•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Biz teledasturlar va filmlar, kitoblar va Instagram orqali boshqa davlatlar to’g’risida ko’proq bilishga urinamiz, ammo faqatgina uzoq vaqt yashash mamlakatni haqiqatdan tushunish imkonini beradi. Bu ta’kid ayniqsa Yaponiyaga taalluqli: chamasi bu davlat doim bizni hayratga soladi.

Ushbu ajoyib mamlakatga oid global va mayda kuzatishlarni siz bilan o’rtoqlashamiz.

1. Yapon ayollari butun yuzini ko’pincha, qo’llarini esa doim qiradilar

Yaponiyada qo’llardagi tuklarni qirish odatga aylangan. Qo’ldagi tuklar o’ta odobdan tashqari holat sanaladi va bu mamlakatga ko’chib kelganlarning shu odatga o’rganishiga to’g’ri keladi. Bundan tashqari, aksariyat qizlar yuzini, jumladan yanoqlari va peshonasini to’liq qiradilar. Ayrimlar buni bir oyda bir marta amalga oshirsa, ba’zilar mahalliy do’konlarda sotiladigan maxsus ustaralar bilan har kuni uyda qiradilar.

Butun tana epilyatsiyasi (bosh, qoshlar va kipriklardan tashqari) juda talabgordir. Bahorda bunday xizmatlarni taqdim etuvchi salonlar turli chegirmalar taklif qilib, o’zlarini faol reklama qila boshlaydi.

2. Uysizlar kartondan bejirim uylar va hattoki butun kulbalarni yasaydilar

Turar-joylar narxi qimmat bo’lgani uchun aksariyat yaponiyaliklarda xonadon ijaraga olish imkoni yo’q. Shuning uchun Kunchiqar mamlakatda ko’chada yashovchilar bor. Ularning ko’pchiligi karton qutilardan o’zlariga uy yasaydi. Ayrimlar yuqoridagi suratda ko’rsatilganidek kulbalarga ega bo’lishi mumkin.

3. Dunyodagi eng qat’iy xonadon ijarasi qoidalari

Ijaraga beruvchilar xonadonda yashashi mumkin bo’lgan odamlar soni bo’yicha aniq qoidalarni belgilaydilar. Agar xonadon faqat bir kishi uchun mo’ljallangan bo’lsa, unda hattoki turmush o’rtog’i bilan ham yashash mumkin emas – barchasi juda jiddiy. Ayrim hollarda xonadonlar faqat qizlarga ijaraga beriladi. Talabalar shaharchalari va ijodiy ixtisoslikka oid universitetlar yaqinidagi xonadonlarda musiqa bilan shug’ullanishga ruxsat beriladi. Shuningdek, uy egalari ko’pincha chet elliklarga, hattoki ularning ishi bo’lib, Yaponiyada bir necha yashagan bo’lsa ham, ijaraga berishni istamaydilar.

Xonadon egalari kamdan-kam uy hayvoni tutishga ruxsat beradilar. Ruxsat bergan taqdirda ham, ko’pincha jonivor uchun har oy qo’shimcha pul to’lashga to’g’ri keladi. Bu yerda hayvonlar ham arzon emas: mops iti uchun qariyb $ 1 000 to’lash kerak.

4. Yaponiyada ko’chishga buyurtma berish mumkin

Ko’chish uchun narsalarni yig’ib, tashib beradigan maxsus xizmat chaqiriladi. Avvaliga kompaniya qo’shnilar bilan suhbatlashib, bo’lajak noqulayliklar, shovqin, yarim ko’chani to’sib qo’yadigan yuk mashinasi uchun kechirim so’raydi. Uzr tariqasida bir quti konfet yoki sochiqchalar taqdim qilinishi mumkin.

Yuk tashuvchilardan oldin baholovchi keladi va yirik mebel, texnika va nozik buyumlar ro’yxatini tuzadi, tashiladigan buyumlarning umumiy hajmini baholaydi. Istaklarga qarab kompaniya eski texnikani utilizatsiyalaydi, shuningdek o’zi sotadi va ko’chish kuni o’rnatib beradi. Mebelni olib chiqishdan avval devorlar himoya mati bilan qoplanadi.

Har bir idish qog’ozga o’raladi, ammo kiyimlar hattoki ilgichlardan ham olinmaydi va trempellar shtangasi bilan birga maxsus qutiga joylanadi. Barcha poyabzal bo’lmalik tashiladigan qutilarga taxlanadi. Shuningdek, texnika, idish-tovoq, kiyimlar uchun ham maxsus qutilar mavjud. Ishchilar buyumlarni taxminan avvalgi tartibda javonlarga qo’yish uchun nima va qayerda turgani yuzasidan reja tuzadilar.

5. Mamlakatda ishchilarni dam olishga majburlovchi qonun joriy etilgan

Aksariyat yaponiyaliklar faqat yakshanba kunlari dam oladilar, ortiqcha ish vaqtiga esa qo’shimcha haq to’lanmaydi. Agar ma’lum bir kompaniyada maosh ortiqcha ish soatlarisiz hisoblangan bo’lsa, bunday firmalarda bemalol o’z vaqtida ketish va uyda ishlamaslik mumkin. Yangi ishchilarga bir yilda to’lanadigan atigi 10 kunga yaqin (bunga kasallik varaqasi ham kiradi) ta’til ajratiladi. Mehnat staji qancha ko’p bo’lsa, ta’til ham shuncha uzoqroq bo’ladi, ammo yillar davomida ta’til atigi 1-2 kunga cho’ziladi.

Ishchilar ko’pincha me’yordan ortiq ishlagani va kamdan-kam ta’tilga ketgani tufayli mamlakat aholisini ko’proq dam olishga majburlaydigan qonun joriy etilgan. Endilikda kompaniya 10 kun majburiy ta’tilning 5 kunida mutlaqo ishlamaslikka majbur (ishchilar hech bo’lmaganda shu kunlarda dam olishlari uchun). Bu kunlar yilning turli davrida olinishi mumkin. Shuningdek, barchaga bir oyda 45 soatdan ortiq ishlash taqiqlangan (aks holda kompaniya jarimaga tortiladi). Endilikda soat 22:00dan keyin va 5:00gacha mehnat qilish mumkin emas, aks holda ishchilar yiliga kompaniya tomonidan to’lanadigan 2ta (1taning o’rniga) majburiy tibbiy ko’rikdan o’tishi kerak bo’ladi.

6. Yaponiya qat’iy rioya qilinadigan ko’plab mayda qoidalar makoni

Masalan, ishga, hattoki deyarli bo’sh bo’lsa ham, katta sumka tutgan ma’qul, aks holda yuzaki bo’lib ko’rinasan (bu erkaklarga ham taalluqli). Uyda poyabzalda yurish qat’iy taqiqlangan – u hattoki yangi bo’lib, yaqinda olgan poyabzalni kiyim ko’rishni istagan bo’lsangiz ham. Aytishlaricha, uy ichida faqatgina marhumlar poyabzalda bo’lishi mumkin, zero bu marosimga bog’liq. Huddi shu sababga ko’ra taom uchun mo’ljallangan tayoqchalarni guruchga va boshqa yeguliklarga tiqish ma’n etilgan, chunki tayoqchalar tiqilgan ovqat odatda marhumlarning surati yoniga qo’yiladi.

7. Ko’chalarda chiqindi idishlari yo’q, lekin baribir o’ta toza

Turli chiqindilar o’zining belgilangan kunida olib ketiladi. Masalan, yegulik chiqindilari – haftasiga faqat 2 marta. Buning uchun ko’chada ma’lum joylar ajratiladi va yelim xaltalar maxsus to’r ostiga qo’yiladi.

Ko’chalarda chiqindi solinadigan idishlar deyarli mavjud emas. Chiqindilar olib ketilishi uchun pul to’langani tufayli, hamma uyida tashlashi kerak. Shuning uchun aksraiyat yaponlar shirinlik qog’ozi kabi mayda narsalarni ham yig’ib, o’zlari bilan olib yuradilar. Ayrim bolalar bog’chalarida onalar kun davomida farzandlari uchun ishlatilgan barcha iflos pamperslarni ham olishadi.

8. Yuz niqoblari faqatgina shamollashdan himoya vositasi emas

Bugungi kunda niqoblar kattaroq ahamiyat kasb etadi: birinchi navbatda, bu moda yo’nalishidir, chunki mushuklar, sevimli anime-qahramonlarning qiyofalari ko’rinishidagi modellar sotiladi. Ba’zida qizlar ko’chaga chiqishdan avval bo’yanishni istamagan / ulgurmagan bo’lsa, niqob bilan yuzlarini to’sadilar. Ayrimlar ularni atrofdagi olamdan yakkalanish uchun deyarli yechmaydilar: ular go’yoki boshqalarga suhbatlashish istagi yo’qligini xabar qiladilar.

9. Hovlilarda joy yetishmasligi sabab ikki qavatli to’xtash joylari o’rnatiladi

Pastki qavat yer ostida joylashgan bo’ladi, mashinani faqatgina egasida turadigan kalitli maxsus pult yordamida ko’tarish mumkin. Pastki qavatda suvni haydash uchun maxsus drenaj bo’lib, ushbu mini-garajdan mashinani olib qochish deyarli imkonsiz. Yagona salbiy tomoni – mashina hajmi bo’yicha ko’p qavatli to’xtash joyiga mos bo’lishi kerak.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!