•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Avtomobilni boshqarish qiyin emas. Lekin mahoratingizni oshirish uchun biroz harakat qilsangiz, har qanday “tulporning” ruli oldida o’zingizni qanchalik qulay seza boshlaganingizga hayratlanasiz.

E’tiboringizga safarni xavfsizroq va quvnoqroq qiladigan 9ta qoidani taqdim etamiz.

9. Kontravariya holatida haydash kursida o’qing

Bugun istagan odam mahoratini oshirish uchun qo’shimcha ta’lim olishi mumkin. Kontravariya holatida haydash kurslariga nafaqat boshlayotgan, balki ancha tajribali haydovchilar ham boradi. Zero, o’zi va yo’l harakatining boshqa ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash istagidan uyalmaslik kerak. Beshikdan to qadrgacha ilm izla. Bu kurslar ayniqsa Rossiyada keng tarqalgan.

8. Tormozni chap oyoq bilan bosing

Chap oyoq bilan tormozni bosish – doimiy amaliy mashg’ulotlarni talab etadigan murakkab texnika. Undan asosan avtopoygachilar foydalanadi, ammo bunday ko’nikma favqulodda vaziyatda qo’l kelishi mumkin. Ushbu texnika yordamida siz tezda burilishni o’rganasiz, chunki dvigatel kerakli aylanishlarni boshqaradi, mashina esa bu holatda tezlikni va boshqaruvni saqlab qoladi.

7. Oqim tezligida harakatlaning

Bu qoidani avtomaktabda o’tkazilgan nazariy darslarda hamma eshitgan. Biroq, unga yo’l harakatining barcha ishtirokchilari amal qilmaydi. Oqim tezligiga nisbatan ko’proq yoki kamroq tezlikda harakatlanish xavfli va avariya vaziyati yuz berishiga sabab bo’lishi mumkin. Zich oqimda tezlikni tanlashning hal qiluvchi ahamiyatini harakat intensivligi belgilab beradi.

6. Rulda qo’llarni to’g’ri holatda tuting

Mashina haydash bo’yicha murabbiylar ko’p yillar davomida rulda qo’llarni soatning 10:00 va 14:00 holatida tutishni maslahat qiladilar. Lekin so’nggi yillarda murabbiylar qo’llarni 9:00 va 15:00 yoki 8:00 va 16:00 soat millari holatida tutishni tavsiya qiladilar. Bu holat harakatlanishda ko’proq nazorat imkonini beradi, shuningdek qo’llaringiz bu holatlarning birida uzoq safarlar chog’ida kamroq charchaydi.

5. Burilishni nazorat qiling

Burilish chog’ida tezlikni oshirish tufayli mashina oldinga sirpalganida old g’ildiraklar bilan yo’l o’rtasida tortishish yo’qoladi. Yon tomonga aylanib sirpalishda ham orqa g’ildiraklar bilan deyarli shunday holat yuz beradi. Me’yordagi tezlikda harakatlanish aksariyat sirpalishlarning oldini olish imkonini beradi.

Muhim: har qanday sirpalish chog’ida hech qachon gaz yoki tormoz pedalini keskin tashlamang.

4. Mashinani santimetrgacha aniqlikda to’xtating

Mashinani parallel ravishda to’xtatish texnikasini mukammal o’rganib olsangiz, tirband to’xtash joylaridan qo’rqmaysiz. Bundan tashqari, orqaga yurishda o’zingio’ga ishonch ortadi. To’xtash joyi datchiklari (parktroniklar) yaxshi yordamchi vazifasini o’taydi. Ular nafaqat orqada, balki oldinda ham foydali.

3. Aylanib burilish uchun qo’l tormozidan foydalaning

Bunday texnika, huddi chap oyoq bilan tormoz bosish texnikasi singari, katta tajribani talab qiladi. U faqat favqulodda vaziyatda yoki qish mavsumida manevrli va tezkor burilishlar uchun zarur. Shinalar muddatidan avval eskirmasligi uchun bunday harakatni quruq asfaltda bajarmagan ma’qul.

2. “Tovon-oyoq uchi” usulini qo’llang

Bu usulning mohiyati bir vaqtning o’zida oyoq uchi bilan tormozni bosish hamda tovon yordamida qayta gaz oldirish orqali uzatishni pasaytirishdan iborat. Bu uzatishlarni alishtirishga sarflanadigan vaqtni qisqartirib, orqa g’ildiraklar yukdan bo’shab qolishining oldini oladi hamda burilishga kirishdan avval uzatishlarni tez va ohista pasaytirish imkonini beradi.

1. Ko’rinmaydigan hududlarni qamrab olish uchun oynalarni to’g’ri o’rnating

Agar avtomobilning yon oynalarida bortlarning katta qismi aks etayotgan bo’lsa, demak aks ettiruvchi yuzalarning foydali maydonini 100 foiz ishlatmaysiz. Orqani ko’rsatuvchi oynalarni maqbul tarzda o’rnatish uchun bir nechta oddiy holatlarni eslab qoling:

  • Haydovchi oynasi unda faqat avtomobil orqasining to’rtdan bir qismi (orqa qanot qismi) ko’rinib turadigan holatda sozlanishi kerak.
  • Haydovchi va yo’lovchi tomondagi yon oynalarda faqat orqaning to’rtdan bir qismi aks etishi kerak.
  • Markaziy oynada orqadagi oyna aniq o’rtada aks etishi kerak.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!