•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Hayotga qanday qaytish va ichkilish karaxti takrorlanishining oldini olish haqida.

Gapni ayanchli haqiqatdan boshlaymiz:

ichkilik karaxtidan qutulishning yagona amaliy usuli – mast bo’lish darajasida ichmaslikdir.

Biroq, endi bunga kech bo’lganini tushunamiz. Shu bois, avval karaxtlikka qarshi kurashish uchun favqulodda yordam, so’ngra – kelajak uchun maslahatlar.

Ichkilik karaxtidan xalos bo’lish

Ichkilikdan keyingi karaxt holat, aslida, zaharlanishdir. Biz etanol parchalanishida hosil bo’ladigan mahsulotlardan zaharlanamiz va bu mahsulotlar qonimiz tarkibida bo’ladi, shuning uchun faqat oshqozon emas, balki butun organizmni bezgak tutadi. Afsuski, atsetaldegid (jo’shqin kechadan so’ng qolgan asosiy zahar) chiqib ketishi uchnu vaqt talab etiladi. Karaxtlikni bir zumda yo’qotadigan vositalar mavjud emas, ammo biz alomatlarni yengillashtira olamiz.

Suyuqlik muvozanatini tiklang

Etanol peshob haydash xususiyatiga ega, ya’ni u organizmdan suyuqlikni chiqaradi. Suvsiz tana etanol parchalanishi mahsulotlaridan sekinroq qutuladi, ya’ni karaxtlik holati uzoqroq davom etadi. Har qanday zaharlanishda, jumladan ichkilik karaxtligida ham mayda qultumlar bilan ko’p suyuqlik ichish kerak.

Buni amalga oshirish qiyinligini tushunamiz, ammo urinib ko’rish kerak – choyning ikkinchi piyolasidan keyin ish ancha osonlashadi. Bunda, regidratatsiya uchun mo’ljallangan eritmalar (dorixonadan olish mumkin) yoki mineral suv ichgan ma’qul.

Biroq, ularni ichishni istamasangiz, shirin choy, tomat sharbati yoki sho’r suvdan boshlang. Lekin, qahva yordam bermaydi.

Asal solingan choyni sinab ko’ring

Asal yordam berishining yuz foizlik isbotlari mavjud emas, ammo karaxtlikka qarshi vositalarning bir qoidasi bor:

aynan nima yordam berishini hech qachon bilmaysan. Agar allergiyangiz bo’lmasa, asal ko’plab foydali xususiyatlarga ega bo’lgan yaxshi tabiiy vositadir.

Sorbentlar iching

Albatta, ichak sorbentlarini ichkilikdan avval ichish kerak, ammo organizmdan zaharni chiqarishda barcha usullarni qo’llash zarur. Bunda, bizga yaxshi tanish bo’lgan ko’mirga emas, balki zamonaviy vositalarni tanlagan ma’qul, chunki karaxt holatda 10-20ta ko’mir tabletkasini yutish juda murakkab vazifa.

Meva sharbatlari va sho’rvalar iching

Bu universal davolash emas, ammo suyuq taomlar yoqimsiz alomatlarni yengillashtirishga yordam beradi, sharbatdagi fruktoza esa quvvat bag’ishlaydi.

Maxsus ichimlikni iching

Agar yoningizda odam bo’lsa, unga retseptni bering va tayyorlab berishini so’rang. Tanani qaltiroq tutganida sharbatlar va ziravorlarni aralashtirishga holingiz bo’lmaydi. Biroq, g’amxo’r qo’llar bilan tayyorlangan ichimlik tezda oyoqqa turg’izadi.

Ichkilik ichmang

Alkogolning yangi dozasi – qo’shimcha yuklama degani. Organizmda shusiz ham alkogol parchalanishi mahsulotlari ko’p, pivo yoki boshqa ichkiliklar esa qiyinchilikni faqat oshiradi.

Alkogol ta’sir qilganida, o’zingizni andak yengillashgandek his qilasiz. Biroq, “eski achitqi” ustiga tushgan alkogol tezda qayta ishlanadi, chunki jigar avvalgi porsiyani parchalash uchun yetarlicha miqdorda fermentlar ajratgan bo’ladi. Shu bois, yanada kuchliroq zaharlanish yuz beradi.

Uxlang

Odatda ichkilik karaxti 24 soat ichida o’tib ketadi. Bu soatlarni bir amallab o’tkazish kerak. Buni uyquda qilgan ancha qulay.

Og’riq qoldiruvchi dori iching

Agar boshingizdagi og’riq hattoki uxlashga ham yo’l bermayotgan bo’lsa, og’riq qoldiruvchi dori iching. Xa, paratsetamol va ibuprofen shusiz ham yaxshi holatda bo’lmagan oshqozon va jigarga yomon ta’sir ko’rsatadi. Biroq, ba’zan murakkab tanlovni amalga oshirishga to’g’ri keladi. Bunda, avval ham sinab ko’rgan dorilaringizdan foydalaning: Siz ushbu dorilar bilan munosabatlaringiz joyida ekanligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.

Sayr qiling

Hech bo’lmaganda uy bo’ylab. Harakat chalg’ishga yordam beradi, toza havoda esa nafas olish orqali qondagi parchalanish mahsulotlarini chiqarish osonroq kechadi.

Juda kuchli ichkilik karaxti holatida nima qilish kerak?

Alkogoldan zaharlanish faqatgina tongda qiynalishga sabab bo’lmaydi. Ba’zida karaxtlik insult yoki infarktgacha bo’lgan yanada jiddiy holatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun, quyidagi alomatlarni sezgan bo’lsangiz, tez yordamga murojaat qiling:

  1. Kuchli bosh og’rig’i
  1. Chap qo’lga ta’sir ko’rsatadigan ko’krakdagi og’riq
  1. Yurakning tez urishi
  1. Deyarli ko’karishgacha bo’lgan oqarish
  1. Tana haroratining pasayishi
  1. To’xtamaydigan va ichish imkonini bermaydigan (hamma narsa darhol qaytib chiqadi) qayt qilish
  1. Ongning chalkashligi (savollarga javob berish qiyin, qayerda ekanligingizni bilmaysiz).

Ichkilik karaxtida yaxshi ko’rinish

Demak, boshingizni tik tuta olyapsiz. Endi harakat qilib, ko’zgu oldiga borish, qo’rqib ketish va o’zingizni tartibga keltirish vaqti.

  1. Yana bir stakan iching. Suv, oddiy suv. Birinchidan, karaxtlik holati butunlay o’tib ketmadi. Ikkinchidan, teriga aynan suv yetishmagani uchun shunaqa qiyofadasiz. Olg’a.
  1. Yuvinib, soqolingizni oling. Ayniqsa uyga qaytgach, kuchingiz qolmagan bo’lsa yoki koordinatsiya muammolari gigiyenik tadbirlarni o’tkazish imkonini bermagan bo’lsa.
  1. Vanna qabul qiling. Dengiz tuzi solingan iliq vannada 20 daqiqa yotish – ajoyib hissiyot baxsh etadi.
  1. Suli yormasidan niqob qiling yoki tayyor skrabdan foydalaning. Terining o’lik to’qimalarini yo’qotib, qon aylanishini bir oz kuchaytirish zarur.
  1. Ko’k choydan kompress qiling. Damlangan choy paketchalari – ko’zlar ostidagi halqalardan yaxshi vosita.
  1. Yengil pardoz qiling. Bunda asosiy so’z – yengil. Yuz tonini shaffof vositalar bilan me’yorlashtiring, bo’yoqlarni chaplash shart emas. Ko’zlar pardozi uchun tush, lablar uchun esa – rangsiz bo’yoq yetarli.

Ichkilik hidini yo’qotish

Yangi alkogol hidini oddiy tish tozalash va og’izni yaxshilab chayish ortiga yashirish mumkin. Hattoki, oddiy saqich va achchiq qahva og’izni tozalab, spirt hidini yo’qotadi.

Etanol parchalanishi mahsulotlari hosil qiladigan hid oson yengilmaydi, chunki aynan mahsulotlarni bir yo’la butun tana ajratib chiqaradi. Baribir tishlarni tozalashga to’g’ri keladi, ammo bu yetarli emas. Qo’shimcha choralarni qo’llash kerak:

  1. Toza suv ichish. Ko’p miqdordagi suv peshob haydash xususiyatiga ega, shu tariqa alkogol parchalanishi mahsulotlari peshob bilan birga organizmdan chiqadi. Bir yo’la yoqimsiz hid ham kamayadi. Aslida, shunchaki ichimizni yuvgan bo’lamiz.
  1. Dush qabul qilish. Ter bilan birga ajralgan hamma narsani teridan yuvish zarur.
  1. Oqsilli yegulik – go’sht, tuxum, yog’siz tvorog bilan nonushta qilish. Bu jigarga etanol qoldiqlarini tezroq qayta ishlashda yordam beradi.
  1. Nonushta o’tkir ziravorlarga boy bo’lishi kerak. Ziravorlar natijasida moddalar almashinuvi jarayonining hattoki bir oz tezlashishi tanadan yoqimsiz hid “shamollab” chiqib ketishini vaqtini qisqartiradi.
  1. Qahrabo kislotasi mavjud dorilardan foydalaning. Ichkilik karaxtiga qarshi aksariyat dorilarda shu komponent mavjud. U yoqimsiz hissiyotlardan deyarli xalos qilmaydi, ammo hidni ancha yo’qotadi.

Karaxtlik takrorlanmasligi uchun nima qilish kerak?

Siz hozir endi hech qachon ichmaslikka va’da berishga tayyorligingiz aniq. Biroq, o’tgan safar ham shunday bo’lgan edi. Shu bois, o’zingizga kelganingizdan so’ng, shunchaki mavzuni o’rganing hamda qachon va qanday ichishingizga yanada mas’uliyatliroq yondashing.

Alkogolli ichimlikni tanlash

Как избавиться от похмелья: Как выбрать алкоголь

Alkogol, ayniqsa qalbaki alkogol ta’siri o’lim bilan tugashi mumkin. Metil spirtidan zaharlanishni qo’lbola usullar bilan butilkadan aniqlash imkonsiz bo’lib, u har yili o’nlab o’lim holatlariga sabab bo’ladi. Alkogolni sotib olayotganda doim quyidagilarga e’tibor bering:

  1. Xarid joyi. Biron bir shubhali shahobchalar va taksi orqali yetkazib berishlar to’g’ri kelmaydi.
  1. Narx. Yaxshi ichkilik arzon turishi mumkin emas. Sog’liqni yo’qotgandan ko’ra, pulni yo’qotgan afzal.
  1. Qadoq. Pishiq yopilgan tiqin, dozatorli bo’yin, yorliq uchun yaxshi qog’oz – bular sifatli alkogol ichimligining belgilari. Aksariyat ishlab chiqaruvchilarning qadog’ini saytda bilib olish va do’kondagi mahsulot bilan solishtirish mumkin.
  1. Aksiz marka. Maxsus servis yordamida markadagi raqamlar orqali haqiqiy alkogolni tekshirib ko’rish mumkin.

Stol atrofiga o’tirishdan avval nima qilish kerak?

Har qanday karaxtlik birinchi ryumkani ichishingizdan ancha oldin boshlanadi. Ortiqcha iste’molning oldini olish uchun organizmni alkogol ta’siriga tayyorlash zarur.

  1. Tadbir oldidan oyoq-qo’llar chigilini yozish. Masalan, mashq qilish yoki sport zaliga kirish. Mashqlar alkogol ta’siriga qarshi kurashishga yordam beradi.
  1. To’yib ovqatlanish. Yog’li ovqat alkogolning qonga so’rilishiga qarshilik qiladi.
  1. Alkogolni qayta ishlashga yordam beradigan dorilarni ichish. Bular spirtni parchalaydigan faollashtirilgan ko’mir kabi ichak sorbentlari (zamonaviy muqobillari ham yaxshi samara beradi va ularni kamroq ichish kerak) va quruq achitqilar.

Tadbir vaqtida nima qilish kerak?

Как избавиться от похмелья: Что делать во время вечеринки

Ichishda davom etar ekansiz, Sizda karaxtlik alomatlarini zaifroq qilish imkoni bor. Gap – aynan qanday ichishda:

  1. Tamaddi qilishni unutmang va to’yimli yegulikni tanlang.
  1. Faqat alkogol emas, sharbatlar va suv ham iching. Karaxtlik og’rig’i suvsizlanish tufayli paydo bo’ladi, shu bois hujayralarni suyuqlik bilan oziqlantiring. Faqat gazlangan ichimlik ichmang: pufakchalar mastlik holatini kuchaytiradi. Huddi shu gap alkogolli ichimliklarga ham tegishli. Shuning uchun, shampan vinosidan uzoqroq turing.
  1. Ichimliklarni aralashtirmang. Aslida, necha turdagi alkogol ichimliklarni aralashtirganimiz hamda avval nima, keyin nima ichganimiz muhim emas. Bizning holatimizga faqat alkogolning umumiy miqdori ta’sir qiladi, ammo kuchlilik darajasi va ta’mdagi farq tufayli hissiyotni yo’qotib, ortiqcha ichib qo’yish mumkin.
  1. Raqsga tushing. Bilmaysizmi? Unda sayrga chiqng. Asosiysi –bir oz tetiklanish yoki nazoratni qaytarish uchun ko’proq harakat qilishdir: oyoqlar egilib, devorlar siljiy boshlagan bo’lsa, demak yetarlicha ichgansiz.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!