•  
  •  
  •  
  •  
  •  

O’chirg’ichning ko’k tomoni

Maktab davrida o’chirg’ichning ko’k tomoni ruchkani o’chirish uchun kerakligi haqida afsona bo’lardi. Biroq, siyohni o’chirish u yoqda tursin kamiga ingichka daftar varog’ida teshik paydo bo’lgani aniq. O’chirg’ichning ko’k tomoni qalin qog’ozdan yozuvlar va rasmlarni o’chirish uchun kerak. O’chirg’ichning qizil tomoni bunday vaziyatda yaxshi ishlamaydi va dog’lar qoldiradi.

Jinsilardagi kichkina cho’ntaklar

Yana bir ommalashgan yanglish fikr, bu – erkaklar jinsisidagi kichkina cho’ntakcha prezervativlar uchun mo’ljallangan deyish. Aslida, dastlab bunday cho’ntak Levi’s jinsisida paydo bo’lgan. U Watch Pocket, ya’ni soat uchun cho’ntak deb nomlangan. XX asrda cho’ntak hozirgidan kattaroq bo’lgani uchun unda o’sha vaqtda mashhur bo’lgan zanjirli soat bemalol joylashgan.

Yangi kiyimga qo’shib beriladigan mato bo’lagi

Odatda ko’ylakka qo’shimcha ravishda kichkina xaltachada zaxira tugmachasi va kichik mato bo’lagi ilova qilinadi. Ushbu mato siz o’ylaganingizdek yirtilgan joyni yamash uchun mo’ljallanmagan. Kiyim ishlab chiqaruvchilari kichkina namunani sizning kir yuvish kukuningiz yoki oqartiruvchi vositangizga matoga qanday  ta’sir qilishi mumkinligini bilish maqsadida uni yuvib ko’rishingiz uchun berishadi.

Kostyumlar yengidagi yamoqlar

Bugungi kunda yamoqli kostyumlar yoki ko’ylaklar urfga aylangan. Biroq, ushbu garderob detali harbiy o’tmishga ega. Birinchi jahon urushi vaqtida nemis askarlarining tirsakda ko’p emaklashlariga to’g’ri kelgan va yenglar tez yirtilgan. Shuning uchun ular mundirlarini shikastlardan himoyalash uchun unga avvaldan qo’shimcha mato tika boshlaganlar.

Keyinchalik bu g’oya ko’pincha tiralib otadigan ovchilarga manzur bo’lgan. Ulardan yamoqlar Pechak ligasi talabalarining kiyim javonlaridan o’rin olgan va aynan ular tufayli butun jahonda ommalashgan.

F va J tugmalaridagi bo’rtiqlar

Klaviaturangizga bir qarang: F va J (ruscha shaklda «A» va «O») tugmalarida kichik bo’rtiqchalar mavjud. Ular tugmalarni ko’rmasdan paypaslab topish uchun kerak.

Gap shundaki, tajribali harf teruvchilar o’n barmoqli ko’rmasdan terish usulidan foydalanadilar. Ko’rmasdan terishda F va J tugmalari asosiy o’rin tutadi, chunki ko’rsatkich barmoqlar aynan ularda turishi kerak. Qo’l bexosdan kerakli tugmani “yo’qotib qo’yganida”, harf terayotgan odam monitordan ko’zini uzmasdan uni tezda topa oladi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!