•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Bola tarbiyasi – hamma vaqt dolzarb bo’lib qolaveradigan eng murakkab va ziddiyatli mavju. Ko’pincha turli mutaxassislar bir masala bo’yicha shu qadar qarama-qarshi fikrlarni bildiradilarki, ota-onalar taajjubda va sarosimada qoladilar. Biroq bolalar psixologlarining barchasi bir xil munosabat bildiradigan qator odatiy xatolar mavjud.

Loyihamiz ota-onalarning keng tarqalgan xatolarini tahlil qilib, ularni zararli maslahatlar shaklida ta’rifladi: shu maslahatlarga rioya qilsangiz, vorisingiz birinchi qulay fursatdayoq hayotingizdan yo’qolishga urinadi.

1. Bola bilan urishib qoldingizmi – e’tibor bermang!

E’tiborsizlikni uzoq, iloji bo’lsa bir necha kun davom ettiring. Uning yarashishga bo’lgan urinishlariga qaramang va jim turing. Bolangiz uning asosiy katta odami, eng yaqin insoni undan voz kechganini yaxshilab his qilsin. Hayoting xavf ostida qolganini his qilish tetiklashtiradi va olg’a intiltiradi.

2. “Nargiza xolangni o’g’li yaxshi bola, senga o’xshamaydi!”

Farzandingizni imkon qadar hamma, qo’shnining bolasidan tortib to Motsartgacha – barcha bilan taqqoslang. O’zini ahamiyatsiz his qilsin. Doim.

3. Kayfiyatingiz yorug’lik tezligida o’zgarsin

Porox solingan bochkadek kutilmagan odamga aylaning: bola keyingi soniyada sizdan nima kutish mumkinligini bilmasligi kerak. Zero, sizga nisbatan ishonchning keragi yo’q, to’g’rimi?

4. Nazorat qiling!

Bola tug’ilganidan boshlab vafot etguningizgacha ota-ona muhabbatining po’lat qalpog’i ostida qolsin. Boshqa bolalar bilan bemalol o’ynashiga ruxsat bermang, bir soniyaga ham tinch qo’ymang, zeriktirmang, gap qaytarishi va bahslashishiga yo’l bermang. Ayniqsa o’smirlik yoshida nazoratni kuchaytiring, chunki yomon bolalarga aralashib qolishi, chekishi yoki – o’zi asrasin! – o’ziga juft topib olishi mumkin. Uning irodasiz va amorf bo’lib o’sishidan qo’rqmang, shunchaki unutmang: yaxshi bola – quloqli bola.

5. Xato kechirilmaydi

Farzandingizning har bir kichik aybiga ham juda keskin munosabat bildiring. Bunda turli iboralarni ishlatishdan uyalmang, uring, baqiring va kiyimlaringizni yirting. Natijada bola xato qilish – o’ziga e’tibor qaratishning eng yaxshi usuli ekanligini bilib oladi. Bularning bari munosabatlaringizga foyda beradi.

6. “Endi u harakat qilsin”

Bolani o’zingiz amalga oshira olmagan orzularingizga erishishga majburlang. Uning istaklari va qiziishlari muhim emas. Siz balerina bo’lishni xohlagansizu, aksiga olib qizingiz rasm chizishni yoqtiradimi? Bunday vaziyatda nima qilish kerakligini tushuntirish shartmasdir. Aytgancha, nafaqat orzular, balki komplekslarni ham bolaga o’tkazishm mumkin. Bir umr burningiz shaklidan uyalganmisiz? Har kuni o’g’lingizning burnini kamsiting.

7. Kamsiting

Maktabdagi do’stlarining yonida baqiring yoki uring, bolaning yaqinda qilgan xatosini mehmonlarga so’zlab bering va unga ayblash nigohi bilan qarang.

8. Tushkunlikda ovqat yeyishga o’rgating

Sevimli o’yinchog’ini sindirganida konfet bering. Do’sti bilan urishib qolsa, shokolad bering. Har safar bola hafa bo’lganidava yig’laganida, shirinroq narsa bilan to’ydiring. Hech qachon o’z hislarini boshqarishni o’rgatmang. Shunisi yetmay turgandi o’zi.

9. Hech qachon hech narsani tushuntirmang

Unutmang, “nimaga” deb boshlanadigan har qanday savolga ajoyib universal javob bor: “Shunga”. Shunchaki tushuntirishlar bilan o’zingizni qiynamang. Aytgancha, bu jinsiy aloqaga doir savollarga ham taalluqli: qizarib, javobdan qoching. Faqat keyin 16 yoshli qizingiz homilador bo’lganida hayron qolmang, ammo bu mutlaqo boshqa voqea.

10. “Bu yerda seni hech narsang yo’q!”

Uyingizda bola ikkinchi darajali mavjudot ekanligini va bu yerda unnga tegishli narsa yo’qligini doim eslatib turing. Bola o’smirga aylanganida xonasiga taqillatmasdan kiring, ya’shisi umuman xonasidagi eshikni yopishni taqiqlang. Aslida, xona ham uniki emas. Bu yerda unga tegishli narsa yo’q.

Sharhlarda “zararli maslahatlar”imizga qo’shimcha qilishdan tortinmang!

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!