• 4
  •  
  •  
  •  
  •  
    4
    Shares

Bugungi kunda go’zallik standartlariga nisbatan qat’iy chegaralar belgilanmagan, shu bois moda olamida karera qilish istagida bo’lgan deyarli har qanday qiz manekenchiga aylanishi mumkin.

E’tiboringizga moda olamining eng jozibali qizlarini taqdim etamiz hamda go’zallik etaloni qay tarzda o’zgarganini ko’ramiz.

Betti Brosmer (1954)

1950-yillar butun dunyo bo’ylab suratlardan erkaklarga tabassum bilan boqib turgan pin-ap qizlarini sovg’a qilgan. Ingichka bel, keng tos, baland ko’krak, qalin sochlar – muhtasham ayollar o’z go’zalligini namoyon etganlar va bu uyatli bo’lib ko’rinmagan.

Betti Brosmer tashqi ko’rinishi tufayli urushdan keyingi davrning ramziga aylangan va 1950-yillarning oxirigacha katta maoshli pin-ap model bo’lib qolgan.

Dovima (1955)

1950-yillarda yana bir amerikacha uslub – newlook bo’lgan. Nafis, nozik va zaif sohibjamol – newlook asoschisi Kristian Dior tomonidan taklif etilgan mukammal ayol obrazi. Bu davrda qizlarning yangi standartlarga bo’ysinishiga to’g’ri kelgan: parhez tutish, beliga tor korset taqish, tos va ko’krak yanada jozibali ko’rinishi uchun maxsus tagliklar qo’yish.

Mazkur uslubdagi eng yorqin model Dovima bo’lib, ozg’inligi va baland bo’yi uni eng ko’p haq to’lanadigan manekenchiga aylantirgan.

Jeyn Mensfild (1957)

Yana bir pin-ap yulduzi – Jeyn Mensfild nafaqat yorqin tashqi ko’rinishi, balki aktyorlik mahorati bilan ham ko’zga ko’ringan. Gollivud tez orada unga to’ygan va sohibjamol erkin parvozga otlangan, ya’ni u AQSH sarhadlaridan tashqarida gastrollarga qatnagan.

Tviggi (1966)

Moda olamida newlook davrining shakli va o’lchamlari etalonga aylandi. Endi har bir model Dovimaning nusxasiga aylanishi, ya’ni o’ta ozg’in bo’lishi kerak edi.

Huddi shu payt londonlik modelerlar kalta sochli va katta ko’zli nozik qizchani ko’rib qoladilar. Tviggi 16 yoshidayoq 1960-yillar uslubining yangi namoyandasiga aylanadi. O’sha davrning eng yaxshi suratchilari bilan ishlagan va deyarli barcha moda muqovalarida ko’ringan Tviggi nafaqat Londonni, balki britaniyalik yoshlar orasidagi yangi madaniyat vakillari – modlarni ham o’ziga rom qilgan. Garchi to’xtovsiz moda namoyishlari ritmida yashagan Tviggi 4 yil o’tgach modellik faoliyatiga yakun yasagan bo’lsada, u moda sanoatining yorqin bo’lagi bo’lib qolgan.

Verushka (1968)

Verushka yoshligidanoq mashhur bo’lishga tayyor bo’lgan, ammo moda sanoati uni jiddiy qabul qilmagan: qiz o’sha davr uchun nostandart hisoblangan bo’y (185 sm)ga ega bo’lgan. Faqatgina 24 yoshida “Fotokattalashtirish” filmidagi kichik roli tufayli u haqiqiy omadga erishgan. Mashhur suratchilar, modelerlar – hamma nemis manekenchisi bilan ishlashni xohlaygan, go’zallik standartlari esa yana o’zgargan – endi modellar juda baland bo’lishlari kerak edi.

Jerri Xoll (1975)

Jerrida mukammal model bo’lish uchun hamma narsa bor edi: bo’y, vazn, tana tuzilishi va uzun sarg’imtir sochlar. Go’zalning karerasi birinchi fotosessiyadan keyinroq rivojlana boshlagan va 3 yildan so’ng Xoll 1970-yillarning eng mashhur manekenchisiga aylangan. Shuningdek, modelning nafaqat liboslar, balki turli rollarni talqin etish mahorati ham omadga sabab bo’lgan.

Aynan shu davrda sanoatda mukammal 90-60-90 o’lchamiga doir tasavvur paydo bo’lgan va modelning xarakteri qadrlana boshlagan: qizlarni shunchaki “kiyim ilgaklari” emas, balki shaxs sifatida qabul qila boshlaganlar.

Jia Karanji (1978)

Dadil va qo’rqmas Jia chamasi bolaligidanoq moda standartlarini batamom o’zgartirish uchun tug’ilganini bilgan. To’q rangli sochlari (o’sha paytda faqat malla sochlarga talab bo’lgan), muhtasham o’lchamlari va qiyin xarakteriga qaramay, u moda sanoatiga bostirib kirgan hamda  1970-yillarning eng serjanjal va mashhur modeliga aylangan.

Jenis Dikinson (1978)

Jigarrang sochlar va biroz dag’al yuz tuzilishi Jenisdan barcha agentlarni chetlashtirardi, ammo to’htovsiz urinishlar bir kuni o’zini oqlagan – qizga nazarlari tushgan va “rahmi kelib” ishga olganlar. Bir necha yil ichida Dikinson mehnatsevarlik, joziba hamda qat’iy parhez yordamida istalgan qiz model bo’la olishini isbotlagan.

Bruk Shilds (1981)

Bruk bolaligidanoq suratga tusha boshlagan. U Vogue muqovasida paydo bo’lgan eng yosh model edi. Bruk ko’pincha ziddiyatli takliflarga rozi bo’lgan, natijada unga bo’lgan qiziqish yanada ortgan. 1980-yillarda u moda olamidagi eng taniqli shaxslardan biriga aylangan, uning kundalik gonorari esa $ 10 mingni tashkil qilgan. Tan olish kerakki, bu 16 yoshli qiz uchun yomon emas.

Bu davrda moda sanoatida yoqimtoy chehrali yosh qizlarga talab ortgan.

Paulina Porizkova (1984)

Sharqiy Yevropadan chiqqan birinchi top-model bu olamga tasodifan tushib qolgan: agentlik uning yosh suratchi olgan suratlarini ko’rib qolgan. Qiz 1980-yillardagi barcha go’zallik standartlariga mos bo’lgan, shu bois birinchi fotosessiyadayoq unga katta mashhurlikni bashorat qilganlar. Biroq, Porizkovada bu biznesga qiziqish mutlaqo bo’lmagan, lekin bu uning omadga erishishiga to’sqinlik qilmagan.

Manekenchilar shaxsi yana ikkinchi planga surilgan, ingichka bel va to’g’ri yuz tuzilishi esa yana oldinga chiqqan.

Sindi Krouford (1995)

Valentino Women ready to wear 1995 summer photo by Guy Marineau

90-60-90 o’lchami va baland bo’y modelerlar va yangi manekenchilarning hayoliga qattiq o’rnashib olgan supermodellar davrining yorqin yulduzi. Sindi – $ 10 tыs uchun mutlaqo kiyimsiz suratga tushishga rozi bo’lgan birinchi supermodel bo’lib, tabiiyki, har bir erkakning orzusiga aylangan.

Krouford faoliyati davomida butun dunyo bo’ylab 600ta muqovada paydo bo’lgan, 2015-yilda esa MarieClaire jurnali uchun suratga tushgan. Bunda model fotoshopdan voz kechgan – u o’z yoshidan uyalmaydi.

Klaudiya Shiffer (1995)

Klaudiya ozg’in qomati va baland bo’yi tufayli maktabda o’zini noqulay his qilgan hamda Parijdagi birinchi fotosessiyadan keyin uni uyga jo’natib yuborishlarini kutgan. Biroq uning tashqi ko’rinishi 1990-yillardagi go’zallik standartlariga mos edi va Shiffer supermodellar qatoridan o’rin olgan.

Barcha manekenchilar bo’ysingan qandaydir oltin standartga qaramay, supermodellar bir-biriga o’zshamagan va ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Masalan, Shifferni fransuz aktrisasiga o’xshagani uchun “yangi Brijit Bardo” deb chaqirganlar.

Tayra Benks (1997)

Tayra 15 yoshida yuqori moda olamiga shiddat bilan kirib kelgan va 17 yoshidayoq Parij podiumlari yulduziga aylangan. Biroq, uning moda tarixiga qo’shgan asosiy hissasi – “Amerikacha top-model” loyihasi bo’lgan. Bu loyiha tufayli har bir tomoshabin manekenchilar mashhur ortidan quvganda qanday sinovlardan o’tishi va bu yo’lni tanlaganda nimalarga tayyor turish kerakligi haqida bilib olgan.

Keyt Moss (1998)

Keyt Moss o’rtacha bo’yi va kamtarona o’lchamlari bilan “oltin standartga” qarshi chiqqan birinchi modelga aylangan. Unda o’g’il bolacha uslub va androginlik ayollik jozibasining o’rnini bosadigan kelajakdagi go’zallik etalonini ko’ra bildilar. Moss 1990-yillarning eng mashhur modellaridan biri bo’lgan: har bir odam noto’g’ri yuz tuzilishiga ega ozg’in qizcha qiyofasida o’zini ko’rgan.

Aynan shu yo’l bilan Keyt yangi moda standartlarini belgilab bergan: endilikda manekenchilar yosh hamda shunchaki ozg’in emas, balki deyarli quruq cho’pdek bo’lishlari kerak edi.

Xaydi Klum (1998)

Bu go’zal bolaligidanoq modellik karerasi haqida orzu qilgan va maqsadi sari ishonch bilan qadam bosgan: u 18 yoshidayoq agentlik bilan qiymati $ 300 mingga teng shartnomani imzolagan. To’plagan mablag’larini aql bilan ishlatgan Klum ahmoq mallasoch-model to’g’risidagi tasavvurni birinchilardan bo’lib yo’qotgan. Xaydi shirinliklar ishlab chiqarish fabrikasi, shaxsiy kiyim brendi va zargarlik buyumlari yo’nalishi egasiga aylangan.

Endilikda modellarni aqli past go’zallar sifatida qabul qilish to’xtadi. Ular ko’proq kelajak haqida o’ylab, biznes bilan shug’ullanadigan, mamlakatnig ijtimoiy hayotida ishtirok etadigan bo’ldilar.

Jizel Byundxen (2000)

Jizel bilan birga sog’lom tana va to’g’ri ovqatlanish modasi kirib kelgan. Bundan tashqari, mazkur sog’lom fikrga yana bir janjal sabab bo’lgan: 2006-yilda urugvaylik model Luisel Ramos ochlik tufayli podiumda hurujga uchragan. Bu voqeadan so’ng ayrim dizaynerlar ko’krak o’lchami nolga (taxminan 76-56-81 o’lchamiga mos keladi) teng manekenchilarga namoyishlarda ishtirok etishni taqiqlaganlar.

Kara Delevin (2012)

Kara uchun karera pillapoyasidan ko’tarilishi 2012-yilda internet-do’kon uchun to’plamlar bilan suratga tushishdan boshlangan. Biroq, bir necha ichida model Parij podiumlarida moda titanlarining mahsulotlarini reklama qila boshlagan va moda sanoatining turli reytinglaridan o’rin olgan.

Kara kamera qarshisida g’alati holatlarda turishi, shuningdek yorqin o’ziga xosligi tufayli moda olamig o’smirlik shiddatini olib kirgan.

Lili Makmenami (2013)

Lilining onasi, mashhur model Kristen Makmenami qizining modellik faoliyatiga qarshi bo’lgan. Shunga qaramay, qiz 2012-yilda podiumga ko’tarilgan va hozirgacha moda namoyishlari va muqovalarda porlab kelmoqda.

Lilining “modelga xos bo’lmagan” tashqi qiyofasi Marc Jacobs, Louis Vuitton, Saint Laurent kabi sanoat gigantlari bilan hamkorlik qilishiga hamda o’ziga xos qiyofaga ega yangi modellarga o’rnak bo’lishiga halaqit bermaydi.

Kendall Jenner (2015)

Kendall 2011-yilda nyu uslubida olingan janjalli fotosessiyadan so’ng mashhur bo’lib uyg’ongan (o’sha paytda qiz voyaga yetmagan edi). U endigina shakllanayotgan Social Media Modelling harakati hamda Instagram davrining yulduziga aylanish baxtiga sazovor bo’lgan. Model podiumdan tashqarida model o’ziga xosliginimutlaqo turli uslublarni, masalan buduar korsetini sport ishtoni bilanbirlashtirish orqali namoyon etadi. Shu tariqa, u moda olamida yangi yo’nalishlarni ochib bermoqda.

Jiji Xadid (2015)

Omma orasida allaqachon urfdan qolib ketgan o’ta yorqin rangdagi kiyimlarda paydo bo’ladigan Jiji Xadid ham yangi yo’nalishlarni ixtiro qilmoqda.

Aytgandek, Jiji Xadid 24 yoshigacha 35 marotaba Vogue muqovasida paydo bo’lishga, Victoria’sSecret “farishtalari” tarkibiga kirishga, eng ko’p maosh oladigan modellar ro’yxatini to’ldirishga va o’zining mutlaq nusxasi bo’lgan Barbir qo’g’irchog’ini chiqarishga ulgurgan. U bularning bariga lo’ppi yanoqlari va autoimmun xastalikka qaramay erishgan.

Lindsi Vikson (2016)

Dumaloq yuz, tishlar orasidagi yoriq, bo’rtiq lablar – Lindsi jon kirgan chinni qo’g’irchoqqa o’xshaydi. Dastlab uning standartga mos bo’lmagan qiyofasi agentlarni cho’chitgan, ammo qiz orzusidan voz kechmagan. 2009-yilda u birinchi marta podiumda paydo bo’lgan va bir nechta namoyish o’tgach, u yilning haqiqiy topilmasiga aylangan.

Lindsi o’z misolida modellik olamida tashqi qiyofa – asosiysi emas, muhimi rad javoblarga qaramay maqsad tomon intilish zarur ekanligini isbotladi.

Vinni Xarlou (2019)

Vinni Xarlouning moda olamida paydo bo’lishi haqiqiy shov-shuvga aylandi. U “Amerikacha top-model” shousida “atigi” 6-o’rinni egallagan, ammo Diesel i Tommy Hilfiger kabi mashhur brendlar shu zahoti u bilan shartnoma tuzishga kirishdilar.

Modelning asosiy o’ziga xosligi terining antiqa pigmentga egaligida emas. Eng muhim jihat nafaqat ushbu xastalik bilan yashashga, balki o’ziga xosligini boshqalarga ko’rsatishga qaror qilgan Vinnining yorqin va kuchli xarakterida.

2018-yildan buyon agentliklar mutlaqo nostandart qizlarni ko’rib chiqmoqda. Bo’y, vazn va yosh – endilikda bular ahamiyatsiz, asosiysi – modelning jozibasi va o’ziga xosligidir.

Sizga qaysi moda davri yoqdi? Sizningcha, qaysi modellar go’zallik etaloni hisoblanadi?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!