•  
  •  
  •  
  •  
  •  

XIX asr boshida insoniyat ongi parovozni o’ylab topgan va shu asrning oxiridayoq yerosti temir yo’llarini ixtiro qilgan. Endilikda millionlab odamlar har kuni metrodan foydalanadilar.

Har bir metro bir-biriga o’xshash bo’lishiga qaramay, bekatlarning tuzilishi, soni va bezatilishi, yer osti va yer usti yo’llarining ketma-ketligi bilan farq qiladi.

Biz dunyodagi eng yirik va o’ziga xos metropolitenlardan haqida so’zlaymiz.

10. Mexiko (Sistema de Transporte Colectivo Metro)

Mexikodagi metropolitenning birinchi yo’li 1969-yilda ochilgan bo’lib, atigi bir nechta bekatdan iborat bo’lgan. Bugun esa u Lotin Amerikasi davlatlari orasidagi eng katta metro hisoblanib, Shimoliy Amerika qit’asida hajmi bo’yicha faqat Nyu-York metrosiga yon beradi.

Meksika metrosidagi 195ta bekat 12ta yo’lga birlashtirilgan. Mexiko metrosi har yili 1,5 milliard odamni tashiydi.

Mazkur metroning o’ziga xosligi shundaki, harakatlanuvchi tarkib asosan shinada yuradi. Metroning antiqa tuzilishi shaharning tog’lar tizmasida joylashgani bilan bog’liq. Undagi 115ta bekat yer ostida, 55tasi – yer yuzasi bilan bir darajada va 25ta bekat yer ustida qurilgan.

Ko’plab stansiyalarda yozuvlar bilan bir qatorda odamlar, hayvonlarning ramzlari, ko’rsatkichlar chizilgan. Bekatlarning nomlari ham shu obrazlardan kelib chiqadi. Bularning bari Mexikodagi savodsiz aholi ulkan metropolitenda oson yo’nalish topishi uchun qilingan.

Mexikodagi metropoliten boshqa metrolarga nisbatan dengiz sathidan balandroqda joylashgan bo’lib, uning balandligi 2 340 metrdan iborat.

1967-yilda Mexikoda metropoliten qurilishi chog’ida Eyekatl-Ketsalkoatl sharafiga qurilgan atsteklar ibodatxonasi topilgan. Endilikda yo’lovchilar “Pino Suares” bekatida ehrom shaklida mazkur qadimiy ibodatxonasi tomosha qilishlari mumkin.

9. Moskva (Moskva metropoliteni)

Ehtimol, Moskva metrosi loyihani amalga oshirish davomiyligi bo’yicha jahon tarixidan o’rin olar, zero g’oyadan to metropolitenning birinchi yo’lini ishga tushirishgacha 60 yil o’tgan. Dastlabki g’oya 1875-yilda taklif qilingan, ammo XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya tarixida yuz bergan shiddatli voqealar loyiha hayotga tatbiq etilishiga to’sqinlik qilgan. Faqatgina 1935-yiling 15 mayida 13ta bekat va 12ta harakatlanuvchi tarkibdan iborat birinchi metro yo’li ochilgan.

Bugun 230ta bekat va 15ta yo’ldan tashkil topgan Moskva metropoliteni nafaqat Rossiya megapolisi, balki Moskva viloyatining bir qismini ham qamrab olgan. Har yili metro poyezdlari 2,5 milliard yo’lovchini manziliga yetkazib qo’yadi. So’nggi yillarda metro kengayib, yangi bekatlar va platformalar ochilmoqda. 2016-yilning sentyabr oyida Moskva Markaziy halqasi bo’ylab qatnov yo’lga qo’yildi. Bu qatnov ham huddi halqa yo’li kabi, ammo kattaroq radiusda aylana bo’ylab o’tgan yo’llarni birlashtirdi.

Moskva metropoliteni tizimida 5ta metro ko’prigi qurilgan. Shu bois Moskva ko’rsatkichlari bo’yicha faqat Parijdan ortda qoladi. Arxitekturasi bo’yicha Moskvada dunyodagi eng go’zal metropolitenlardan biri joylashgan.

Moskva metropoliteni rasman Vladimir Lenin nomida qolgan. Sovet davri oxiridan buyon uni qayta nomlash borasida hech qanday qaror qabul qilinmagan.

8. London (London Underground)

1818-yilda muxandis Mark Bryunel yer yuzasi ostidagi yumshoq tuproq orasidan tunnellar qazish imkonini beradigan mexanizmni ixtiro qilgan. Bu ixtiro yer ostidagi temir yo’lini qurish loyihasini amalga oshirishga turtki bo’lgan.

Londondagi “Metropoliten reyluey” metrosining birinchi yo’li 1863-yilning 10 yanvarida bug’da ishlaydigan birinchi poyezdni qatnovga yuborgan. Atigi 6 km uzunlikka qaramay, bu inson ongining taraqqiyoti edi. Shu tariqa, London metrosi dunyodagi birinchi va eng eski metro hisoblanadi.

Tarix o’sha dastlabki bekatlar va poyezdlar qatnagan tarkiblarni faqat suratlarda saqlab qolgan.

Bugun London metropoliteni 270ta bekat va 11ta yo’ldan iborat eng zamonaviy tizimdir.

Aslida yo’llar soni 12ta bo’lgan, ammo rekonstruksiyadan keyin yo’llardan biri London yer usti yo’lining bir qismiga aylangan.

London metrosini zamonaviy rivojlantirishga oid noyob loyihalardan biri “Metropolitenda san’at” dasturining amalga oshirilishi bo’ldi. Bekatlardagi reklama vositalari jahon rassomlik san’ati durdonalarining nusxalari bilan bezatilgan, platformalar va vagonlarda esa mashhur aktyorlar o’tmishdagi va zamonaviy she’rlar va dostonlarni o’qiydilar.

7. Tokio (Tikatetsu)

Yaponiya poytaxtining metrosi butun dunyoga unda mavjud “osiy” lavozimi bilan mashhur bo’lsa kerak. Bu odamlar platformada navbatchilik qilib, yo’lovchilarni bemalol omma ichiga itarib, vagonga kirishlariga yordam beradilar.

Bunday lavozimning joriy qilinishi o’zini oqlaydi, chunki yiliga 3, 218 milliard odamni tashuvchi Tokio metrosi yo’lovchilar oqimi bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi. Tokio metrosidagi “Sindzyuku” bekati dunyodagi eng odam ko’p va katta bekatlardan biri hisoblanadi.

Tokio shahridagi metroning birinchi yo’li 1927-yil tugashi arafasida ochilgan va atigi ikkita bekatni tutashtirgan.

Hozirda metropoliten – davlat va xususiy kompaniya o’rtasida bo’lingan 285ta bekat tizimidir. 9ta yo’ldagi 179ta bekat xususiy kompaniya tomonidan boshqariladi, qolgan 4ta yo’ldagi 106ta bekat esa davlatga tegishli. Qizig’i, chiptalar narxidagi farq juda kam – “xususiyniki” bir iyenaga ko’proq.

Tokiodagi metro turli o’lchamlarga ega uchta iz qo’llanilishi bilan dunyodagi boshqa metrolardan ajralib turadi. Bironta ham bekatda xavfsizlik chuquri yo’q.

6. Parij (Metro de Paris)

Parij yer osti temir yo’li tufayli butun dunyo “metropoliten” hamda uning qisqartmasi bo’lgan “metro” so’zlarini bilib oldi.

Parij metropoliteni tizimi butun Parijni va Yevropa megapolisi atrofidagi hududlarni qamrab olgan. Parij metrosining qurilishiga shahar tuzilishi katta ta’sir ko’rsatgan. Yevropadagi eng qadimiy shaharlaridan biri ko’plab yer osti kommunikatsiyalari, podvollar, omborxonalarga ega bo’lgan. Shuning uchun dastlabki yo’llar qat’iy ravishda shahar yo’llari ostida qurilgan va platformalar tor bo’lgan.

Parijdagi metro 1900-yilda ochilgan. Huddi Eyfel minorasi bilan bog’liq an’anaga ko’ra, metro Butunjahon ko’rgazmasida ochilgan.

Hozirda Parij metropoliteni 14ta uzun va ikkita qisqa boshi berk yo’ldan tashkil topgan. Yo’llarning uzunligi 220 km bo’lib, ularda 303ta bekat, jumladan 62ta o’tish bekati joylashgan.

5. Pekin (Běijīng Dìtiě)

Pekin metrosi davomiyligi bilan kishini hayratga soladi. Yer yuzidagi eng katta shaharlardan biridagi metroning uzunligi boshqacha bo’lishi mumkin ham emas. U 527 km uzunligi bilan faqat Shanxay metropolitenidan ortda qoladi.

Pekin metropoliteniga 1969-yilda asos solingan. Biroq, 1976-yilgacha metrodan faqat harbiylar hamda Xitoy hukumatining maxsus ruxsatnomasiga ega bo’lgan odamlar foydalanganlar. Madaniy inqilob yuz bergan yillarda metro uzoq vaqt davomida ishlamagan.

Hozirda bu ko’p tarmoqli tizim 14ta shahar va 8ta shahar atrofidagi hududlarga olib boruvchi yo’llardan tashkil topgan.

Xitoylik mutaxassislar metroda nafaqat harakatlanuvchi tarkibda, balki bezaklar va yoritishda ham eng ilg’or texnologiyalarni qo’llaydilar. Bugungi kunda bu dunyodagi eng toza va yorqin metrolardan biri. Aksariyat xitoyliklar bekatlarni bezatishda boshqa davlatlardan nusxa ko’chirganlar.

Xitoy poytaxtining metrosi tirbandlik soatlarida 10 milliongacha odamni tashishi mumkin va bu jahon rekordi sanaladi.

4. Madrid (Metro de Madrid)

Madrid metropolitenining o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, ispaniyaliklar tramvay yo’llarini ham metro hisobiga qo’shadilar. Ularning fikricha, tramvay yengil, yer usti metrosi bo’lib, unda 8ta yer osti bekati ham mavjud.

Ispaniya poytaxtida metro 1919-yilda ishga tushirilgan. Birinchi jahon urushida ishtirok etmagan Ispaniya ichki rivojlanishga e’tibor qaratgan.

Metroning uzunligi 320 km bo’lib, mazkur uzun tizim 13ta yer osti va 3ta yengil tramvay yo’llarini qamrab olgan. Ushbu yo’llarda 326ta qulay bekatlar joylashgan.

Madrid metropolitenida dunyoda birinchi bo’lib halqali yo’llar tizimi qo’llanilgan bo’lib, bu chekkadagi hududlarni o’zaro birlashtirish masalasini ancha yengillashtirgan.

Ispan metrosi tarixiga oid qiziqarli faktga ko’ra, “Chamberi” bekati 1966-yilda qayta qurilish uchun yopilgan. Lekin, keyinroq yaqin orada boshqa katta bekat bo’lgani bois uni ochmaslikka qaror qilganlar.

Shunga qaramay, bekat 2008-yilda muzey-bekat sifatida ochilgan. U yopiq bo’lgan davrda “arvoh-bekat” deb nomlangan.

3. Shanxay (Shànghǎi Dìtiě)

Shanxay metrosi yo’llarining uzunligi bo’yicha birinchi o’rinda turadi. Metropoliten tizimining jami davomiyligi 500 km.dan oshadi. Shanxay metropoliteni ham tezkor rivojlanayotgan transport tizimi sifatida dunyoda yetakchi o’rinni egallaydi.

Yaqinda, 1993-yilda ochilgan Shanxay metrosi bugungi kunda 16ta yo’ldan iborat bo’lib, yana 5ta yo’l qurilmoqda. Qo’shimcha yo’llar metro uzunligini taxminan 220 km.ga cho’zadi.

Metroning o’ziga xos jihati qatnov uchun narx masofaga qarab belgilanganligidadir. Elektr toki dunyodagi ko’plab metropolitenlarda bo’lganidek pastki emas, ustki tomonidan uzatiladi.

Xitoy shaharlarida aholi juda zich bo’lgani bois, metroda katta yuklanish kuzatiladi. Shanxay metrosida tirbandlik soatlarida yo’lovchilar soni 7 millionga yetishi mumkin. Bunday vaqtda odamlar vagonlarga uzoq vaqt chiqishlari tufayli poyezdlar jadvaldan chetlamasligi uchun tokiolik “itaruvchilar” tajribasi qo’llaniladi.

Metro to’rtta xususiy kompaniya tomonidan boshqariladi, ammo egasi bitta. Shanxay metrosi keng va toza. Uni qurishda rus va yapon metro quruvchilarining tajribasi qo’llanilgan.

2. Seul (Soul tosi chxolt)

Seul metropoliteni boshqa tilda talaffuz qilinganda biroz g’alati eshitiladi – “Soul tosi chxolto”. Biroq, bu dunyodagi eng ko’p yo’lovchiga ega metrolardan biri. Yiliga Koreya poytaxti metrosining turniketlari va vagonlaridan 2,5 milliarddan ortiq odam o’tadi.

1974-yilning 15 avgustida ochilgan Seul metrosi 9ta yo’l va 311ta bekatdan iborat. Bu metro bitta yo’lining uzunligi bo’yicha jahon birinchiligini saqlab turibdi. 5-son yo’l 52 kilometrga cho’zilgan.

Seul metrosining yana bir o’ziga xosligi shundaki, u faqat yer ostida qatnaydi va yer ustida bironta ham bekat yo’q.

Qizig’i, shahar chetidagi yo’llar shahar ichidagi yo’llarga nisbatan 120 mingga ko’proq odamga xizmat ko’rsatadi. 1988-yilda o’tkazilgan yozgi Olimpiada o’yinlari transport tizimining rivojlanishiga katta turtki bo’lgan.

1. Nyu-York (New York City Subway)

Mana yer osti yo’llari bo’ylab dunyodagi eng katta metropolitenga ham yetib keldik. Tasavvur qilish qiyin, ammo Nyu-York metropoliteni tizimi 34ta yo’lga biriktirilgan 468ta platformadan iborat.

Metroning umumiy masofasi 1355 kilometrni tashkil qiladi.

Nyu-York yer osti yo’lining tarixi uzoq 1868-yilga borib taqaladi. Bu davrda shahar bo’ylab o’tgan kanatlarda estakadadagi yakkalik vagonlar qatnovi boshlangan. 1890-yilda vagonlar elektr toki yordamida harakatlana boshlagan.

Aholi boshiga avtomobillar soni bo’yicha eng katta ko’rsatkichga qaramay, mazkur Amerika shahrida metro ancha ommalashgan. Kuniga metropolitendan taxminan 4 million odam foydalanadi.

Yo’lovchilarga yengillik yaratish maqsadida, bekatlar yer ustida joylashgan ob’ektlarning nomi bilan atalgan. Biroq, Nyu-Yorkda bir xil nomli ko’chalar ko’pligi tufayli, bekat nomi yoniga yo’l raqami ham qo’shiladi.

Metropolitenda o’ziga xos “Esseks-strit” bekati mavjud bo’lib, u tashlandiq tramvay deposi yonidan o’tadi. Platformada tushib qolgan jetonlar yoki mayda chaqalarni terayotgan bolalar, ustunlarga tirmashayotgan yoki yegulik so’rayotgan hayvonlar ko’rinishidagi haykallar o’rnatilgan.

Nyu-York metrosi yana bir ko’rsatkich bo’yicha rekord o’rnatgan. “To’qqizinchi ko’cha” bekati yer ustidan 27 metr balandlikda joylashgan. Bu bekat uchun ikkita antiqa platforma va shaharga chiquvchi eskalator qurilgan.

Metropoliten so’zining to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi “poytaxt temir yo’li” degan ma’noni anglatadi. Biroq, yer osti yo’li allaqachon poytaxt sarhadlaridan chiqib ketgan.

Бонус

Masalan, Sobiq Sovet ittifoqida aholi soni 1 milliondan ortadigan shaharlarda metro qurish dasturi bo’lgan.

Sankt-Peterburgdagi metro bekati, Rossiya
Kiyevdagi metro bekati, Ukraina
Yerevandagi metro bekati, Armaniston
Bakudagi metro bekati, Ozarbayjon
Tbilisidagi metro bekati, Gruziya
Minskdagi metro bekati, Belarus
Almatidagi metro bekati, Qozog’iston

Aksariyat davlatlarda metro harbiy ob’ektlar sifatida loyihalashtirilgan. Moskva, Leningrad, Nyu-York metrolaridan “sovuq urush” davrida yadroviy urush yuz bergan taqdirda bombadan saqlanish joylari sifatida foydalanish mumkin bo’lgan.

Toshkentdagi «Kosmonavtlar» bekati (Eng go’zal)

Nima bo’lganda ham, bu juda qulay va arzon transport turi. Birgina kamchilik – agar shaharni tomosha qilish uchun kelgan bo’lsangiz, metro yer usti transporti kabi taassurotlarni bermaydi. Biroq, Moskva, Toshkent, Pekin yoki Oslodagi metrolar o’z holicha san’at asarlari hisoblanadi. Ularning arxitekturasi va bezaklari hashamati va go’zalligi bilan hayratga soladi. Shu bilan eng katta metropolitenlar haqidagi reytingimiz nihoyasiga yetdi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!