•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Muvaffaqiyat sari yo’l mashaqqatli bo’lishi mumkin, ammo hech uni o’rningizga bosib o’tmaydi. Hayotingiz uchun faqat o’zingiz mas’uldirsiz. Shuning uchun bahonalar izlamasdan harakat qiling.

Omadga erishishda sizga to’sqinlik qiladigan yagona odam, bu – o’zingiz. Jamiyat ham, davlat ham va yana kimlardir ham emas. Tabiiyki, ayrimlarimizda, masalan badavlat ota-onaning farzandida avvaldanoq imkoniyatlar ko’proq bo’ladi. Biroq, shunga qaramay har bir inson o’z maqsadiga erishishi mumkin. Buning uchun olg’a intilishga yo’l bermay turgan hayollarni yo’qotish kerak.

1. “Omadga erishish uchun oliy ma’lumotli bo’lishim kerak”

Aslo. Qimmatli diplomlar faqatgina kuniga 8 soat davomida kimgadir mehnat qiladigan ish haqida orzu qilsangizgina kerak bo’ladi. Agar o’z ishingizni ochsangiz o’zingizga o’zingiz boshliq bo’lasiz.

Biznesni oliy ma’lumotsiz ham yuritsa bo’ladi. Facebook asoschisi Mark Sukerbergni bir yodga oling. U eng mashhur ijtimoiy tarmoqni yaratish uchun Garvardni tashlab ketgan. Sukerberg qo’lidan keladigan va yaxshi ko’radigan ishi bilan shug’ullangan va bu uning boyib ketishiga yordam berdi. Universitet avtomatik tarzda aqlliroq bo’lib qolishingizga kafolat bermaydi. Mustaqil ta’lim ham ko’pincha ancha samaraliroq natija ko’rsatadi.

2. “Vaqtim yo’q”

Odamlar ko’pincha omadsizliklariga aynan shuni bahona qiladilar. Butun dunyoda haqiqatdan ham bir daqiqa bo’lsada bo’sh vaqti bo’lmagan odam topilmasa kerak. Kompyuter o’yinlarini o’ynash yoki yangiliklar tasmasini ko’rib chiqish o’rniga sevgan mashg’ulotingiz bilan shug’ullaning. Bugungi xobbi ertaga muvaffaqiyatli biznesga aylanishi mumkin. To’g’ri, ba’zan dangasalik ustun keladi.

Lekin, maqsad tomon har kuni kichkina qadamlar bilan bo’lsada harakat qilsangiz natijada qat’iyat uchun mukofot olasiz.

3. “Endi juda qarilik qilaman”

Miyangiz hali ham ishlab turibdi. Hali ham vaqtingiz bor. Tirik ekansiz, istaklarga erishish mumkin. O’qishning erta-kechi yo’q. Hattoki 20 yosh ancha ortda qolgan bo’lsa ham, bu qo’l qovushtirib o’tirishga bahona emas.

4. “Bu juda qiyin. Nimadan boshlashni bilmayman”

Boshlash har doim qiyin. Tashabbus ko’rsating. Foydali ma’lumot izlamay turib yangi narsani o’rgana olmaysiz. Sizga kerakli sohani yaxshi biladigan mutaxassislardan yordam so’rang.

Sayohatda eng qiyini, bu – uydan chiqish. Shunchaki boshlang. Keyin qo’rquvlaringizni tabassum bilan yodga olasiz.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!