•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Aytishlaricha, biz hech narsani o’zgartirmaslik uchun o’zimizni aldashga qodir ekanmiz. Agar turli xil ajoyib sifatlarga ega bo’lishingizga qaramay, hayotingiz baribir ostin-ustunligiga hayron qolayotgan bo’lsangiz, o’zingiz haqingizdagi tasavvurlaringiz to’g’ri ekanligini tekshirib ko’ring.

Bu masalani ortga surmasdan o’zingizga bir nechta savol berib, ularga haqqoniy javob berishni, so’ngra esa o’zgarishni taklif qilamiz. Albatta, yaxshi tomonga.

_

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Ko'pchilik boshqalar oldida o'z sifatlarini ko'z-ko'z qilish tarbiyasizlik deb o'ylaydi. Lekin o'zi haqida yaxshi gapirish maqtanish emas. O'zingizni shahardagi eng yaxshi mutaxassis qilib ko'rsatishingiz shart emas. Hikoyani “Menga ... yoqadi” yoki “Men ... yaxshi ko'raman” gaplaridan boshlang. O'z yutuqlaringiz haqida gapirishdan uyalmang – shu yo'l bilan atrofdagilarning e'tirofiga hamda manfaatli ish taklifiga erishish mumkin.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Shaxsiy yetuklik hissi ortida yangi tanishlar va do'stlarni orttirish hamda eski aloqalarni qo'llab turishga layoqatsizlik bo'lishi mumkin. Biroq “muloqot mushagini mashq qildirish” mumkin. Mashq qiling, masalan liftda qo'shnilar bilan suhbatlashishga va atrofdagilarga xushomad qilishga odatlaning. Ularning munosabati sizga yoqadi!

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Ko'pincha tashqi xotirjamlik ortida tajang hislar, oddiy, kutilmagan, tabiiy bo'la olmaslik yashiringan bo'ladi. His qilayotganingiz haqida gapirishni o'rganing. “Men-xabarlardan” foydalaning, masalan: “Meni ... tufayli jahlim chiqdi”. Agar hissiyotingizni o'zingiz ham tushunishga qiynalsangiz, ularni yozib boring, so'ngra tahlil qiling.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Maqsad tomon nafas olib odimlash kerak – bu kuch to'plashga hamda ko'zlangan maqsad sarflanadigan vaqt va harakatga arzishi yoki arzimasligini baholash imkonini beradi. O'zingizni bo'sh qo'ying va “ichingizdagi bolani” ozodlikka chiqaring: istaklaringizni, ular o'ta oddiy bo'lsa ham (masalan, qavatli muzqaymoqni tatib ko'rish yoki yolg'iz kinoga borish), qog'ozga yozing. Har biri uchun muddat ko'rsatib, ularni amalga oshiring! Faqatgina o'zingiz istagan ishni qiladigan kunni belgilash mumkin. Bu “ichingizdagi kattaga” zerikish va dangasaliksiz ortga qaytish imkonini beradi.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Mehribonlik yordam berginng kelmasa ham rad javobini bera olmaslik bo'lishi mumkin. Sizga qandaydir iltimos bilan murojaat qilishsa, bunga kuchingiz va vaqtingiz borligi baholab ko'ring. Agar salbiy natija chiqsa, o'zingizni oqlamang. “Kechirasan, ilojim yo'q” gapining o'zi yetarli. Agar birdan rad qilish qiyin bo'lsa, “Bir soatdan keyin aytaman” deng. Faqatgina haqiqatdan istak bo'lgan holatda yordam bering.

O'zingizga savol bering: “Nima uchun rad qila olmayman?” – va javobni tahlil qiling.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

“Menga hech kim kerakmas” jumlasining ortida ko'pincha aldanib qolishdan, ko'ngilimiz og'rishidan qo'rquv yashiringan bo'ladi. Biroq hayotingiz boshqaruvini boshqa odamga bermagan bo'lsangiz, kimningdir hatti-harakatlari sizni qoqiltira olmaydi. Katta yoshdagi odam ham moddiy, ham ruhiy jihatdan o'ziga tayana olishi kerak.

Ishonch asta-sekin paydo bo'ladi. Juftingizga istaklaringiz haqida gapiring, bir-biringiz tomon o'zaro qadam tashlang. Juftlikda nima mumkinu, nima taqiqlanganini muhokama qilib oling. Avvalgi munosabatlarda sizni aldashgani yoki hiyonat qilishgani uchun juftingizni nazorat ostiga olmang.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Agar ko'pincha barcha ijobiy va salbiy tomonlarini o'ylamasdan qaror qabul qilib, so'ngra oqibatlarini tozalab o'tiradigan odam bo'lsangiz, ochkolarni hisoblash usulidan foydalaning. Ikkala qarorning plyus va minuslarini yozing hamda har bir bandga siz uchun muhimligidan kelib chiqib, 10 ballik tizim bo'yicha ballar belgilang. Ko'proq ochko to'plagan qarorni tanlang. Masalan, nimani yeyishni bilmayapsiz – tortmi yoki salat?

Tort:

  • Mazali, +8.
  • Sportzalda mashq qilishga to'g'ri keladi, −9.

Salat:

  • Ozaman, +10.
  • Tort kabi mazali emas, −8.

Natija: tort — −1, salat — +2.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Jonli va hissiyotga boy bo'lish tabiiy hol, ammo ba'zan bu xususiyat hayajonni va uning namoyon bo'lishini nazorat qilish kerak bo'lgan joyda noqulaydir. Hissiyotlarni bostirish va e'tiborsiz qoldirish mumkin emas, ammo ularni barbod qiladigan emas, balki unumli shaklda ifodalashni o'rganishimiz mumkin.

Nafratingizni qo'zg'atadigan yoki asabingizga tegadigan so'zlar hamda o'zingizni nazorat qila olmaydigan vaziyatlarni yozib chiqing. Ularga avvaldan tayyorlaning. Masalan, hislaringizni ovoz chiqarib aytishni o'rganing: “Ishda muammolarim bor, jahlim chiqdi” va tanaffus qiling “Yarim soatdan keyin gaplashamiz”.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

Qat'iy prinsiplar boshqaning o'rnida bo'lishni istamaslik hissini anglatishi mumkin. Agar ko'pincha “”Men bunday qilmasdim”, “Odamlar .... shart” jumlalarini takrorlasangiz, balki o'zingizga boshqalardan yaxshiroq ko'rinishni istarsiz, bu haqida o'ylab ko'ring.

Agar odamlarning harakatlari siz kutganingizdek bo'lmasa, ichingizda Frits Perlzning “duosini” ayting: “Men, bu – men, sen esa - sen. Men o'z ishimni bajaryapman, sen – o'zingnikini. Men bu dunyoda sening istaklaringga mos bo'lish uchun yashamayapman, sen esa menga mos bo'lish uchun yashamaysan. Agar tasodifan bir-birimizni uchratgan bo'lsak, ajoyib. Aksincha bo'lsa, bunga yordam berib bo'lmaydi”.

Javobni bilish uchun suratga bosing.

“Yaxshi bola” yoki “yaxshi qiz” niqobi ostida atrofdagilarni hafa qilishdan qo'rqish va ularning baholashiga tobelik yashiringan. Bu qulay bo'lishga majburlaydi va o'zligingiz – norozi, talabchan yoki kuchsizlikdan yig'layotgan holatingiz namoyon bo'lishiga halaqit qiladi.

All 10 questions completed!


Share results:

Want more stuff like this?

Get the best viral stories straight into your inbox!
Don`t worry, we don`t spam

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!