Badavlat kishilar qanday yashayotganini kuzatish doimo qiziq. Ularning uyi va maishiy hayoti jamoat uchun ma’lum qilinmaydigan narsalar, ularning farzandlari qatnaydigan maktablarini esa kuzatish mumkin.

  •  
  •  
  •  
  •  
  •  

Institut Le Rosey maktabi bo‘ylab virtual ekskursiya o‘tkazishni taklif etamiz.

Institut Le Rosey Shveysariyada joylashgan qadimiy maktablardan biri. Uni “qirol maktabi” deb atashadi.

1880 yildan shu kunga qadar hududda joylashgan maktab va qasrga mashhur sulola egalik qiladi.

© Institut Le Rosey / Facebook

Le Rosey maktabida 2 ta: yozgi

va qishki qarorgoh mavjud.

Qish faslida maktabda o‘quvchilarga sport turlari bo‘yicha qo‘shimcha darslar taklif etiladi.

© Institut Le Rosey / Facebook

Yozgi kampusda esa o‘quvchilar vaqtlarini hovuz oldida o‘tkazishlari mumkin.

O‘qish kuni soat 7:00da uyg‘onish, xonani yig‘ishtirish va nonushta bilan boshlanadi.

Soat 8:00 dan 15:30 ga qadar darslar o‘tiladi, kun o‘rtasida bolalarda tushlik va qaynoq shokolad uchun katta tanaffus bo‘ladi.

16:00 dan 19:00 gacha barcha o‘quvchilar sport va boshqa mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari mumkin.

19:30 da kechki ovqatlanishdan so‘ng, 20:00 dan 21:00 gacha uy vazifalarini bajarishadi.

Bolalar guruh-guruh bo‘lib xolda yoki kutubxonada shug‘ullanishlari mumkin.

© ArchDaily / Facebook

Darsdan tashqari o‘quvchilar kemada suzadilar, sayr qilishadi va qoyaga chiqish bilan shug‘ullanadilar.

Bu maktab dunyoning istalgan qismidagi bolalar uchun ochiq, biroq bir kichik sharti bor: ota-onalar ta’lim uchun yiliga 100 ming € to‘lashlari kerak.

Biroq pul asosiysi emas. Bolalar katta va do‘stona oila kabi birga ta’lim olib, vaqtlarini chog‘ o‘tkazishlari muhimroqdir.