul qilish kerak.

2. Doim hayolingiz parishon

Tasavvurning haqiqiy hayotga doimiy ravishda muvofiq kelmasligi ko’p kuch talab qiladi. Quvvatni faqat haqiqiy hayotda emas, balki tasavvurdagi olamda ham sarflashga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, bu ikki olamni qaysidir ma’noda muvofiqlashtirishga ham kuch ketadi. Buning o’rniga orzular olamidan chiqib, ikki borliq o’rtasida murosaga kelgan ma’qul.

1. O’zingizni hursand qilmaysiz

Hayotda baxtli va mutanosib yashash uchun o’zingizga kichkina yoqimli odatlarni o’ylab topishingiz va o’zingizni sevishingiz zarur. Zero, butun umr davomida yoningizda bo’ladigan yagona odam o’zingizdir.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!