•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Kaliforniyadagi cho’l minglab mutlaqo yangi Volkswagen avtomobillari uchun qabristonga aylandi. Ularning holati jazirama quyosh tufayli kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Bu qandaydir sabablarga ko’ra xaridorini topa olmagan avtomobillarning yagona tashlandiq uyumi emas.

Bu holat nega yuz beradi va bu mashinalarning kelajagi bormi?

Yangi avtomobillarning tashlandiq uyumlari qayerdan paydo bo’lgan?

Moxava cho’lida o’n minglab yangi Volkswagen avtomashinalari 2015 yilda kompaniyada yuz bergan dizel bilan bog’liq janjaldan so’ng yuzaga kelgan. Ma’lum bo’lishicha, nemis konserni sinovlar o’tkazish vaqtida havoga chiqariluvchi zararli gazlar hajmini kamaytirgan. Shu tariqa, butun dunyo bo’ylab 11 mln.ga yaqin “po’lat tulporlar” ham ekologiya, ham haydovchilar uchun xavfli bo’lib qoldi.

Kompaniya o’z nufuzini saqlash uchun yangi avtomobil egalaridan 350 ming mashinani sotib olib, ularni “uzoq muddatli ta’tilga” jo’natdi. Hozirda avtomobillarning bir qismi Detroytdagi ulkan tashlandiq futbol maydonida, Minnesotadagi sobiq qog’oz fabrikasi binosida, Kaliforniyadagi cho’lda va yana 34ta maxfiy omborxonada saqlanadi.

Bu mashinalarning kelajagi bormi?

Minglab “iflos” Golf va Jetta mashinalari bu yerda bir necha yildan buyon turadi. Volkswagen detallarni alishtirib, ekologiya uchun zararsizligini oshirgandan so’ng ularn sotishni rejalashtirgan. Biroq, ijobiy xususiyatlarga va xaridorlarning ijobiy munosabatiga ega mashinalarning yangi modellari har oy konveyerdan chiqayotgan bir paytda, buning imkoni bormikan? Hattoki, mazkur uyumdagi avtomobillarning qatorlarini to’ldirgan ajoyib Audi mahsulotlariga ham ikkinchi imkoniyat berilmasligi tayin. Kompaniya tomonidan ko’rib chiqilayotgan yana bir muqobil yo’l yanada achinarli: mashinalar shunchaki press ostiga qo’yiladi.

Google Maps yana qanday markadagi avtolar qabristonlarini ko’rsatishi mumkin?

Volkswagen qabristoni hozirda mavjud yagona uyum emas: Nissan, Citroen kabi markalar ham o’z avtomobillari uyumlariga ega. Faqat bu kompaniyalarda sabab mutlaqo boshqacha: ular mashinalarni sotishga ulgurmaydilar. General Motors esa kelajakni ko’zlab, shu kabi uyumlar uchun yerlar sotib ola boshladi. O’zgacha texnologiyalarga ega yangi avlod mashinalari eski modellarni siqib chiqarmoqda va ularning yagona istiqboli – avto qabristonlarida quyosh ostida chirishdir.

Bu uyumlar maxfiy tusga ega: kompaniyalar va ko’plab axborot manbalari avtomobil qabristonlari mavjudligini rad qiladi. Shunga qaramay, Google xaritalarini yaxshilab izlasangiz, omborlarni topishingiz mumkin.

Korbi, Nortgemptonshir

Eyvonmut, Buyuk Britaniya

Ispaniyadagi Valensiya porti

Suindon, Buyuk Britaniya

Shirness, Buyuk Britaniya

Bonus: Kaliforniyadagi samolyotlar uyumi

Kompaniyalar nima sababdan bunday avtomobillarni kattaroq chegirma evaziga sotmasligi, hayriya jamg’armalariga yoki ehtiyojmandlarga bermasligi noma’lum. Zero, bu usul mashinalarni ehtiyot qismlarga ajratishdan ancha maqbul.

Nima deb o’ylaysiz, bu muammoni hal qilishning boshqa muqobil yo’llari bormi?

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!