•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Bolalar o’z ota-onalariga qarab o’rganadilar. Shu bois, bolaga pul bilan muomala qilishni o’rgatishning eng yaxshi usuli – o’z misolingizda ko’rsatishdir.

Хatti-harakatingiz bilan o’rnak bo’ling

Farzandingiz pul yig’ishni o’rganishini istasangiz, unga tejamkorlik haqida ma’ruzalar o’qimang.

Uni o’zingiz bilan birga bankka olib borib, omonat oching. So’ngra butun jarayonni tushuntiring.

Bolalarga pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatish

To’lanmagan hisoblar to’planib yotishiga yo’l qo’ymang. Muddati o’tgan hisobni olib, bolaga ko’rsating hamda penya qanday va nima uchun to’planishini, shuningdek endi qanday yo’l tutishingizni tushuntiring.

Juftingiz doim siz uchun to’lashiga yo’l qo’ymang

Bolalarga pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatish

Bolalar biz o’ylaganimizdan ko’proq narsani sezadilar. Agar do’konlar va restoranlarda juftingiz doim siz uchun to’lasa, bolada moliya borasida noto’g’ri fikr shakllanishi mumkin. Bola o’zingiz nima uchundir pul to’layotganingizni ko’rsin. Masalan, chiroq yoki suv uchun hisobni to’lash chog’ida uni yoningizga o’tkizib, pullar nimaga sarflanayotganini tushuntiring.

Plastik kartalarning ishlash usulini tushuntiring

Bolalarga pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatish

Bolalar siz biron-bir narsani onlayn xarid qilayotganingizni ko’radilar va ularda haqiqiy pullarni sarflamasdan istalgan vaqtda istalgan narsani olish mumkin, degan hayol vujudga keladi. Buning oldini olish uchun bolalarga banklar va bank kartalari tizimi haqida so’zlab berining. Siz ishlab topgan pullar avtomatik ravishda hisobingizga tushishini tushuntiring.

Yoshi kattaroq bolalarga yechib olinadigan soliqlarni tushuntirish mumkin. Bunda, siz bankomatda yechib oladigan pullar aynan shu hisobdan yechilishini aytishini unutmang. Bola bir oy davomida harajatlar qanday to’planishini ko’rishi uchun unga karta bo’yicha ko’chirmani ko’rsating.

Moliyaga bog’liq masalalarni muhokama qiling

Bolalarga pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatish

nalar bolalari bilan moliyaviy holat haqida so’zlashishdan qochadi. Biroq, bolalarda pul qandaydir yomon va uyatli narsa ekanligi haqida tasavvur uyg’onishi mumkin.

Har kuni, hattoki bolalar juda kichik yoshda bo’lganida ham, pulli masalalarni muhokama qilishga urining. Masalan, supermarketga borganda bolani mahsulotlar aravachasiga o’tkizib, nima sababdan ayrim mahsulotlar qimmatroq, boshqalari esa arzonroq turishini aytib keting. Bolalar kattaroq bo’lganida ularga pul yig’ishni va investitsiya kiritishni tushuntiring.

Bolalarga pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatish

Biron-bir mahsulotni xarid qilishdan bosh tortsangiz, bolaga sababini tushuntiring.

“Chunki, men shunday dedim” jumlasi yetarlicha jiddiy sabab emas.

Bolalar oldida pul sababli janjallashmang

Bolalarda barcha moliyaviy kelishmovchiliklar janjalga aylanadi, degan tasavvur yuzaga keladi. Farzandingiz har qanday pul masalasi, masalan yangi mebel xarid qilish yoki restoranda ovqatlanishni, xotirjam va oqilona muhokama qilish mumkinligini ko’rsin.

Bolalarga pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatish

Oilada pul bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lgan taqdirda ham, bolani ulardan to’liq cheklamang.

Bolalar sizdagi yomon moliyaviy odatlarni takrorlamasliklari hamda o’zlariga kerakli xulosa chiqarishlari uchun nima bo’lganini va buning sababini tushuntiring.

O’ylanmagan xaridlarni amalga oshirmang

Sizning o’ylanmagan xaridlaringizni ko’rgan bolalar harajatlarni rejalashtirish kerak emas, deb o’ylaydilar. Axir “pullarni bugun sarflash, oqibatlarini esa ertaga o’ylash mumkin”.

Bolalarga pul bilan to'g'ri muomala qilishni o'rgatish

Bolalar besh yoshidanoq biron nimani xarid qilishdan avval variantlarni taqqoslab ko’rishlari mumkin. Shu bois, buyumni sotib olishga nima uchun shubhalanayotganingizni yoki kutishingizni tushuntirib bering. Bunda, bir martalik namoyish yetarli emas, darsni hech bo’lmaganda haftada bir marta takrorlashga harakat qiling.

Bolalar moliyaviy xatoga yo’l qo’yganida yordamga shoshilmang

Aks holda, bola o’zining hatti-harakatlari hech qanday oqibatga olib kelmaydi, degan fikrga boradi. Unga bolaligidanoq xaridorning afsuslanishi sindromini his qilish imkonini bering. Agar u ko’proq M&M’s yegisi kelganiga qaramay, cho’ntak pullarini shokoladga sarflagan bo’lsa yoki tezda sinib qoladigan arzon o’yinchoqni sotib olgan bo’lsa, unga hamdardlik bildiring. Lekin, yangisini olib bermang. Ana shunda u keyingi safar u yoki bu narsa pul sarflashga loyiqmi yoki yo’qligi haqida o’ylab ko’radi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!