•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Yoqimsiz savolga javob bermaslik uchun qo’pollik qilish shart emas. Suhbatdoshga shaxsiy chegaralarni buzishga yo’l bermagan holda, vaziyatdan munosib chiqish mumkin.

Ba’zan atrofdagilar odob haqida unutib, takallufsizligi bilan hayratga soladigan savollarni berishadi. Ularga javob qaytarishga, to’g’risi, mutlaqo xohish yo’q. Buning keragi ham yo’q, zero javob bermasdan noqulay vaziyatdan chiqib ketish va odob doirasida qolishning ko’plab usullari mavjud.

Murosali (diplomatik) javoblar

Ba’zida nomaqbul savollar mutlaqo begona odamlar tomonidan berilsada, shunga qaramay munosabatlarni buzish shart emas. Shuningdek, ularning ortiqcha qiziqishini qondirish ham hojat yo’q. Shunchaki muloyim, ammo qat’iy ohangda sizda bu mavzuni muhokama qilish istagi yo’qligini tushuntirishning o’z yetarli. Javoblar quyidagicha bo’lishi mumkin:

  • Bu haqida gapirishni istamasdim.
  • Kechirasiz, ammo bu shaxsiy savol.
  • Farqi yo’q. Voy, nima farqi bor.
  • Buni uzoq tushuntirish kerak.
  • Qiyin savol. Unga birdan javob bera olmayman.
  • Nega faqat men haqimda gaplashyapmiz! Keling, siz haqingizda gaplashamiz.
  • Kechirasiz, buni sizga aytolmayman. Tushunasiz degan umiddaman.

Qisqagina “Tushunasiz degan umiddan” iborasi mo’jizaviy xususiyatga ega. Zero, bu gap qarshingizdagi odamni u ko’targan mavzuni nega muhokama qila olmasligingizni biladigan darajada odobli va muloyim deb hisoblashingizdan darak beradi.

So’zlaringizni tabassum bilan aytsangiz, ular yanada do’stona mazmun kasb etadi.

Soddalik o’g’irlikdan yomon

Ayrimlar uchun takallufsizlik bo’lib ko’ringan holat, boshqalar uchun uyaladigan yeri bo’lmagan sog’lom qiziqish bo’lib tuyulishi mumkin. Bunday odamlar savollari kimnidir hafa qilishi mumkinligi haqida o’ylab ham o’tirmaydilar. Ular samimiy javobni kutadilar va gapni o’zgartirishga urinsangiz savolni yana qaytarishga tayyor turadilar. Bu holatda shamalar ham yordam bermaydi.

Masalan, noqulay savolga nisbatan javoban ma’noli “Nega so’rayapsiz?” qabilida munosabat bildirgan bo’lsangiz, bu ish bermasligi va savol bergan odam ortiqcha narsa so’raganini tushunmasligiga tayyor turing. Shuningdek, soddaligi odamni hayratga soladigan javob ham olishingiz mumkin: “Shunchaki qiziqdim”. Ana shundan keyin ham sizdan yana javob kutaverishadi. Bunday vaziyatda bu mavzuni muhokama qilishni istamasligingizni to’g’ri aytishingiz kerak.

Biroq, shunda ham muloqot yakun topmasligi, chunki suhbatdoshingiz sizdan nega bu haqida gapirishni xohlamasligingizni so’rashi mumkin. Agar vaqtingiz va sabringiz bo’lsa, nima uchun suhbat mavzusini noqulay hisoblashingizni tushuntirishingiz mumkin. Bunda sodda va to’g’ri javob berish kerak bo’ladi:

  • Chunki bu savolni faqat oila davrasida begonalarsiz muhokama qilamiz.
  • Chunki bu mavzu menga yoqimsiz.
  • Chunki bu shaxsiy masala va faqat menga daxldor.
  • Chunki bu haqida so’zlamaslikka va’da berganman.
  • Chunki bunday narsalarni o’rtoqlashishni yoqtirmayman.
  • Chunki istamayman.

Bu gaplarni sokin ohangda, hayajonlanmasdan aytish juda muhim. Suhbatdoshingizga dushmanlarcha munosabatda emasligingizni, ammo o’z sarhadlaringiz buzilishiga yo’l bermasligingizni tushuntiring.

Eng yomoni suhbatdoshingiz shunchaki qiziquvchan emas, balki atayin sizni noqulay vaziyatga tushirish istagidagi odam bo’lsa. Bunday holatda savolga javob bermasligingizni va bu mavzu muhokama qilinmasligini to’g’ridan-to’g’ri aytishdan boshqa chora qolmaydi.

Yumor noqulay vaziyatni o’nglashga yordam beradi

Takallufsiz savolga nisbatan ilk munosabat – shok va jahldir. Biroq, savolni bergan odam ehtimol sizni ranjitishni yoki janjal chiqarish niyatida emas, balki shunchaki o’ylamasdan gapirgan bo’lishi mumkin. Aksariyat hollarda doim to’g’ri tushunishimiz va hafa bo’lmasligimizga ishonchi komil bo’lgan do’stlar va yaqinlarimiz shunday qiladilar. Bunday vaziyatlarda nizoga yo’l qo’ymaslik uchun hazil qilishga urinib ko’ring: 

  • Bu nima, so’roqmi? Advokat talab qilaman!
  • Oyligim qancha? Nahotki ish uchun ovqatdan boshqa narsa ham berishsa?
  • Bu sir. Sen sir saqlay olasanmi? Men ham.
  • Senga aytishim mumkin, ammo keyin seni o’ldirishimga to’g’ri keladi.
  • Qachon turmush qurasan? Bugun ulgurmasam keragov. Balki ertagadir.

Shu tariqa, koptokni suhbatdoshingiz maydoniga tashlaysiz. Endi u hazilingizga qanday munosabat bildirishni o’ylasin.

So’radingizmi? Javob beramiz!

Qancha oylik olasan?

  • Yashashim uchun yetarli.
  • Rahmat, nolimayman.
  • Ko’proq bo’lsa qaniydi, kim ham buni xohlamasdi, to’g’rimi?

Qachon turmush qurasizlar/farzandli bo’lasizlar?

  • Har narsaning o’z vaqti bor.
  • Mas’uliyatni his qilishga tayyor bo’lganimizda.
  • Vaqti bo’lgan zahotiyoq.

Seni nega ishdan bo’shatishdi?

  • Uzun hikoya. Yaxshisi o’z ishlaringdan gapir.
  • Ee, hammasi juda murakkab, ikir-chikirlar bilan boshingni qotirmay.
  • Chunki hamma narsa ham qachondir tugaydi va hayot davom etish kerak.

Kim bilandir uchrashyapsanmi?

  • Har kuni! Mana bugun, masalan, sen bilan uchrashdik.
  • Yolg’izlikdan nolimayman.
  • Keyinroq qachondir aytib berarman.

Mujmal javoblar, hazillar va muloyim rad etishlardan tashqari yana bir variant bor – hech narsa demaslik. Shunchaki tabassum qilib savol havoda osilib qolishiga yo’l berish mumkin. Aksariyat hollarda suhbatdosh noqulaylikni his etib, o’zi mavzuni o’zgartirishni istab qoladi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!