•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Sharf, dush uchun gel, chinni ot yoki surat kabi sovg’ani tanlash va olishga oid oddiy maslahatlar joningizga tegdimi?

LifeHaq.uz jamoasi hamkorlarimiz Kidsit™ va Lollipop™ bilan birgalikda hayotingizni yengillashtirishga qaror qildik va yaqinlaringizni quvontirish uchun bir qancha noodatiy yechimlarni topdik. Ushbu jamlanmada barchaning didiga mos tushadigan sovg’ani topasiz va eng ahamiyatlisi – tanlagan sovg’angizga Toshkentda buyurtma berishingiz mumkin! Biz barcha sovg’alarni o’z qo’llarimiz bilan, qalbimizning bir bo’lagini berib yaratamiz 😊

Demak, boshladik:

1. Suratlar aks ettirilgan archa sharlari.

Ushbu o’ta nozik va yurakka yaqin sovg’a juda yaqin insonlar bilan bir qatorda jamoalar uchun ham to’g’ri keladi. Sharlar bayramona ruhda bezatilgan qutilarga joylanadi hamda mandarinlar, archa g’uddalari va novdalari, shuningdek Yangi yil bayramiga xos bezaklar bilan to’ldiriladi. Bir tomondan, Sizning suratingiz, boshqa tomondan esa – yana bir surat yoki firma logotipi bo’lishi mumkin. Sovg’aning narxi 99 ming so’mdan boshlanadi, ammo buyurtmangiz soni qancha ko’p bo’lsa, shuncha jozibali chegirmalar mavjud!

2ta shar99 000 so’m
6ta shar249 000 so’m
9ta shar399 000 so’m
12ta shar559 000 so’m

Suratlaringizni Telegram orqali jo’nating va bir necha ichida o’ziga xos tarzda bezatilgan, chiroyli o’ramga ega tayyor sovg’aga ega bo’ling.

2. Homiladorlar uchun yostiqlar

Barcha ayollar kichkintoy dunyoga kelganidan so’ng uyqu uchun yostiqdan foydalanishda davom etadilar, ammo bu har doim ham qulay emas. Biz homiladorlar uchun mo’ljallangan maxsus yostiqni yaratdik: bu bo’lajak onaga qulay orom olish uchun taqdim etishingiz mumkin bo’lgan eng yaxshi sovg’a. Muhimi, ushbu yostiq keraksiz buyumga aylanib qolmaydi, chunki undan ham homiladorlik davrida, ham undan keyin foydalanish mumkin. Bundan tashqari, maxsus allergiya chaqirmaydigan to’ldiruvchi material noqulaylik yuzaga keltirmaydi, qulay yechiladigan yostiqjildlar esa hech qanday muammosiz yostiqni kir yuvish mashinasida yuvish imkonini beradi.

Ajoyib ranglardan iborat tanlov taklif etiladi – har qanday did va xohishga mos keladigan 20ga yaqin ko’rinish.

Quyida ko’rsatilgan kanallarga kiring va o’z tanlovingizni amalga oshiring.

Narxlar 199 ming so’mdan boshlanadi

3. Kidsit™dan bola emizish uchun yostiq

Yaqinda ona bo’lgan yoki ushbu hayajonli voqeaga tayyorlanayotgan ayollar uchun ajoyib sovg’a 😊, chunki ushbu tuhfa bolani emizish va u bilan vaqt o’tkazishga yanada qulay va yoqimliroq tus beradi. Siz 6 oygacha bolani yostiqda emizishingiz mumkin, 6 oydan so’ng esa bola birovning yordamisiz yostiqda o’zi yotishi mumkin.

Quyida ko’rsatilgan kanallarga kiring va chiroyli, yoqimtoy printli 20ga yaqin rangdagi yostiqlardan birini tanlang. Qulay yechiladigan yostiqjildni kir yuvish mashinasida yuvish mumkin.

Narxlar 199 ming so’mdan boshlanadi

4. Yangi yil fotosessiyasiga sertifikat

O’zbekistonda qor kam yog’adi, ammo bu holat shimol muhitiga g’arq bo’lishga hech ham halaqit bera olmaydi! Sevgan kishilaringizga butun umr yodda qoladigan va birgalikda o’tkazgan vaqtdan iliq xotiralarni eslatadigan ertakni sovg’a qiling. Bizning mahoratli suratchimiz o’zining sevimli ishi bilan shug’ullanish bilan bir qatorda, Sizning barcha istaklaringiz ro’yobga chiqishi uchun parvona bo’ladi. Ushbu havolada qiziqarli holatlar jamlanmasini tomosha qiling va qaysi oila mazkur antiqa sovg’ani olganini yoki sovg’a qilganini bilib oling

Sertifikatning boshlang’ich narxi: 499 ming so’mdan

5. Qo’lda yasalgan noyob o’yinchoqlar

Biz, ya’ni LifeHaq.uz jamoasi, odatda kelgusi yilning ramzlaridan iborat suvenirlarni sovg’a qilMASlikni maslahat beramiz, chunki bir necha yildan so’ng ular hech kimning yodida qolmaydi va sovg’angiz chang to’plovchiga aylanib qoladi. LEKIN! Agar ushbu suvenir qo’lda yasalgan, liboslari, akssesuarlari bilan birga sizning shaxsiy buyurtmangiz asosida tayyorlangan bo’lsa, uni bemalol hadya etishingiz mumkin. Zero, yaqin insoningizning didi va xohishlarini siz yaxshi bilasiz va bu yerda o’zingizga keragini topishingiz mumkin. Buyurtmachilarning istaklaridan kelib chiqib, narxlar 99 ming so’mdan boshlanadi

6. Qishki iliqlik

Deraza ortida qish hukmron, demak – eng yaqin va sevimli insonlar uchun issiq va yoqimli sovg’a haqida o’ylashning ayni vaqti. Buyurtma asosida o’ziga xos dizaynda to’qilgan shapka sovuq havoda o’z egasini isitadi va iliq hissiyotlarni uyg’otadi. Ushbu havolada ham kichkintoylar, ham kattalar uchun istalgan did, o’lcham va bezakdagi sovg’ani topishingiz mumkin! Biz bilan bog’laning va biz Sizga keragini to’qib beramiz!

7. Qizlar uchun qo’g’irchoqlar uyi yoki o’g’il bolalar uchun avtoturargohlar

Barbilar uchun yasalgan uch qavatli “PINK HOUSE” majmuasi yashash uchun tayyor. Bizning turar joyimizni xarid qilish orqali sovg’aga oshxona bilan birga mebel ham olasiz! Kiring va yashayvering, barcha qulaylirlar muhayyo. O’g’il bolalar uchun tayyorlangan maxsus ko’p qavatli avtoturargohlar avtomobil olamining haqiqiy muhitini yaratadi. Eng muhimi, ushbu avtoturargohlar va uylar, saroylar shaxsiy buyurtma, dizayn va loyiha asosida ishlanadi. Sovg’a tanlash uchun bu yerga kiring va o’zingizga yoqqanini ma’lum qiling 😊 Qat’iy belgilannan narx mavjud emas, ammo ishoning, hamkorlarimiz hamyonbop narxlar asosida eng maqbul yechimni tanlashga harakat qiladilar.

8. Buyurtmaga “hayvonchalar”

Kidsit™ tomonidan taklif etilayotgan ajoyib hayvonchalarni ko’chada aylantirish va ovqatlantirish shart emas. Ular bolalar xonasi dizaynini to’ldiradi. Shuningdek, begemot Gippo, shoxburun Trinki va fil Viko shaklidagi bolalar uchun mo’ljallangan karkassiz kursilar farzandlaringizning eng yaxshi do’stlariga aylanadi. Biroq, kichikroy hajmdagi do’stni istasangiz, ushbu hayvonchalarning kichraytirilgan nusxalarini ko’rib chiqing. Ko’p sonli takliflar bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

Narxlar 59 ming so’mdan 99 ming so’mgacha

9. Kitoblar

Shubhasiz, kitob qadim-qadimdan eng yaxshi sovg’a hisoblanadi. Yangi yil arafasida esa bu yerdan har qanday bola uchun mos keladigan istalgan janrdagi qiziqarli kitoblarni topishingiz mumkin.

10. Mohir rassom

G’aroyibligi bilan hayratlantiruvchi ushbu sovg’a oilangizning hech bir a’zosi e’tiboridan chetda qolmaydi! Shuningdek, mazkur durdonani yaratish ustida butun oilangiz bilan juda qadrli vaqt o’tkazasiz. Shaxsiy tajribada sinalgan!

Sizga kerak bo’lgan narsalar – xolst, bo’yoqlar, rom va barcha oila a’zolaringizning kaftlaridir. Tasavvurni biroz kengaytirsangiz, mehmonxona devoridagi gulqog’ozlarni ham bepul yangilashingiz mumkin  Bularning barini istalgan kanselyariya do’konidan xarid qilish mumkin.

11. Instaks – suratni bir lahzada chiqaring!

Siz baxtiyor lahzalarni yodda saqlab qolishni yaxshi ko’rasiz, telefoningiz suratlarga to’lib ketganu, ammo ularni bosib chiqartirish va muzlatgichga yopishtirishga vaqtingiz yo’qmi? Instaks bilan suratga oling va haqiqiy zavqlanishni his eting! Zero, chindan takrorlanmas hislar kafolatlanadi. Siz biron lahza xotiraga aylanmasidan uning ahamiyatini tushunmaysiz! Ba’zan atigi bitta kadr lahza haqida mingta so’zdan ortiq hikoya qilishi mumkin. Sizga qadrli barcha xortiralarni saqlab qolishga yordam beradigan sovg’ani bu yerdan topishingiz mumkin.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!