•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Ijtimoiy tarmoqlarda soatlab o’tirib, keyin bo’sh vaqtimiz qayerga ketib qolganiga hayron bo’lamiz. Bloger va tadbirkor Devid Keyn tajriba o’tkazish maqsadida bu odatdan bir oyga voz kechdi.

Devid Keyn (David Cain)

Kanadalik yozuvchi va tadbirkor, Raptitude blogi muallifi.

Men bir oyga ijtimoiy tarmoqlar hayotimizda katta o’rin tutmagan davr – 2007 yilga qaytishga qaror qildim. Telefonimdan Facebook, Twitter va Reddit sahifalarini o’chirdim. Ulardan foydalanmoqchi bo’lsam, shaxsiy kompyuterimdan kirishim kerak bo’lardi. Men ularning har yerda hozirligidan cheklanib, o’zimni yana beixtiyor shularga vaqt ketkazayotgan holatda ko’rishni istamadim.

Bu qarorga kelishimga Google kompaniyasining sobiq dizayneri, Tristan Xarris (Tristan Harris) bergan intervyu turtki bo’ldi. Albatta, men ijtimoiy tarmoqlarga ko’p bo’sh vaqtimiz sarflanishini har doim bilardim. Biroq, bu odat aynan shu saytlarning mualliflari tomonidan loyihalanib o’ylab topilganini hech qachon payqamasdim.

Yirik platformalar bizning zaif tomonlarimiz, xususan jamoatchilik tomonidan ma’qullanishiga bo’lgan ehtiyojimizga ta’sir ko’rsatadi.

Shu bois,kiloji boricha ko’proq layklar, yulduzchalar va yurakchalarga ega bo’lishga intilamiz. Ana shu qisqa huzurlanish onlari bizni ertalabdan kechgacha ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga undaydi. Biznes-model ham aynan shunga asoslangan.

Ijtimoiy tarmoqlardan voz kechganimdan keyin nima o’zgardi

Bilasizmi, ijtimoiy tarmoqlar smartfonda bo’lmasa, ularga kirmaslik u qadar qiyin emas ekan. Men ularni sog’inmadim, ammo vaqti-vaqti bilan o’zimni beixtiyor telefonimni tekshirayotgan holatda topardim. Bunday holat odatda nimanidir kutish chog’ida sodir bo’lardi: mikroto’lqinli pechda ovqat isiyotganida, do’stim tashqariga chiqib ketganida yoki noutbukda sayt sekin yuklanganida.

Tajribaning oltinchi kuniga kelib smartfon menga avvalgidek qiziq tuyulmay qo’ydi. Uni qo’lga ancha kam marta olardim. Endi Twitter, Facebook va Reddit menga zerikarli va hattoki ahmoqona bo’lib ko’rinardi.

Ijtimoiy tarmoqlar – quvvatimiz va hissiyotlarimizni komiga tortuvchi narsa, degan fikrdan xalos bo’lolmayapman.

Ularni boshqa foydali narsaga sarflashni istamaymiz. Ijtimoiy tarmoqlarga zerikish yoki muhim ishlarni bajarishni xohlamasligimiz tufayli kiramiz. Bu hissiyot menga yot emas.

Tajribani boshlaganimdan so’ng menda juda ko’p bo’sh vaqt paydo bo’ldi. Birinchidan, men ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish uchun sarflaydigan o’sha 45-90 daqiqa. Ikkinchidan esa, bunday tanaffuslardan keyin ishchi holatni tiklashga ketadigan vaqt. Endi bir soat avvalgidek tez uchib ketmasdi.

Men ijtimoiy tarmoqlar hayotni bekor o’tkazishning eng oddiy usuli ekanligini tushunib yetdim.

Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizga qanday kirib boradi

Bu voqea tajribaning taxminan to’qqizinchi kunida yuz berdi. Facebook mening yo’qligimni sezib qoldi.

Hech narsa chop etmasangiz, hech qanday javoblar ham kelmaydi. Demak, xabarlar tasmasi ham bo’shab qoladi. Biroq, bir kuni bir nechta xabar oldim. Avvaliga kimdir qaysidir eski qaydimga munosabat bildirib, layk bosgan deb o’yladim. Ammo yo’q. Ekranda “Jimning suratiga yangi munosabatini o’qing” yoki “Jeyn o’z statusiga munosabat bildirdi” qabilidagi qaydlarni ko’rdim. Facebook bu haqida bilishim kerak degan qarorga kelgan.

Facebook shakllanishining ilk davrida bu saytdan do’stlarimiz bilan aloqada bo’lish uchun foydalanganmiz. U paytda Facebook shuncha pulga ega bo’lmagan va biz bu tasavvur haqiqiy muloqot o’rnini bosa olmasligini tushunmasdik. Bizni unutmaganliklarini bilish biz uchun zarur. Ijtimoiy tarmoqlarning mualliflari ham insoniyat ehtiyojini pulga aylantiradi.

Tajriba natijasi

Ijtimoiy tarmoqlar, har holda ularning zamonaviy shakli, meni yo’qotib qo’ydi.

Men ko’proq o’qish, sayr qilish, muloqot va ish bilan band bo’lishni o’rgandim.

Men ijtimoiy tarmoqlardan qochmayman, shunchaki ularni ongli ravishda ishlataman. Tarmoqlarda boshqalarga qiziq va foydali bo’lishi mumkin bo’lgan fikrlarni o’rtoqlashaman hamda boshqa usul bo’lmaganda tanishlarim bilan aloqani saqlab turaman. Telefonimdan ilovalarni, ish stolimdan esa ijtimoiy tarmoqlarning yorliqlarini o’chirib tashladim. Chamamda, tez orada ularga kiradigan parollarimni ham unutaman. Facebook va Twitter tarmoqlarining to’sqinligiga qaramay, ularga bunday imkon berish niyatim yo’q.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!