•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Doimiy o’tirib ishlash va ortiqcha vazn xavfni oshiradi.

Ko’pincha bu holat sezdirmasdan rivojlanadi. Agar ba’zida belingizda jismoniy yuklamalarda, yo’talganda, aksirganda kuchayadigan tushunarsiz o’tmas og’riqni his qilsangiz, bu – huddi o’sha umurtqalararo disk churrasi bo’lishi mumkin.

Xususan, alomatlar boshqacha bo’lishi, ba’zida esa churra radikulit yoki, hattoki, insult kabi jiddiyroq tus olmagunicha umuman bilinmasligi mumkin.

Umurtqa churrasi nima

Ushbu kasallikning rasmiy nomlanishi – umurtqalararo disk churrasi (umurtqalar orasidagi yassi hosila).

Qayishqoq va shaklini o’zgarituvchi disklar umurtqaning egilishiga imkon yaratib, unga tushadigan yuklamani amortizatsiya qiladi. Biroq, disklarni o’ta pishiq narsa deb bo’lmaydi.

Amerikadagi Mayo Clinic tadqiqot markazi mutaxassislari disklarning har birini ichiga jele solingan kulchaga taqqoslaydilar: zich paylarning fibroz halqasi bilan o’ralgan bmshoq pulpozsimon yadro.

Oldinga og’irlik bilan egilganimizda umurtqalar siqiladi va “jeleli kulchalarni” ortqa itarib chiqishga urinadi. Aksariyat hollarda umurtqalararo disklar bunday yuklamaga dosh beradi.

Biroq, paylar halqasi qandaydir sababga ko’ra zaiflashgan bo’lsa, u yirtilib ketishi mumkin va bmshoq yadro umurtqalar orasidagi joyidan tashqariga chiqib qoladi. Aynan shu vaziyat umurtqa churrasi deb nomlanadi.

Umurtqa churrasining xavfi

  1. Umurtqalarning o’zaro bosimi oshadi. Bu tushunarli holat, chunki ularning orasidagi qatlam ingichkalashgan. Natijada, umurtqalar bir-biriga ishqalanadi, og’riq yuzaga keladi, keyinchalik esa – turli xil yallig’lanish jarayonlari kuzatiladi.
  1. Churra orqa miya asablarining ildizchalariga bosim o’tkazadi. Asab ildizining siqilishi ham ancha og’riqli holat. Lekin, gap faqat og’riqda emas: asab tolalarining uchiga o’tkazilgan bosim radikulit va, hattoki, falajlikka aylanishi mumkin. Orqa miya asablari oyoq-qo’llar va ichki organlarga signal yuborishi inobatga olinsa, qo’llar, oyoqlar, peshob qopi, jigar, buyraklarda og’riqlar yuzaga kelishi mumkin.
  1. Churra yaqinida joylashgan qon tomirlariga bosim o’tkazadi. Buning oqibatida organlar va to’qimalarning qon ta’minoti buziladi. Ko’pincha miya aziyat chekadi.

Umurtqa churrasi qanday paydo bo’ladi

Fibrozsimon halqaning zaiflashishiga sabab bo’luvchi eng keng tarqalgan sabablar quyidagilardir:

  1. Siz muntazam ravishda og’ir yuk ko’tarib, belingiz yoki yelkalaringizni zo’riqtirasiz.
  1. Siz yiqilgansiz yoki belingizga boshqa jarohat yetkazilgan.
  1. Sizda qomatni tik tutish muammolari mavjud – skolioz yoki bukchayib o’tirish odati.
  1. Ko’p vaqtingizni o’tirgan holatda o’tkazasiz.
  1. Osteoxondrozdan aziyat chekasiz.
  1. Ortiqcha vaznga egasiz.
  1. Siz doim yetarlicha uxlamaysiz, natijada umurtqa kunduzgi zo’riqishlardan tiklanishga ulgurmaydi.

Umurtqa churrasining alomatlari

Qaytarib o’tamiz, churra turli alomatlarga ega bo’lib, ayrim hollarda ular mutlaqo bo’lmaydi. Shuning uchun muammoni aniqlashning eng yaxshi usuli – muntazam ravishda ortoped yoki terapevt ko’rigidan o’tib turishdir. Tabiiyki, belingiz berayotgan signallarni ham e’tiborsiz qoldirmaslik kerak.

Umurtqalararo disk churrasi quyidagi namoyon bo’ladi:

  1. Vaqti-vaqti bilan belda yoki umurtqaning bo’yin sohasida paydo bo’ladigan kelib chiqishi noma’lum zirqiraydigan og’riq.
  1. Keskin harakatlar, masalan burilish yoki egilishda kuzatiladigan o’tkir og’riq.
  1. Bo’ksa yoki oyoqqa ta’sir qiladigan bel og’rig’i.
  1. Yelka yoki qo’lga ta’sir qiladigan umurtqaning bo’yin sohasidagi og’riq.
  1. Oyoq barmoqlari va/yoki chovda tez-tez sanchish va uvushish holatlari.
  1. Siydik-tanosil tizimi ishlashining buzilishi: peshod tuta olmaslik yoki kechikishi, qabziyat, diareya, bavosil muammolari.
  1. Muntazam bosh og’riqlari, bosh aylanishi.
  1. Aniq sababsiz arterial bosimning ko’tarilishi.

Agar sizda bu alomatlarning birontasi kuzatilayotgan bo’lsa, shifokor bilan maslahatlashing. Shifokor jismoniy ko’rik o’tkazadi, odatda shikoyatlaringiz va ko’rik tashxis qo’yish uchun yetarli. Ba’zida rentgen, KT yoki MRT talab etilishi mumkin: bu tekshiruvlar mutaxassisga beldagi og’riqning boshqa sabablarini mustasno qilishga va churraning aniq joylashuvini bilish imkonini beradi.

Umurtqa churrasini davolash

Ko’pincha o’zingizni yaxshi his qilish uchun atigi ikki qadam bosish kifoya qiladi.

1. Og’riqdan xalos bo’lish

Tarkibida ibuprofen yoki naproksen bo’lgan retseptsiz beriladigan oddiy og’riq qoldiruvchi dorilar og’riqda yaxshi yordam beradi. Shifokor dorining zarur miqdorini yozib beradi. Shuningdek, bu dorilar ta’sir qilmagan taqdirda, shifokor yanada kuchliroq vositalarni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, bezgakka qarshi vositalar hamda miorelaksantlar, ya’ni bel mushaklaridagi zo’riqishni yengishga yordam beradigan dorilar kerak bo’lishi mumkin.

2. Umurtqani ehtiyot qilishni o’rganish

Huddi o’sha shifokor sizga davolovchi jismoniy mashqlar, ya’ni umurtqani tutib turuvchi mayda mushaklarni mustahkamlash uchun mo’ljallangan mashg’ulotlarni tayinlaydi. Ularning yordamida belingiz zo’riqishlarni osonroq ko’taradi.

Shu bilan birga, davolovchi jismoniy mashg’ulotlar chog’ida sizga og’irliklarni to’g’ri ko’tarishni hamda umurtqani burish va egish kabi keskin harakatlarning oldini olishni o’rgatishadi.

3. Jarrohlik amaliyotini o’tkazish

Jarrohlik amaliyoti faqat o’ta og’ir holatlarda belgilanadi:

  • Agar og’riq 6 hafta davomida to’xtamasa.
  • Agar churra rivojlanuvchi parez (oyoqlarning kuchsizligi) yoki tos funksiyalarining ishlamasligi (peshob qopi va ichakni nazorat qila olmaslik) bilan birga kechga holatda.

Ko’pincha jarrohlar shunchaki umurtqalararo diskning faqat bo’rtib turgan qismini kesib tashlaydilar. Bu asab tolalariga bosimni ketkazish uchun yetarli. Kamdan-kam holatlarda shikastlangan disk butunlay olib tashlanadi.

Yana nimalarni qo’llash mumkin

Sog’liqni tiklashga yordam berishi mumkin bo’lgan eng keng tarqalgan muqobil usullarni ko’rib chiqing. Biroq, bu aniq emas.

  • Akupunktura. Ayrim tadqiqotlarga ko’ra, igna sanchish haqiqatdan ham beldagi surunkali og’riqni yengillashtirishi mumkin. Lekin olimlarning fikricha, bu mavzu ustida yana ko’p ishlash zarur.
  • Xiropraktika (manual davolash). Ma’lumotlarga ko’ra, umurtqa ustida o’tkaziladigan manipulyatsiyalar kamida bir oy davom etayotgan bel og’riqlarida samara beradi. Biroq manual davolashning jiddiy asorati hattoki insultga ham sabab bo’lishi mumkin.
  • Uqalash. To’g’ri bajarilgan uqalash beldagi surunkali og’riqlarni qisqa muddatga yengillashtiradi.
  • Yoga. Jismoniy faollik, nafas olish mashqlari va meditatsiya birikmasi ham ayrim odamlarga surunkali og’riqlarni yengishda yordam beradi.

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!