•  
  •  
  •  
  •  
  •  

Yangi Yil sovg’alarini tanlash ancha murakkab vazifa va bunga do’konlarda sovg’alar taqchilligi emas, balki aksincha, ularning juda ko’pligi sababdir. Ba’zan, biron-bir foydali, kerakli, ammo bayram kayfiyatidan mutlaqo uzoq buyumni xarid qilish istagi kuchli bo’ladi.

Haqiqatdan ham yaxshi sovg’a albatta qimmat bo’lishi shart emas. Inson nima bilan qiziqishini eslab, biroz tasavvurni ishlatsangiz, Sizning sovg’angiz o’zi atalgan shaxsni mamnun qilishini va unda ijobiy hissiyotlar uyg’otishini kafolatlaymiz. Bizning maqolamizda turli qiziqishlar va turmush tarziga ega har qanday yosh va jinsdagi qarindoshlar uchun qimmatli va hamyonbop sovg’alarning yuzlab eng yaxshi variantlarini topishingiz mumkin.

Tavsiya etilmaydigan sovg’alar

Avvalo, biron-bir keraksiz matohni xarid qilishga va sarosimaga tushishga shoshilmang.

Yangi yil ramzi tushirilgan idish, suvenir – oddiy va zerikarli sovg’a. Shuningdek, atir, ichki kiyim, pardoz vositalari kabi o’ta shaxsiy buyumlar ham to’g’ri kelmaydi. Zero, zarur ifor yoki lab bo’yog’i rangini, ichki kiyim o’lchamini topish juda qiyin vazifa. Albatta, odatlari yaxshi tanish bo’lgan yaqin odamlar bundan mustasno.

Tavsiya etilgan sovg’alar

Yangi Yil sovg’asi tanlovini oxirgi daqiqaga qoldirmaslikni maslahat beramiz. Shoshilinchda qandaydir keraksiz matohni olasiz va sovg’a na sizga va na uni oluvchiga quvonch keltirmaydi.

Ota-onamiz – e’tibordan chatda qoldirish mumkin bo’lmagan eng yaqin insonlarimizdir. Ularga sovg’a qilinadigan har qanday buyum hurmat, g’amho’rlik, muhabbat va minnatdorchilikni izhor etishi kerak. Va albatta, o’zida biroz iliqlik va samimiyatni mujassam etishi zarur.

      Pul sovg’a qilmagan ma’qul

Ota-onaga moliyaviy jihatdan g’amho’rlik qilish uchun biron sabab bo’lishi shart emas. Yangi yil, bu – qalbimizni mo’jiza va sehrga ishonch bilan to’ldiradigan bayram.

Onangiz yoki qaynonangizni haqiqatdan hursand qilish uchun ularning eng sevimli mashg’ulotlarini eslashga harakat qiling. Har bir ayol o’ziga xos, takrorlanmas xilqat bo’lib, albatta sevimli xobbisiga ega.

1. Pazanda ona uchun

Taom tayyorlashni yaxshi ko’radigan onaga oshxona uchun qiziqroq narsa tanlash mumkin.

  • Agar mablag’ingiz cheklangan bo’lsa, arzonroq Yangi yil sovg’alaridan yangi yil mavzusidagi oshxona ushlagichlari, qo’lqopchalar, fartuk, chiroyli kesish taxtasini tavsiya qilish mumkin.
  • Tortlar, pishiriqlar va pechenelar uchun shakllar va kichik shaklchalar. Agar onangiz qandaydir oshxona jihozi (kastryul, tova va h.k.) yetishmasligini aytgan bo’lsa, aynan shu narsalarni sotib olishingiz mumkin – onangiz sovg’alan juda mamnun bo’ladi.
  • Agar mablag’ cheklanmagan bo’lsa, Yangi yilda onaga non pishirgich, multivarka, toster, quymoq, vafli tayyorlagich, sharbat siquvchi moslama, oshxona kombayni, blender, idish yuvish mashinasi va oshxona uchun boshqa texnikani sovg’a qilish mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan texnika hamma onalarning oshxonasida bo’lavermaydi, biroq ular mazali, xilma-xil taomlar tayyorlanishini osonlashtiradi. Onangizni hursand qiling.

2. Uy uchun sovg’alar

Chiroyli, sifatli yotoqxona anjomlari yoki sochiq hech qanday ortiqchalik qilmaydi. Ayniqsa, sevimli qiz yoki o’g’il sovg’a qilganlari.

3. Go’zallik va o’ziga parvarish uchun

Har qanday ayol o’zini go’zal va parvarishlangan his qilishni istaydi. Yangi yil sovg’asi sifatida sinalgan va o’zini yaxshi jihatdan namoyon etgan ishlab chiqaruvchilardan atir, shampun, krem, niqob olish mumkin.

4. Dam olish uchun

Eng yaqin sog’lomlashtirish sanatoriyiga ikki kishilik yo’llanma.

5. Qalb uchun

Sevimli oilaviy suratlardan iborat fotokitob, videotabrik, ajdod-avlodlar daraxti tasvirlangan albom, chiroyli ramkada qayta tiklangan surat.

6. Salomatlik va qulaylik uchun

Ortopedik yostiqlar, matras, kursiga uqalovchi qobiq, qo’l uqalagichlari, yangi tonometr, yoritgich.

7. Sovg’a sertifikati

Onangiz, boshqa har qanday ayol kabi go’zal bo’lishni istaydi, shu bois bunday sovg’ani olishdan boshi ko’kka yetadi. Basseyn, sanatoriyga abonement, go’zallik saloniga sovg’a sertifikatifotosessiya, kino, teatr, muzey, ekskursiyaga chipta.

8. Isitish uchun

Issiq paxmoq xalat, qulay uy shippaklari, issiq adyol yoki to’qilgan paypoqlar Yangi yilda tuxfa etiladigan eng amaliy sovg’alardir. Bunda, rasmda adashmaslik uchun bir xil rangdagi buyumlarni tanlang. Yaxshisi, nozik pastel ranglardani mumtoz variantlarga to’xtaling.

9. Xona bezagi uchun

Bayramona dasturxon, chiroyli panno, divan va kursilar uchun yangi to’shamalar, karavot uchun chiroyli adyol.

10. Sevimli choy, qahfa navi, shirinliklar

Agar mablag’ingiz yetarli bo’lsa, …

Zamonaviy ona gadjet shaklidagi sovg’alarga ham munosib baho beradi: telefon, raqamli foto-ramka. Ushbu texnikadan qanday foydalanishni ko’rsating va tushuntiring. Buvingiz uni boshqarish va qo’llashni tushunganiga ishonch hosil qiling. Unutmang, sovg’a topshirish, bu – muloqot qilish va birgalikda vaqt o’tkazish imkonidir.

Har bir ona yoki buvining biron-bir qizishi borligi aniq, shu bois ularning xobbisi bilan bog’liq Yangi yil sovg’asini tanlang.

Chevarlar uchun suvenirlar:

  • spitsalar, ilgaklar va iplar to’plami;
  • kashta tikish uchun to’plamlar;
  • raqamlar bo’yicha rasm chizish to’plamlari.

Agar buvingiz gullarni yaxshi ko’rsa:

  • gullarning urug’lari, tugunaklari yoki ko’chatlari;
  • chiroyli gultuvaklar;
  • o’simliklarni yetishtirish bo’yicha mavzuga doir adabiyot.

Albatta, sovg’alarni xarid qilish jarayoni oilaviy byudjetga putur yetkazmasligi kerak.

Unutmang – hech qanday, hattoki eng qimmatli sovg’a ham, ko’rsatilgan e’tibor va ijobiy hissiyotlarga teng kelolmaydi. Yaxshi gaplaringizni ayamang, yaqinlaringizga ularni qanchalik qadrlashingizni ayting va iloji boricha ko’proq birga vaqt o’tkazishga harakat qiling.

Quyida siz barcha oila a’zolaringizning xoxish va istaklaridagi sovg‘alarni topishingiz mumkin 🙂

Telegram, Facebook, Odnoklassniki va VK-dagi kanallarimizga obuna bo’lishni va do’stlaringiz bilan qiziqarli layfxaklarni ulashishni unutmang!