•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Do’konga birgina non olish uchun kelib, to’la xaltalar bilan chiqadigan odamlar uchun layfxaklar. Sizga supermarketlarda oqilona va sovuqqon harakat qilishni o’rgatamiz.

Do’konga borishdan avval

Mahsulotlar ro’yxatini tuzing

Bunda faqat keng ko’lamli oziq-ovqat xaridiga emas, balki kechki taomga non olish borasida ham tayyorgarlik ko’rish zarur. Agar aniq rejangiz bo’lmasa, uyga nondan tashqari istalgan narsani ko’tarib kelishingiz mumkin. Non esa do’kon peshtaxtasida qolaveradi va yana bir uyum keraksiz narsani sotib olish uchun do’konga qaytishga to’g’ri keladi. Bu halqaning oxiri yo’q, tasavvur qilyapsizmi?

Keyingi safar aqlliroq bo’ling va taxminan quyidagicha ro’yxat tuzing:

  1. Non
  1. Uyga ketish

Ro’yxatni do’konga chiqish arafasida emas, avvalroq tayyorlagan ma’qul. Unga tugab qolgan mahsulotlarni darhol yozib qo’ying. Shunda hech narsani unutmaysiz.

Mahsulotlarni toifalarga bo’lib yozing. Ularni tartibi bo’yicha do’kondagi bo’lmalarga mos keltirishga harakat qiling: agar supermarketdagi birinchi bo’lmada meva va sabzavotlar bo’lsa, ro’yxatni kartoshka va olmadan boshlang.

Ovqatlaning

Birinchidan, supermarketlarda ovqatning yoqimli va ishtahaochar iforlarini kuchaytirish uchun hududiy iforlashtirish qo’llaniladi: yangi pishiriqlar, qahva, sitrus mevalari.

Ikkinchidan, qornimiz ochligida hamma narsadan ko’proq olishimiz kerakdek tuyuladi. Bunday vaziyatda ro’yxat ham yordam berolmaydi va bitta baton o’rniga ikkitasini olasiz.

Xaridlarga ketadigan vaqtni rejalashtiring

Shoshilish oqibatida eng yorqin yoki antiqa o’ramdagi mahsulotlarga e’tibor berasiz. Ya’ni, aynan marketologlar sizdan kutgan harakatlarni amalga oshirasiz. Xususan, marketologlar va xaridorlarning manfaatlari ko’pincha zid keladi.

Bolalarni uyda qoldiring yoki qoidalarni kelishing

Supermarketlarda bolalarga rad etish juda qiyinligini biladilar va bundan foydalanadilar, ya’ni ularning ko’zi tushadigan balandlikda eng yorqin tovarlar joylashtiriladi. Natijada savatingizda glazurlangan shirinliklar, syurprizli shokolad tuxumlar va chupa-chupslar paydo bo’ladi.

Agar bolalarni uyda qoldirishning imkoni bo’lmasa yoki buni istamasangiz, avvaldan qoidalarni kelishib oling. Masalan, savatga faqat ota-ona narsa solishi mumkin, bola esa bitta narsani so’rashi mumkin va rad javobiga nisbatan janjal ko’tarmaydi.

Cheklangan miqdorda pul oling

Ro’yxatni tuzib bo’ldingiz. Iste’mol savatingizdan joy oladigan mahsulotlarning taxminiy qiymatini bilsangiz kerak. Shu qiymatni hisoblab, har ehtimol uchun unga 10% qo’shing, naqd pulni olib, do’konga boring. Natijada, savatga shunchaki sizga yoqib qolgan nimanidir solish istagi kamroq yuzaga keladi.

Do’konda

Aravacha emas, savatcha oling

Aravacha atayin ko’proq narsa xarid qilishingiz uchun qo’yilgan. Bu yana marketologlarning hiylasi: aravacha tubi to’lmay qolganida o’zimizni noqulay his qilamiz. Aynan shuning uchun uning yuzasi doim kattalashib boradi.

Ayrim supermarketlarda faqat aravachalar bo’ladi. Bunday holatda faxr bilan o’z xaltangizni olib, undan savat o’rnida foydalaning.

Tor joylardan qoching

Supermarketning ayrim joylarida ko’pincha xaridorlar navbati hosil bo’lishini sezgan bo’lsangiz kerak. Kutib turar ekansiz, yoningizdagi mahsulotlarni diqqat bilan o’rganasiz va rejada bo’lmagan nimanidir olasiz.

Chap tomondan yuring

Odatda do’konda “o’ng chiziq bo’ylab” harakatlanamiz. Bu odatiy holat, chunki mamlakatimizdagi yo’l harakati ham aynan shunday tashkil etilgan. Allaqachon payqaganingizdek, supermarketning o’ng tomonidani peshtaxtalarda barcha keraksiz, ammo juda yorqin narsalar qo’yiladi. Chap tomonda esa faqat ko’z ilg’ay oladigan tovarlarni ko’ramiz.

“Oltin peshtaxta” qoidasidan voz keching

Aksariyat xaridorlarning ko’zi darajasida joylangan, balandligi 1,2 metrdan 1,7 metrgacha bo’lgan peshtaxtalar “Oltin” maqomga ega. Ko’pincha ulardan supermarket uchun sotilishi zarur bo’lgan mahsulotlar joy oladi. Yuqoridagi va pastki peshtaxtalarga qo’yilgan tovarlarga ko’proq e’tibor qarating.

Narxlarni tekshiring

Chekdagi yakuniy qiymatni ko’rganimizda kutganimiz va haqiqat doim ham bir-biriga mos kelmaydi. Bu turli sabablarga ko’ra yuz beradi: siz aksiya shartlarini noto’g’ri tushungansiz, peshtaxtadagi narx ko’rsatkichlari surilib ketgan yoki xaridor mahsulotni boshqa yerga qo’yganu, do’kon ishchisi uni joyiga qo’yishga ulgurmagan.

Bunday holat yuz bermasligi uchun, prays-chekerdan foydalaning. Aksariyat supermarketlarda ushbu statsionar apparat peshtaxtalar labirinti orasida ko’rinmaydi. Agar uni topa olmasangiz, maslahatchi sotuvchiga murojaat qiling.

Peshtaxta ichkarisiga nazar tashlang

Yangi tovarlar, ayniqsa sut mahsulotlari aynan o’sha yerda yashiringan bo’ladi. Yetkazib beruvchilar uchun iloji boricha ko’proq tovarni ro’yxatdan chiqarmagan holda sotish muhimdir, shu bois peshtaxta chetida doim muddati o’tayotgan tovarlar turadi.

Avvaldan o’lchangan mahsulotlarni sotib olmang

Yaxshisi avvaldan qadoqlangan sabzavotlarni oling: kartoshka uyumida kavlanib yoki xalta izlab, so’ngra uni o’lchash shart emas. Biroq, qadoqdagi mahsulotlarni har tomondan ko’rish va ushlab ko’rishning imkoni yo’q, shuning uchun ularning ayrimlari aynigan bo’lishi mumkin. shuningdek, qadoqda ko’rsatilgan og’irlikni tekshirishni unutmang.

Kassada

Kassa yonidagi peshtaxtalardan narsa olmang

To’g’ri, kutish juda zerikarli o’tadi va saqichlar bilan batareykalar tomoshasi qiziqroq tuyuladi. Biroq ular sizning ro’yxatingizda yozilmagan. Diqqatli bo’ling: ahamiyatsiz harajat bo’lmaydi.

Cheklarni kassadan uzoqlashmay tekshiring

Ba’zida 10ta tuxum o’rniga 100ta urilgan bo’lishi mumkin. Bunda kassirning yovuz g’oyasi emas, balki shunchaki xatolik aybdor. Lekin hisob-kitobni amalga oshirishda chekni tekshirish odatingiz bo’lmasa, ortiqcha 90ta tuxum uchun pul to’lashingiz mumkin.

Qisqacha

  • Ro’yxat tuzing.
  • Do’konga to’q qorin, bo’sh vaqtda va cheklangan pul miqdori bilan boring.
  • Aravacha olmasdan, darhol kerakli mahsulot turgan peshtaxtalarga boring.
  • Eng tepa va pastki peshtaxtalarga e’tibor bering.
  • Prays-chekerdan foydalaning.
  • Cheklarni tekshiring.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!