•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Cho’ntakkesarlar va tilanchilar – ko’cha tovlamachiligi sohasidagi eng oddiy kasblar. Fenomenal psixologik hisga ega bo’lgan buyuk kombinatorlar fuqarolarning hamyonlarini bo’shatishning yanada nozik usullarini o’ylab topganlar.

1. Iltimos, telefoningizni berib turing. Zarur qo’ng’iroq qilishim kerak!

Yoningizga bir odam kelib, bitta qo’ng’iroq qilib olish uchun telefoningizni so’raydi. O’zining apparati kutilmaganda o’chib qolgan. Bechoraga yordam bersak bo’lar…

Tovlamachilik sxemasi

Tovlamachi begona telefondan hamyoningiz ko’tara olmaydigan qiymatga teng qo’ng’iroqni amalga oshiradi. Yolg’onchi mablag’ni avvaldan o’zining hisobiga tushadigan yo’lni qiladi.

Oldini olish

Notanish odamlarga hech qachon telefoningizni bermang, hattoki bundan uyalib qolsangiz ham!

2. Yaxshi kursda valyuta ayirboshlaymiz!

Bu usul 90-yillarda ayniqsa keng tarqalgan. Bir odam sizga valyutani bankdagiga nisbatan ancha foydali kursda alishtirishni taklif qiladi. Siz rozi bo’lasiz, bir-biringizga pullarni berasiz va sinchkovlik bilan sanab bo’lgach, bitimdan hursand bo’lasiz.

Tovlamachilik sxemasi

Quvonchingiz olingan kupyuralar qalbaki ekanligini bilib qolguningizgacha davom etadi. Ularning qiymati bir varaq qog’oznikidan oshmaydi.

Oldini olish

Hech qachon pulni ko’chada ayirboshlamang!

3. Bu sizga sovg’a! Endi, marhamat qilib, ehson qilsangiz…

Bir odam quvonch bilan yoningizga kelib, sizga qandaydir buyumni uzatadi. “Oling-oling! Bu bepul! …dan sovg’a”, – deya ishontiradi u. Siz matohni olasiz va notanish odamga moyillikni his qilasiz. Bu odam yoqimli, tabassum qilyapti, yaxshi gaplarni gapiryapti. Unga chin qalbdan minnatdorlik bildirasiz…

Tovlamachilik sxemasi

Kutilmaganda u ohangini o’zgartirmasdan sizga qandaydir ehson to’lash taklifini aytadi. Siz rad qilish mumkin emasligini his qilasiz:

axir sizga hech qanday sababsiz sovg’a bergan odamning istimosini yerda qoldirib bo’lmaydi.

Ongingiz buning yolg’on ekanligini tushunib turgan bo’lishiga qaramay, jamiyat oqlamasligi qo’rquvi ehson qilishga undaydi. Biroq, notanish ehson qiymati adolatli odam uchun o’ta kamligini aytadi. Tovlamachi sizni go’yoki gipnoz qiladi va siz yana hamyoningizga qo’l solasiz.

Oldini olish

Bunday tovlamachilar ajoyib psixologlardir. Ular xarakteringizni tezda o’rganib, vijdon va aybdorlik hissi kabi zaif tomonlarga bosim o’tkazadi. Aksariyat holatlarda ular bilan suhbatning boshlanishi mag’lubiyatga aylanadi.

Agar muloqot boshlangan bo’lib, suhbatdoshning maqsadi sizga ayon bo’lsa, unga sovg’ani qaytarib bering va “Bu juda ajoyib, ammo uni qabul qila olmayman” deb ayting. Shunda psixologik jihatdan voz kechish osonroq bo’ladi.

4. Menga zudlik bilan pul kerak, faqat siz yordam bera olasiz…

Notanish odamga zudlik bilan pul kerak, shuning u hoziroq, masalan, avtomobilini kuligili narxda sotishga tayyor. Texnik pasport ham bor, suratlar ham joyida, hattoki tilxat yozishga ham tayyor.

Tovlamachilik sxemasi

Bunga ishonish qiyin, ammo ko’pchilik chindan ham rozi bo’ladi: qandaydir qog’ozga imzo qo’yadi, notanishning telefon raqamini oladi va katta miqdordagi pul bilan xayrlashadi. Bunday hiylalarning siri tovlamachining yuksak mahoratiga bog’liq. U suhbatni sizda aybdorlik, uyalish, qo’rquvga oid yolg’on hislarni uyg’otadigan shaklda olib boradi.

Oldini olish

Aslida “faqat siz yordam bera oladigan” odam bilan umuman suhbat boshlamagan ma’qul. Sizga murojaat qilayotgan odamlarga e’tibor bermasdan o’tib ketishga uyalmang. Siz ularning muammolarini bilishingiz shart emas.

Unutmang, xushmuomalalik – sizning asosiy dushmaningiz.

5. Omadingizni sinab ko’ring

Notanish odam sizga lotereyada o’ynashni taklif qiladi. Siz televizor yutib olasiz. Sovrin shundoqqina qarshingizdagi qutining ichida – olishingiz mumkin. Qanday omad!

Tovlamachilik sxemasi

Biroq, avval komissiya yoki qandaydir soliqni to’lash kerak. Qonunda belgilangan. Siz rozi bo’lasiz, tovlamachi g’oyib bo’ladi, qutining ichidan axlat chiqadi.

Oldini olish

Lotereyada o’ynamang! Hattoki qonuniylarida ham. Omad uni izlaganlarni yoqtirmaydi.

6. Hamyon yo’qoldi

Tovlamachilarning odatiy usuli. Siz bexosdan ko’chada pul to’la hamyonni topib olasiz. Biroq, siz bilan birga uni yana qandaydir yigitcha ko’rib qoladi va zudlikda “sovrinni” teng yarim bo’lishni taklif qilib, pulning yarmini oladi va qochib ketadi. Bir zumda hamyon egasi bilan birga posbon paydo bo’ladi…

Tovlamachilik sxemasi

Bu sahna sizni o’ta noqulay vaziyatga solish uchun o’ynaladi: hamyonni siz topgansiz, ammo ichidagi pul kamayib qolgan. Qonun vakili nufuzi va huquqiy tahdidlar bilan sizga bosim o’tkazadi. Siz aybsizligingizni isbotlay olmasdan, o’z cho’ntagingizdan tovlamachilarga to’laysiz.

Oldini olish

Begona hamyonlarga tegmang! Hattoki yaxshi niyatda bo’lsangiz ham! Agar shunday qilgan bo’lsangiz, buyumni idoraga olib borish zarurligini aytib, pulni bo’lishishdan bosh torting. Posbon paydo bo’lganida undan guvohnomasini ko’rsatishni talab qiling.

7. Meni narsamni sindirdingiz!

Ko’chada hotirjam ketayapsiz (yoki mashinada) va kutilmaganda uyning burchagidan bir odam uchib chiqadi. Siz unga urilib ketasiz, u yiqiladi, so’ngra jahl bilan sizga singan telefonni ko’rsatadi.

Tovlamachilik sxemasi

Bu odamning kerakli vaqtda kerakli joyda bo’lib qolgani sir emas. Tovlamachining telefoni siz bilan to’qnashguncha sinib bo’lgan, ammo siz buni bilmaysiz va o’zingizni aybdor deb bilasiz. Jabrlanuvchining qahrli gaplari sizni shu yerning o’zida xatoni tuzatishga majburlaydi. Tabiiyki, moliyaviy shaklda.

Oldini olish

Zo’rg’a uzr so’rab, hech narsa bo’lmagandek yo’lingizda davom eting. Agar tovlamachi sizni ta’qib qilsa, unga ariza yozishni tavsiya qiling. Kim aybdorligini idora aniqlasin.

8. Voy, mana bu yeringizda dog’!

Yoqimli qiyofadagi odam yoningizga kelib, qandaydir bahona ostida taktil aloqaga kirishadi. Ehtimol, ko’ylagingizda dog’ bordir va u qo’lingizdan ushlaydi, balki sizni tanishi bilan adashtirib, quchoqlab olgandir. Kutilmagan holatda o’zingizga kelishingiz uchun bir necha soniya talab etiladi. Notanish odamga tushuntirish uchun yana bir necha soniya.

Tovlamachilik sxemasi

Lekin, tovlamachiga barcha cho’ntaklaringizni paypaslab chiqish uchun shu vaqt yetarli. Aslida, u cho’ntakkesar, ammo ancha yuqori darajadagi, chunki u o’z kasbida manipulyatsiya usulidan foydalanadi.

Oldini olish

Olg’irning taktil yaqinlashuviga tezlikda munosabat bildirish, ya’ni qo’lidan ushlab olish yoki itarib yuborish kerak. Asosiysi – uyalmaslik!


Tovlamachilarda noqonuniy yo’l bilan boyishning yana ko’plab turli usullari mavjud. Xususan, telefonga bog’liq hiylalar keng tarqalgan. Yoshi katta avlod hanuzgacha pochta qutilaridagi sovg’a sertifikatlaridan hursand bo’ladilar. Ko’pincha yolg’onchilar xonadonlarga kelib, uy egalari bilan muloqotga kirishadilar va qandaydir bahona bilan ulardan pul undiradilar.

Ijtimoiy hulq namunasining buzilishi, tuyg’ular bilan o’ynash, vijdonga bosim o’tkazish – aynan shu usullar oddiy odamlarni keyinchalik ko’zida yosh bilan tilga oladigan harakatlarni amalga oshirishga undaydi.

Xushmuomalaligimiz, noto’g’ri gap aytish yoki ish qilishdan qo’rqishimiz tovlamachilar qo’lida deyarli har qanday ko’ngilning kalitiga aylanadi. Shuning uchun ko’chada, minglab notanish odamlar orasida ahloq qoidalariga amal qilish fikrini ikkinchi darajaga surib, o’z xavfsizligingizni birinchi o’ringa qo’yishingiz zaru

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!