•  
  •  
  •  
  •  
  •  

1-qoida. Sovg’a berishimiz kerak bo’lgan va/yoki istagan odamlarimiz ro’yxatini tuzamiz

  • Birinchidan, oila a’zolarimiz va umuman yaqin qarindoshlarimizni kiritamiz.
  • Ikkinchidan, do’stlar.
  • Uchinchidan, oldida qarz bo’lgan odamlarimiz va ularga sovg’a bermaslik noto’g’ri bo’ladi. Bu ro’yxatga shifokorlar, ishdagi do’stona hamkasblar (rahbarlar ham), bolalarimizning o’qituvchilari (tarbiyachilar, enagalar)ni kiritish mumkin.
  • To’rtinchi, mutlaqo o’ziga xos ro’yxatga biz baxtiyor qilishni istagan bolalarni kiritamiz.
  • Va nihoyat, beshinchi ro’yxat – zaxira. Aslida bu aniq odamlarning ro’yxati emas, balki o’n yil davomida shunchaki salomlashishdan nariga o’tmagan qo’shningiz birdan juda mazali Yangi yil torti yoki bir qop mandarin bilan eshik qoqib qolsa, uning oldida uyalib qolmaslik uchun “har ehtimolga qarshi” to’plangan neytral sovg’alar va suvenirlar jamlanmasi.

“Men sovg’a berishni istagan odamga mos keladigan buyumni ko’rgan zahotim uni sotib olaman. Vaqt yetishmagani sababli ko’pincha bu ishni oxirgi daqiqada amalga oshiraman. Biroq, hech qachon tasodifiy sovg’alar yoki “shu ham bo’laveradi” qabilidagi sovg’alar qilmayman. Men har bir sovg’aga albatta qalbimning bir bo’lagini beraman, uni chin yurakdan taqdim etaman”.

– obunachi

2-qoida. Taxminiy byudjetni belgilaymiz

Aynan taxminiy byudjetni. Biroz uning chegarasidan chiqilgan taqdirda afsuslanish shart emas, chunki gap Yangi yil syurprizlari va mo’jizalar haqida bormoqda. Bu borada po’lat irodani namoyon etish va o’zingni to’liq nazorat qilish juda qiyin.

3-qoida. Sovg’alarni xarid qilishdan zavq olamiz

4-qoida. Sovg’alar xaridini Yangi yilgacha 2-3 hafta oldin yakunlaymiz

Bu yerda hech qanday xatolik yo’q. Biz noyabr oyida shoshilmasdan, bemalol, aql bilan sovg’alarni xarid qilish orqali xotirjam shoppingdan zavq olishimiz, uni baholashimiz va barcha zarur narsalarni arzonroq narxda olishimiz mumkin bo’ladi (zero, Yangi yil arafasida narxlar ko’pincha yuqoriga qarab ketadi va olishdan boshqa ilojimiz qolmaydi). Albatta, sovg’alarni yanada avvalroq sotib ola boshlash mumkin, ammo aniq kechroq emas.

5-qoida. Sovg’aning narxi hamyoningizga mos kelishi kerak

Shu yerda aniqlik kiritish zarur: eng yaqinlar va eng sevimlilar borasida ushbu qoidaga amal qilmaslik mumkin. Misol uchun, farzandingiz velosiped haqida orzu qiladi va Siz unga butun mukofot pulingizni sarflashga qaror qildingiz yoki yil davomida pul yig’dingiz. Bunday vaziyatda o’zingiz qaror qilasiz – ko’pincha teran fikrlash hayajonli “orzular ro’yobiga” yengiladi. Biroq, qolgan barcha holatlarda “xotamtoylik” qilib, odamlarni noqulay vaziyatga solish va oddiy shokoladga javoban mikroto’lqinli pech sovg’a qilish shart emas.

6-qoida. Arzimas narsalarni sovg’a qilmang

Aslida, Yangi Yilda turli xil antiqa mayda-chuydalarni sovg’a qilishning yomon tomoni yo’q. Shunchaki, do’konda navbatdagi tushunarsiz chinni o’yinchoqni xarid qilishdan oldin o’ylab ko’ring: o’zingiz bunday sovg’aga hursand bo’larmidingiz?

Aytgandek, Sharqdan kirib kelgan yil ramzlari yuzasidan. Albatta, bularning bari juda yoqimli, ammo me’yorga amal qilish zarur. Bunday ramzli suvenir asosiy sovg’aga qo’shimcha sifatida berilishi mumkin. Yangi yil kunlari juda tez o’tib ketadi, yil ramzi esa abadiy Siz bilan qoladi…

Agar sharqona o’ziga xosliksiz bayram o’tkazishni istamasangiz, biron-bir amaliy va arzonroq narsa oling: muvofiq suratli oshxona sochig’i, yil ramzi tushirilgan qutidagi shokoladlar to’plami yoki archa o’yinchog’i.

7-qoida. Qutilarni to’ldiramiz va sovg’alarni bezashga o’tamiz

Sovg’alarni xarid qilgandan so’ng ularni albatta sovg’a qog’ozi yoki xaltasiga o’rashni va tasma bilan bog’lashni unutmang! Bu bayramona kayfiyat bag’ishlaydi.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!